Kontent qismiga oʻtish

Oltin toʻp

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ballon d'Ordan yoʻnaltirildi)
Oltin to'p
An award consisting of a golden football
Ballon d'Or trophy
Taqdimlovchi France Football
Ta'sis etilgan sanasi 18-dekabr, 1956-yil (67 yil avval) (1956-12-18)
Tashkilovchi France Football
Rasmiy vebsayt francefootball.fr
Eng koʻp mukofotlar Lionel Messi (8 ta mukofot)
Eng Koʻp nominatsiyalar Cristiano Ronaldo (18 ta nominatsiya)

Oltin toʻp (fransuzcha: Ballon d'Or) — 1956-yildan beri Fransiyaning France Football yangiliklar jurnali tomonidan taqdim etilayotgan yillik futbol mukofoti. 2010- va 2015-yillar oraligʻida FIFA bilan kelishuvga koʻra, mukofot vaqtincha FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi (1991-yilda tashkil etilgan) bilan birlashtirildi va FIFA Oltin toʻp nomi bilan tanildi. Bu hamkorlik 2016-yilda yakuniga yetdi va mukofot „Oltin toʻp“ga qaytarildi, FIFA ham o‘zining alohida yillik mukofoti „Eng yaxshi FIFA erkak futbolchisi“ ga qaytdi. FIFAning qoʻshma „Oltin toʻp“ sovrindorlari har ikki mukofot tashkiloti tomonidan ham gʻolib deb hisoblanadi. [1][2]

Sport yozuvchilari Gabriel Xano va Jak Ferranlar tomonidan ishlab chiqilgan „Oltin toʻp“ mukofoti 1956-yildan 2006-yilgacha futbol jurnalistlari tomonidan oʻtkazilgan ovoz berish natijalariga koʻra oʻtgan yil davomida eng yaxshi oʻyin koʻrsatgan deb topilgan erkak futbolchiga berilardi.[3] 2007-yildan keyin terma jamoalar murabbiylari va sardorlariga ham ovoz berish huquqi berildi.[3] Dastlab, u faqat Yevropalik futbolchilarga topshirilgan va "Yevropada yilning eng yaxshi futbolchisi" mukofoti sifatida tanilgan. 1995-yilda „Oltin to‘p“ Yevropa klublarida faoliyat yuritayotgan, kelib chiqishi har qanday davlatdan boʻlgan barcha futbolchilarni qamrab olish uchun kengaytiriladi.[4][5] Mukofot 2007-yilda global mukofotga aylandi, unga koʻra butun dunyodagi barcha professional futbolchilar ishtirok etishlari mumkin edi.[6]

Angliyalik Stanley Matthews „Oltin to‘p“ning ilk g‘olibi bo‘ladi.[7] 2007-yilgacha bu mukofot odatda ingliz tilida va koʻplab xalqaro ommaviy axborot vositalarida kontinental Yevropaning eng yaxshi futbolchisi mukofoti sifatida tanilgan. 2007-yildan keyin ham u FIFAning Jahon oʻyinchisi mukofoti bilan birlashtirilgunga qadar, kelib chiqishi Yevropa mukofoti boʻlgani uchun odatda shu nom bilan tanilgan va shu nom bilan atalgan.[8][9][10][11] Liberiyalik George Weah, yagona afrikalik sovrindor, 1995-yilda mukofotni qoʻlga kiritgan birinchi yevropalik boʻlmagan kishi boʻldi, yaʼni tanlov qoidalari birinchi marta oʻzgartirilgan yili bu hodisa sodir boʻldi.[5] Braziliyalik Ronaldo ikki yildan so‘ng, mukofotning birinchi Janubiy Amerikalik g‘olibiga aylandi.[5] 2007-yilda barcha qitʼalardagi oʻyinchilarni oʻz ichiga olgan ikkinchi qoida oʻzgarishi yangi gʻoliblarni keltirmadi, chunki oʻshandan beri barcha gʻoliblar oʻzlarining gʻalabalari davomida faqat Yevropada faoliyatda boʻlishdi.

Lionel Messi bu sovrinni rekord 8 marta qoʻlga kiritgan boʻlsa, uni 5 marta qoʻlga kiritgan Cristiano Ronaldo bu borada ikkinchi oʻrinda. Uch nafar futbolchilar bu sovrinni uch martadan qoʻlga kiritishgan: Johan Cruyff, Michel Platini va Marko van Basten. Har biri (davlat sifatida) yettitadab sovringa ega bo‘lgan holda, eng ko‘p „Oltin to‘p“ni Gollandiyalik, Germaniyalik, Argentinalik va Portugaliyalik futbolchilar qo‘lga kiritishgan. Germaniya (1972, 1981-yillarda) va Gollandiya (1988-yilda) futbolchilari bir davlatdan boʻla turib bir yil ichida uchta yuqori oʻrinni egallagan yagona oʻyinchilar boʻlishadi. Germaniya (1972) va ayniqsa Italiya klublari (1988-1990) ham yuqoridagi kabi muvaffaqiyatga erishadilar, shu jumladan ikki yil (1988, 1989) kuchli uchlik noyob rekord tariqasida faqat "Milan" oʻyinchilaridan tashkil topgan edi. 2009-2012 va 2015-2016-yillarda Ispaniya klublari oldin kuzatilmagan mutloq ustunlikka erishishadi. "Barselona" (2010) esa uchta eng yaxshi oʻyinchiga ega ikkinchi klub (Milandan keyingi) boʻladi. Ikkita ispan klubi, „Barselona“ va "Real Madrid" ham eng koʻp gʻoliblarni qoʻlga kiritish boʻyicha mos ravishda oʻn ikki va oʻn bir gʻalaba bilan klublar reytingida yetakchilik qilishmoqda.[12]

2010- va 2015-yillar oraligʻida (ushbu yillar ham kiradi) mukofot oʻziga oʻxshash „FIFA Jahonning eng yaxshi oʻyinchisi“ mukofoti bilan birlashtiriladi va „FIFA Oltin toʻp“ ga aylanadi. Shundan soʻng esa, FIFA va France Football nashri birlashish haqidagi shartnomani toʻxtatishadi.[13] 2011-yildan keyin, UEFA Yevropaning eng yaxshi futbolchisi uchun „Oltin to‘p“ anʼanasini saqlab qolish maqsadida „UEFA Yevropaning eng yaxshi futbolchisi mukofoti“ni yaratadi.

Sakkiz nafar futbolchi (Bobbi Charlton, Franz Beckenbauer, Gerd Myuller, Paolo Rossi, Zinedin Zidan, Rivaldo, Ronaldinho va Kaka) o‘z faoliyatlari davomida FIFA Jahon chempionati, Yevropa kubogi / UEFA Chempionlar Ligasi va „Oltin to‘p“ni qo‘lga kiritishgan.[14]

Mukofot soʻnggi oʻn yilliklarda hujumkor oʻyinchilar foydasiga qarama-qarshilikni koʻrsatadi.[3] Vaqt oʻtishi bilan mukofot liga va klublarning yanada eksklyuziv (cheklangan liga va klublarga) toʻplamiga oʻtadi.[3] 1995-yilgacha 10 ta liga Oltin toʻpni gʻoliblar bilan taʼminlab kelgan boʻlsa, 1995-yildan buyon faqatgina Angliya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Ispaniya mukofotni gʻoliblar bilan taʼminlamoqda.[3] Ispaniya La Ligasi eng ko‘p „Oltin to‘p“ sohiblariga ega.[3] „Barselona“ va „Real Madrid“ 1995-yildan beri „Oltin toʻp“ni eng koʻp gʻoliblar bilan taʼminlamoqda.[3]

2020-yilda France Footballning egasi hisoblangan L'Équipe guruhi butun dunyo boʻylab futbol klublarining mavsumlarini qisqartirgan COVID-19 pandemiyasi tufayli ushbu yil uchun mukofot berilmasligiga qaror qiladi.[15]

Kalit
Bu „Oltin toʻp“ni qoʻlga kiritgan oʻyinchi oʻsha yili FIFAning „Yilning eng yaxshi oʻyinchisi“ sovrinini yoki FIFAning eng yaxshi erkak futbolchisi mukofoti ni ham qoʻlga kiritganini koʻrsatadi(1991-2009 yillarda va 2016-yildan buyon mavjud)
Lionel Messi yettita sovrin bilan tarixda eng ko‘p „Oltin to‘p“ni qo‘lga kiritgan.
Lev Yashin sovrinni qoʻlga kiritgan yagona darvozabondir.
OLTIN TOʻP (1956-2009)
Yil Oʻrin Oʻyinchi Jamoasi Ballari
1956 1 AngliyaStanley Matthews AngliyaBlackpool 47
2 IspaniyaAlfredo Di Stéfano IspaniyaReal Madrid 44
3 FransiyaRaymond Kopa IspaniyaReal Madrid 33
1957 1 IspaniyaAlfredo Di Stéfano IspaniyaReal Madrid 72
2 AngliyaBilly Wright AngliyaWolverhampton Wanderers 19
3 AngliyaDuncan Edwards AngliyaManchester United 16
FransiyaRaymond Kopa IspaniyaReal Madrid
1958 1 FransiyaRaymond Kopa IspaniyaReal Madrid 71
2 GermaniyaHelmut Rahn GermaniyaRot-Weiss Essen 40
3 FransiyaJust Fontaine FransiyaReims 23
1959 1 IspaniyaAlfredo Di Stéfano IspaniyaReal Madrid 80
2 FransiyaRaymond Kopa FransiyaReims 42
3 UelsJohn Charles ItaliyaJuventus 24
1960 1 IspaniyaLuis Suárez IspaniyaBarcelona 54
2 VengriyaFerenc Puskás IspaniyaReal Madrid 37
3 GermaniyaUwe Seeler GermaniyaHamburger SV 33
1961 1 ItaliyaOmar Sívori ItaliyaJuventus 46
2 IspaniyaLuis Suárez ItaliyaInternazionale 40
3 AngliyaJohnny Haynes AngliyaFulham 22
1962 1 ChexiyaJosef Masopust ChexiyaDukla Prague 65
2 PortugaliyaEusébio PortugaliyaBenfica 53
3 GermaniyaKarl-Heinz Schnellinger Germaniya1. FC Köln 33
1963 1 Sovet IttifoqiLev Yashin Sovet IttifoqiDynamo Moscow 73
2 ItaliyaGianni Rivera ItaliyaMilan 55
3 AngliyaJimmy Greaves AngliyaTottenham Hotspur 50
1964 1 ShotlandiyaDenis Law AngliyaManchester United 61
2 IspaniyaLuis Suárez ItaliyaInternazionale 43
3 IspaniyaAmancio IspaniyaReal Madrid 38
1965 1 PortugaliyaEusébio PortugaliyaBenfica 67
2 ItaliyaGiacinto Facchetti ItaliyaInternazionale 59
3 IspaniyaLuis Suárez ItaliyaInternazionale 45
1966 1 AngliyaBobby Charlton AngliyaManchester United 81
2 PortugaliyaEusébio PortugaliyaBenfica 80
3 GermaniyaFranz Beckenbauer GermaniyaBayern Munich 59
1967 1 VengriyaFlórián Albert VengriyaFerencváros 68
2 AngliyaBobby Charlton AngliyaManchester United 40
3 ShotlandiyaJimmy Johnstone ShotlandiyaCeltic 39
1968 1 Shimoliy IrlandiyaGeorge Best AngliyaManchester United 61
2 AngliyaBobby Charlton AngliyaManchester United 53
3 YugoslaviyaDragan Džajić YugoslaviyaRed Star Belgrade 46
1969 1 ItaliyaGianni Rivera ItaliyaMilan 83
2 ItaliyaGigi Riva ItaliyaCagliari 79
3 GermaniyaGerd Müller GermaniyaBayern Munich 38
1970 1 GermaniyaGerd Müller GermaniyaBayern Munich 77
2 AngliyaBobby Moore AngliyaWest Ham United 70
3 ItaliyaGigi Riva Italiya Cagliari 65
1971 1 NiderlandiyaJohan Cruyff NiderlandiyaAjax 116
2 ItaliyaSandro Mazzola Italiya Internazionale 57
3 Shimoliy IrlandiyaGeorge Best AngliyaManchester United 56
1972 1 GermaniyaFranz Beckenbauer GermaniyaBayern Munich 81
2 GermaniyaGerd Müller GermaniyaBayern Munich 79
3 GermaniyaGünter Netzer GermaniyaBorussia Mönchengladbach
1973 1 NiderlandiyaJohan Cruyff IspaniyaBarcelona 96
2 ItaliyaDino Zoff ItaliyaJuventus 47
3 GermaniyaGerd Müller GermaniyaBayern Munich 44
1974 1 NiderlandiyaJohan Cruyff IspaniyaBarcelona 116
2 GermaniyaFranz Beckenbauer GermaniyaBayern Munich 105
3 PolshaKazimierz Deyna PolshaLegia Warsaw 35
1975 1 Sovet IttifoqiOleg Blokhin Sovet IttifoqiDynamo Kyiv 122
2 GermaniyaFranz Beckenbauer GermaniyaBayern Munich 42
3 NiderlandiyaJohan Cruyff IspaniyaBarcelona 27
1976 1 GermaniyaFranz Beckenbauer GermaniyaBayern Munich 91
2 NiderlandiyaRob Rensenbrink BelgiyaAnderlecht 75
3 ChexiyaIvo Viktor ChexiyaDukla Prague 52
1977 1 DaniyaAllan Simonsen GermaniyaBorussia Mönchengladbach 74
2 AngliyaKevin Keegan GermaniyaHamburger SV 71
3 FransiyaMichel Platini FransiyaNancy 70
1978 1 AngliyaKevin Keegan GermaniyaHamburger SV 87
2 AvstriyaHans Krankl IspaniyaBarcelona 81
3 NiderlandiyaRob Rensenbrink BelgiyaAnderlecht 50
1979 1 AngliyaKevin Keegan GermaniyaHamburger SV 118
2 GermaniyaKarl-Heinz Rummenigge GermaniyaBayern Munich 52
3 NiderlandiyaRuud Krol NiderlandiyaAjax 41
1980 1 GermaniyaKarl-Heinz Rummenigge GermaniyaBayern Munich 122
2 GermaniyaBernd Schuster IspaniyaBarcelona 34
3 FransiyaMichel Platini FransiyaSaint-Étienne 33
1981 1 GermaniyaKarl-Heinz Rummenigge GermaniyaBayern Munich 106
2 GermaniyaPaul Breitner GermaniyaBayern Munich 64
3 GermaniyaBernd Schuster IspaniyaBarcelona 39
1982 1 ItaliyaPaolo Rossi ItaliyaJuventus 115
2 FransiyaAlain Giresse FransiyaGirondins de Bordeaux 64
3 PolshaZbigniew Boniek ItaliyaJuventus 39
1983 1 FransiyaMichel Platini Italiya Juventus 110
2 ShotlandiyaKenny Dalglish AngliyaLiverpool 26
3 DaniyaAllan Simonsen DaniyaVejle BK 25
1984 1 FransiyaMichel Platini ItaliyaJuventus 110
2 FransiyaJean Tigana FransiyaGirondins de Bordeaux 57
3 DaniyaPreben Elkjær ItaliyaHellas Verona 48
1985 1 FransiyaMichel Platini ItaliyaJuventus 127
2 DaniyaPreben Elkjær Italiya Hellas Verona 71
3 GermaniyaBernd Schuster IspaniyaBarcelona 46
1986 1 Sovet IttifoqiIgor Belanov Sovet IttifoqiDynamo Kyiv 84
2 AngliyaGary Lineker IspaniyaBarcelona 62
3 IspaniyaEmilio Butragueño IspaniyaReal Madrid 59
1987 1 NiderlandiyaRuud Gullit ItaliyaMilan 106
2 PortugaliyaPaulo Futre IspaniyaAtlético Madrid 91
3 IspaniyaEmilio Butragueño IspaniyaReal Madrid 61
1988 1 NiderlandiyaMarco van Basten ItaliyaMilan 129
2 NiderlandiyaRuud Gullit ItaliyaMilan 88
3 NiderlandiyaFrank Rijkaard ItaliyaMilan 45
1989 1 NiderlandiyaMarco van Basten ItaliyaMilan 129
2 ItaliyaFranco Baresi ItaliyaMilan 80
3 NiderlandiyaFrank Rijkaard ItaliyaMilan 43
1990 1 GermaniyaLothar Matthäus Italiya Internazionale 137
2 ItaliyaSalvatore Schillaci Italiya Juventus 84
3 GermaniyaAndreas Brehme ItaliyaInternazionale 68
1991 1 FransiyaJean-Pierre Papin FransiyaMarseille 141
2 YugoslaviyaDejan Savićević YugoslaviyaRed Star Belgrade 42
YugoslaviyaDarko Pančev YugoslaviyaRed Star Belgrade
GermaniyaLothar Matthäus ItaliyaInternazionale
1992 1 NiderlandiyaMarco van Basten ‡ ItaliyaMilan 98
2 BolgariyaHristo Stoichkov IspaniyaBarcelona 80
3 NiderlandiyaDennis Bergkamp NiderlandiyaAjax 53
1993 1 ItaliyaRoberto Baggio ‡ ItaliyaJuventus 142
2 NiderlandiyaDennis Bergkamp ItaliyaInternazionale 83
3 FransiyaEric Cantona AngliyaManchester United 34
1994 1 BolgariyaHristo Stoichkov IspaniyaBarcelona 210
2 ItaliyaRoberto Baggio ItaliyaJuventus 136
3 ItaliyaPaolo Maldini ItaliyaMilan 109
1995 1 LiberiyaGeorge Weah ‡ ItaliyaMilan 144
2 GermaniyaJürgen Klinsmann GermaniyaBayern Munich 108
3 FinlandiyaJari Litmanen NiderlandiyaAjax 67
1996 1 GermaniyaMatthias Sammer GermaniyaBorussia Dortmund 144
2 BraziliyaRonaldo IspaniyaBarcelona 143
3 AngliyaAlan Shearer AngliyaNewcastle United 107
1997 1 BraziliyaRonaldo ‡ ItaliyaInternazionale 222
2 Serbiya va ChernogoriyaPredrag Mijatović IspaniyaReal Madrid 68
3 FransiyaZinedine Zidane ItaliyaJuventus 63
1998 1 FransiyaZinedine Zidane ‡ ItaliyaJuventus 244
2 XorvatiyaDavor Šuker IspaniyaReal Madrid 68
