Kontent qismiga oʻtish

Mehriddin Abdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mehriddin Abdullayev
Меҳриддин Раззоқович Абдуллаев
Oʻzbekneftgaz kompaniyasi raisi
Mansab davri
2021-yildan – 2023-yilgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Bahodir Siddiqov
Vorisi Bahodir Siddiqov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 27-noyabr 1969-yil (1969-11-27) (55 yosh)
Buxoro viloyati Jondor tumani
Maʼlumoti Toshkent davlat yuridik universiteti
Mukofotlari

Mehriddin Abdullayev Razzoqovich — 1969-yil Buxoro viloyatining Jondor tumanida tugʻilgan[1]. „Bunyodkor“ futbol klubi prezidenti[2], „O‘zbekneftgaz“ AJ boshqaruv raisi[3]. 1993-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2005-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi — iqtisodchi, huquqshunos. 1969-yil Buxoro viloyatining Jondor tumanida tugʻilgan[1]

Mehriddin Abdullayev mehnat faoliyatini 2003-yili Jondor tumanidagi Markaziy bankda boshlagan. 2003−2006-yilllar oraligʻida bankning Buxoro viloyati Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. Keyinchalik mamlakatning bank tizimida turli lavozimlarida, xususan 2006−2010-yillarda Markaziy bankning hududiy boshqarmasi rahbari, Milliy bank raisining birinchi o‘rinbosari, „Asaka“ banki filiali boshqaruvchisi lavozimlarida ishlagan.

2010-yildan mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida davom ettirdi. 2010−2012-yillarda Pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori, 2012−2015-yillarda Moliya vazirining o‘rinbosari, 2015−2016-yillarda Respublika yo‘l jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2016−yilda Buxoro viloyati hokimining huquqni muhofaza qilish organlari, yoshlar siyosati faoliyatini muvofiqlashtirish, maʼmuriy masalalar va o‘zini-o‘zi boshqarish organlari birinchi o‘rinbosari, 2017-yilda hokimliklarning boshqaruv tuzilmasi yangilanganidan keyin viloyat hokimining iqtisodiyot va biznes masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2016−2017-yillar oraligʻida Buxoro viloyatining hokim o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan[4][5]

2017-yil dekabr oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Mehriddin Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlashidan oldin ushbu palata raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan[5]. 2022-yil 4-sentyabrdagi Neft va gaz sanoati xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan hamkasblariga tabrik yoʻllagan[6]. Mehriddin Abdullayev boshchiligida Bunyodkor klub rahbariyati, futbolchilar va fan klub aʼzolari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda 2021−2022-yillardagi klubdagi salbiy koʻrsatkichlarni keskin tanqid qildi[7].

2024-yil 24-avgustda Sodiq xizmatlari uchun medali bilan mukofotlangan[8].

  1. 1,0 1,1 „«Oʻzbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti lavozimiga tayinlandi“ (2021-yil 2-mart). 2022-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  2. „“Bunyodkor” klubi prezidenti Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi yig‘ilishda klub bosh direktori va bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi“ (2022-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.
  3. „Mehriddin Abdullayev «Bunyodkor» a’zolari bilan uchrashdi. Yangi bosh murabbiy tayinlandi“ (2020-yil 3-mart). 2022-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  4. „Mehriddin Abdullayev «O‘zbekneftgaz» rahbari bo‘ldi“ (2022-yil 8-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.
  5. 5,0 5,1 „Prezident Mehriddin Abdullayevni yangi lavozimga tayinladi“ (2019-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.
  6. „“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev neft va gaz sanoati xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi“.
  7. „“Bunyodkor” klubi prezidenti Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi yig‘ilishda klub bosh direktori va bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi“.
  8. „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз уч йиллиги муносабати билан давлат хизматчилари ҳамда ишлаб чиқариш ва ижтимоий-иқтисодий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.