Bakron Muhammad ibn Najib
Bakron Muhammad ibn Najib (12-asr oxiri — 13-asr boshi) — geograf va xaritashunos.
Bakron gazlamaga chizilgan “Olam shakli” dunyo xaritasini 1209-yilda Muhammad Xorazmshohga taqdim etgan. Xaritaning oʻzi yoʻqolgan, ammo oʻsha xaritaga ilova qilingan batafsil izohot “Jahonnoma” qoʻlyozmasi saqlanib qolgan (Osiyo xalqlari instituti qoʻlyozmalar fondi. Sankt-Peterburg, shifr S — 612).
“Jahonnoma”dan maʼlum boʻlishicha, xarita rangli qilib ishlangan va uning shartli belgilari boʻlgan: shaharlar kichik doirachalar bilan, dengizlar yashil rangda, daryo va soylar och qizil rangda, togʻlar toʻq qizil, choʻl va qumliklar sariq, shimolidagi qorli oʻlkalar oq rangda koʻrsatilgan. Barcha nomlar qizil rangda yozilgan. Xaritaga meridian va parallellar ham chizilgan. “Jahonnoma”da 600 ta nomga izoh berilgan. Bakron dunyo xaritasi va izohotni tuzishda oʻzidan oldin shu sohalarda ham tadqiqot oʻtkazgan Abu Rayhon Beruniy, Nosir Hisrav asarlaridan foydalanganini uqtirib oʻtgan[1][2].
Manba
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, Birinchi jild, 2000-yil.
- ↑ „Мухаммад бин Наджиб Бакран“ (ruscha) (14-iyul 2014-yil). Qaraldi: 1-iyun 2024-yil.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |