Kontent qismiga oʻtish

Balafon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Balafon uchun tayoqlar

Balafon — zarbli musiqiy cholgʻu asbobi, idiofon. Mozambik, Angola, Benin, Gabon, Gambiya, Kongo Respublikasi, Kamerun, Malavi, Mali, Senegal, Chad va Madagaskar singari koʻplab Afrika mamlakatlariga xos.

Bu ksilofon tipidagi musiqa asbobi boʻlib, marimbaning bir turi hisoblanib, asosan quritilgan qovoqdan tayyorlangan rezonatorlarga ega[1] Cholgʻu asbobi shea yogʻochidan yoki boshqa qattiq navli yogʻochlardan yasalgan 15 tadan 22 tagacha boʻlgan toʻgʻriburchakli taxtachalardan iborat. Taxtachalarga ishlov berishdan avval, tabiiy sharoitda hamda olovda quritiladi, ularni sozlash paytida kerakli tovush jaranlamaguncha randalanadi. Taxtachalar ostiga boʻyindan chiquvchi qovoqli rezonatorlar joylanadi. Ular koʻpincha mayda toshlar yoki quritilgan urugʻlar bilan toʻldiriladi, natijada ancha shovqinli tovush paydo boʻladi. Balafon qismlari charm tasmalar bilan oʻzaro bogʻlanadi.

Shunga oʻxshash boshqa cholgʻu asboblar singari balafon ham maxsus tayoqchalar yordamida chalinadi. U sayr qilib yuruvchi griot sanʼatkorlar tomonidan ham yakka cholgʻu sifatida, ham qoʻshiq kuylashda joʻr qilishda qoʻllanadi. Balafondan, shuningdek, aloqa vositasi sifatida foydalaniladi.

" . . . balafon notalari shunchaki notalar emas, balki butun bir musiqiy tildir. Har bir notaning oʻziga xos maʼnosi bor. Masalan, ertalab odam uygʻongach balafonda kuy chalsa, qoʻshnisi unga sut keltiradi… Yoki balafon vositasida qoʻshni qishloqqa salom yetkazish mumkin. Men notalarni va baʼzi iboralarni osongina oʻrgandim va biz muloqot qila oldik — degan edi Xuan Garsiya-Herreros loyiha uchun intervyuda. Gvineyada yashovchi susular orasida balafonni chalish bilan bogʻliq anʼanalar, shuningdek, Burkina-Faso, Kot-d’Ivuar va Malida yashovchi senufolar orasida balafonni chalish bilan bogʻliq anʼanalar YuNESKO tomidan Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan[1].