3 BraziliyaRonaldo Italiya Internazionale 66
1999 1 BraziliyaRivaldo ‡ IspaniyaBarcelona 219
2 AngliyaDavid Beckham AngliyaManchester United 154
3 UkrainaAndriy Shevchenko ItaliyaMilan 64
2000 1 PortugaliyaLuís Figo IspaniyaReal Madrid 197
2 FransiyaZinedine Zidane ItaliyaJuventus 181
3 UkrainaAndriy Shevchenko ItaliyaMilan 85
2001 1 AngliyaMichael Owen AngliyaLiverpool 176
2 IspaniyaRaúl IspaniyaReal Madrid 140
3 GermaniyaOliver Kahn GermaniyaBayern Munich 114
2002 1 BraziliyaRonaldo ‡ IspaniyaReal Madrid 169
2 BraziliyaRoberto Carlos IspaniyaReal Madrid 145
3 GermaniyaOliver Kahn GermaniyaBayern Munich 110
2003 1 Pavel Nedvěd ItaliyaJuventus 190
2 FransiyaThierry Henry AngliyaArsenal 128
3 ItaliyaPaolo Maldini ItaliyaMilan 123
2004 1 UkrainaAndriy Shevchenko ItaliyaMilan 175
2 PortugaliyaDeco IspaniyaBarcelona 139
3 BraziliyaRonaldinho IspaniyaBarcelona 133
2005 1 BraziliyaRonaldinho ‡ IspaniyaBarcelona 225
2 AngliyaFrank Lampard AngliyaChelsea 148
3 AngliyaSteven Gerrard AngliyaLiverpool 142
2006 1 ItaliyaFabio Cannavaro ‡ IspaniyaReal Madrid 173
2 ItaliyaGianluigi Buffon ItaliyaJuventus 124
3 FransiyaThierry Henry AngliyaArsenal 121
2007 1 BraziliyaKaká ‡ ItaliyaMilan 444
2 PortugaliyaCristiano Ronaldo AngliyaManchester United 277
3 ArgentinaLionel Messi IspaniyaBarcelona 255
2008 1 PortugaliyaCristiano Ronaldo ‡ AngliyaManchester United 446
2 ArgentinaLionel Messi IspaniyaBarcelona 281
3 IspaniyaFernando Torres AngliyaLiverpool 179
2009 1 ArgentinaLionel Messi ‡ IspaniyaBarcelona 473
2 PortugaliyaCristiano Ronaldo IspaniyaReal Madrid 233
3 IspaniyaXavi IspaniyaBarcelona 170
FIFA OLTIN TOʻP (2010-2015)
Yil Oʻrin Oʻyinchi Jamoasi Ballari
2010 1 ArgentinaLionel Messi IspaniyaBarcelona 22.65 %
2 IspaniyaAndrés Iniesta IspaniyaBarcelona 17.36 %
3 IspaniyaXavi IspaniyaBarcelona 16.48 %
2011 1 ArgentinaLionel Messi IspaniyaBarcelona 47.88 %
2 PortugaliyaCristiano Ronaldo IspaniyaReal Madrid 21.60 %
3 IspaniyaXavi IspaniyaBarcelona 9.23 %
2012 1 ArgentinaLionel Messi IspaniyaBarcelona 41.60 %
2 PortugaliyaCristiano Ronaldo IspaniyaReal Madrid 23.68 %
3 IspaniyaAndrés Iniesta IspaniyaBarcelona 10.91 %
2013 1 PortugaliyaCristiano Ronaldo IspaniyaReal Madrid 27.99 %
2 ArgentinaLionel Messi IspaniyaBarcelona 24.72 %
3 FransiyaFranck Ribéry Bayern Munich 23.36 %
2014 1 PortugaliyaCristiano Ronaldo IspaniyaReal Madrid 37.66 %
2 ArgentinaLionel Messi IspaniyaBarcelona 15.76 %
3 GermaniyaManuel Neuer Bayern Munich 15.72 %
2015 1 ArgentinaLionel Messi IspaniyaBarcelona 41.33 %
2 PortugaliyaCristiano Ronaldo IspaniyaReal Madrid 27.76 %
3 BraziliyaNeymar IspaniyaBarcelona 7.86 %
OLTIN TOʻP (2016 —)
Yil Oʻrin Oʻyinchi Jamoasi Ballari
2016 1 PortugaliyaCristiano Ronaldo IspaniyaReal Madrid 745
2 ArgentinaLionel Messi IspaniyaBarcelona 316
3 FransiyaAntoine Griezmann IspaniyaAtlético Madrid 198
2017 1 PortugaliyaCristiano Ronaldo IspaniyaReal Madrid 946
2 ArgentinaLionel Messi IspaniyaBarcelona 670
3 BraziliyaNeymar FransiyaParis Saint-Germain 361
2018 1 XorvatiyaLuka Modrić IspaniyaReal Madrid 753
2 PortugaliyaCristiano Ronaldo ItaliyaJuventus 476
3 FransiyaAntoine Griezmann IspaniyaAtlético Madrid 414
2019 1 ArgentinaLionel Messi Ispaniya Barcelona 686
2 NiderlandiyaVirgil van Dijk AngliyaLiverpool 679
3 PortugaliyaCristiano Ronaldo ItaliyaJuventus 476
2020 Cancelled due to the COVID-19 pandemic
2021 1 ArgentinaLionel Messi FransiyaParis Saint-Germain 613
2 PolshaRobert Lewandowski GermaniyaBayern Munich 580
3 ItaliyaJorginho ItaliyaChelsea 460

Oʻyinchilar boʻyicha gʻalabalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Cristiano Ronaldo (chapda) va Lionel Messi 2008 yildan 2021 yilgacha boʻlgan davrda 13 martadan 12 tasida sovrinni qoʻlga kiritishdi.
Michel Platini ketma-ket uch yil davomida gʻalaba qozongan (1983-85).
Gollandiya vakillari Johan Cruyff (chapda) va Marko van Bastenlarning har ikkalasi uch martadan g‘alaba qozonishgan.

Eslatma: Bir martalik gʻoliblar, agar ular boshqa yil ichida ikkinchi yoki uchinchi oʻrinlarni egallagan boʻlsalargina ushbu jadvalga kiritilgan.

Oʻyinchi Gʻolib Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin
ArgentinaLionel Messi 7 (2009, 2010, 2011, 2012, 2015, 2019, 2021) 5 (2008, 2013, 2014, 2016, 2017) 1 (2007)
PortugaliyaCristiano Ronaldo 5 (2008, 2013, 2014, 2016, 2017) 6 (2007, 2009, 2011, 2012, 2015, 2018) 1 (2019)
FransiyaMichel Platini 3 (1983, 1984, 1985)  — 2 (1977, 1980)
NiderlandiyaJohan Cruyff 3 (1971, 1973, 1974)  — 1 (1975)
NiderlandiyaMarco van Basten 3 (1988, 1989, 1992)  —
GermaniyaFranz Beckenbauer 2 (1972, 1976) 2 (1974, 1975) 1 (1966)
BraziliyaRonaldo 2 (1997, 2002) 1 (1996) 1 (1998)
IspaniyaAlfredo Di Stéfano 2 (1957, 1959) 1 (1956)
AngliyaKevin Keegan 2 (1978, 1979) 1 (1977)
GermaniyaKarl-Heinz Rummenigge 2 (1980, 1981) 1 (1979)
IspaniyaLuis Suárez 1 (1960) 2 (1961, 1964) 1 (1965)
PortugaliyaEusébio 1 (1965) 2 (1962, 1966)
AngliyaBobby Charlton 1 (1966) 2 (1967, 1968)
FransiyaRaymond Kopa 1 (1958) 1 (1959) 2 (1956, 1957)
GermaniyaGerd Müller 1 (1970) 1 (1972) 2 (1969, 1973)
FransiyaZinedine Zidane 1 (1998) 1 (2000) 1 (1997)
ItaliyaGianni Rivera 1 (1969) 1 (1963)
NiderlandiyaRuud Gullit 1 (1987) 1 (1988)
GermaniyaLothar Matthäus 1 (1990) 1 (1991)
ItaliyaRoberto Baggio 1 (1993) 1 (1994)
BolgariyaHristo Stoichkov 1 (1994) 1 (1992)
UkrainaAndriy Shevchenko 1 (2004)  — 2 (1999, 2000)
Shimoliy IrlandiyaGeorge Best 1 (1968)  — 1 (1971)
DaniyaAllan Simonsen 1 (1977)  — 1 (1983)
BraziliyaRonaldinho 1 (2005)  — 1 (2004)

Mamlakatlar boʻyicha gʻalabalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
"Oltin toʻp"ni uch ukrainalik futbolchilar qoʻlga kiritishgan: Andrey Shevchenko, Oleh Blokhin va Ihor Belanov.
Marko van Basten (chapda) va Rud Gullitt, AC Milan va Gollandiya terma jamoasidagi jamoadoshlar, 1987-yildan 1989-yilgacha ketma-ket gʻalaba qozonishgan.
Mamlakat Oʻyinchi Gʻalabalar soni
ArgentinaArgentina 1 7
NiderlandiyaNiderlandiya 3 7
PortugaliyaPortugaliya 3 7
GermaniyaGermaniya 5 7
FransiyaFransiya 4 6
ItaliyaItaliya 5 5
BraziliyaBraziliya 4 5
AngliyaAngliya 4 5
Sovet IttifoqiSovet Ittifoqi 3 3
IspaniyaIspaniya 2 3
BolgariyaBolgariya 1 1
XorvatiyaXorvatiya 1 1
ChexiyaChexiya 1 1
ChexoslovakiyaChexoslovakiya 1 1
DaniyaDaniya 1 1
VengriyaVengriya 1 1
LiberiyaLiberiya 1 1
Shimoliy IrlandiyaShimoliy Irlandiya 1 1
ShotlandiyaShotlandiya 1 1
UkrainaUkraina 1 1

Klublar boʻyicha gʻalabalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub nomi Oʻyinchilar soni Gʻalabalar soni
IspaniyaBarcelona 6 12
IspaniyaReal Madrid 7 11
ItaliyaJuventus 6 8
ItaliyaMilan 6 8
GermaniyaBayern Munich 3 5
AngliyaManchester United 4 4
UkrainaDynamo Kyiv 2 2
ItaliyaInternazionale 2 2
GermaniyaHamburger SV 1 2
NiderlandiyaAjax 1 1
PortugaliyaBenfica 1 1
AngliyaBlackpool 1 1
GermaniyaBorussia Dortmund 1 1
GermaniyaBorussia Mönchengladbach 1 1
ChexiyaDukla Prague 1 1
RossiyaDynamo Moscow 1 1
VengriyaFerencváros 1 1
AngliyaLiverpool 1 1
FransiyaMarseille 1 1
FransiyaParis Saint-Germain 1 1

Qoʻshimcha mukofotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Super Oltin toʻp" nomi ostidagi faxriy mukofot 1989-yilda France Football ning ovoz berish bosqichida Johan Cruyff va Michel Platinini ortda qoldirgan Alfredo Di Stefanoga berildi.[16]

Oradan o‘n yil o‘tgach, France Football nashri o‘zining sobiq „Oltin to‘p“ egalari bilan maslahatlashganidan so‘ng Peleni Asrning eng yaxshi futbolchisi deb tanladi. Oldingi 34 nafar gʻoliblar orasida 30 nafari ovoz bergan, Stanley Matthews, Omar Sivori va George Best betaraf qolgan, Lev Yashin esa vafot etgan. Har bir saylovchiga besh ballgacha boʻlgan beshta ovoz berildi; ammo, Di Stefano faqat birinchi oʻrinni tanladi, Platini birinchi va ikkinchi oʻrinlarni va George Weah beshinchi oʻrin uchun ikki futbolchi tanladi. Pele 17 nafar saylovchi tomonidan eng yaxshi deb topildi va ikkinchi oʻrinni egallagan Diego Maradona toʻplagan ballar sonidan deyarli ikki baravar koʻp ball oldi.[17]

Asrning eng yaxshi futbolchisi
Oʻyinchi Ballar 1- 2- 3- 4- 5-
BraziliyaPelé 122 17 5 4 2 1
ArgentinaDiego Maradona 65 3 6 5 5 1
NiderlandiyaJohan Cruyff 62 1 4 7 9 2
IspaniyaAlfredo Di Stéfano 44 4 3 3 1 1
FransiyaMichel Platini 40 1 5 1 3 6

2016-yilda „Oltin to‘p“ning 60-yilligi munosabati bilan France Football nashri 1995-yilgacha taqdim etilgan mukofotlarning qayta bahosini eʼlon qildi, o‘shangacha bu sovrinni faqat yevropalik futbolchilar qo‘lga kiritish huquqiga ega edi. Bu vaqt oraligʻida taqdim etilgan 39 ta „Oltin toʻp“dan 12 tasi Janubiy Amerikalik futbolchilarga topshirilgan boʻlar edi. Pele va Diego Maradonadan tashqari, Garrincha, Mario Kempes va Romario retrospektiv tarzda munosib gʻolib deb topildi. Biroq, asl qabul qiluvchilar oʻzgarishsiz qoladi.

Maradona va Pele ham mos ravishda 1995- va 2013- yillarda futboldagi xizmatlari uchun faxriy „Oltin toʻp“ni olishgan.[18][19]

Le nouveau palmarès (xalqaro qayta baholash)
Yil Gʻolib Alternativ
1958 FransiyaRaymond Kopa BraziliyaPelé
1959 IspaniyaAlfredo Di Stéfano BraziliyaPelé
1960 IspaniyaLuis Suárez BraziliyaPelé
1961 ItaliyaOmar Sívori BraziliyaPelé
1962 ChexoslovakiyaJosef Masopust BraziliyaGarrincha
1963 Sovet IttifoqiLev Yashin BraziliyaPelé
1964 ShotlandiyaDenis Law BraziliyaPelé
1970 GermaniyaGerd Müller BraziliyaPelé
1978 AngliyaKevin Keegan ArgentinaMario Kempes
1986 Sovet IttifoqiIgor Belanov ArgentinaDiego Maradona
1990 GermaniyaLothar Matthäus ArgentinaDiego Maradona
1994 BolgariyaHristo Stoichkov BraziliyaRomário

1978-yilda France Football o'sha yili "Janubiy Amerikada yilning eng yaxshi futbolchisi" sovrini haqida maqola chop etdi. Maqolada Janubiy Amerikaning Yulduzlar jamoasi va Yevropaning Yulduzlar jamoasi o'rtasidagi o'yin faraz qilingan edi. Ushbu jamoalarni tuzishda, o'yinchilarning mukofotlar reytingidagi o'rniga qaralgan.

1978-yilda France Football tomonidan tuzilgan Yevropaning Yulduzlar jamoasi
Darvozabon Himoyachilar Yarim himoyachilar Hujumchilar
ShvetsiyaRonnie Hellström FransiyaMarius Trésor

NiderlandiyaRuud Krol

GermaniyaRainer Bonhof

ItaliyaAntonio Cabrini

NiderlandiyaWilly van de Kerkhof

NiderlandiyaArie Haan

ShotlandiyaGraeme Souness

AngliyaKevin Keegan

AvstriyaHans Krankl

NiderlandiyaRob Rensenbrink

2021-yilda France Football "Yilning eng yaxshi to'purari" mukofotini yaratdi. Ushbu mukofot ligada 41 ta gol urib rekord mavsum o'tkazgan Robert Levandovskiga berildi.[20]

Oltin toʻp orzular jamoasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oltin toʻp orzular jamoasi

  1. https://www.cambridge.org/core/journals/perspectives-on-politics/article/abs/messi-ronaldo-and-the-politics-of-celebrity-elections-voting-for-the-best-soccer-player-in-the-world/36CB5CB44D4C06866305408163A49290
  2. https://www.sportbible.com/football/ballon-dor-votes-lionel-messi-cristiano-ronaldo-665271-20230302?source=facebook&fbclid=IwAR3LI1jGmPSn6t7ceIM-ql4o5eV5meCTB5dcbvPMeTArHAGJnDHlIuzPR_Y
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named :0
  4. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named :1
  5. 5,0 5,1 5,2 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named :2
  6. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named :3
  7. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named :4
  8. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named :5
  9. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named :6
  10. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named :7
  11. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named :8
  12. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named :9
  13. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named :10
  14. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named :11
  15. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named :12
  16. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named :13
  17. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named :14
  18. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named :15
  19. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named :16
  20. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named :17