Kontent qismiga oʻtish

Bashir ibn Amr al-Kindiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bashir ibn Amr al-Hazramiy al-Kindiy
بَشیر(بُشر) بن عَمرو الحَضرَمی الکِندی
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 680-yil 10-oktyabr (hijriy 61-yil Muharram oyining 10-kuni)
Oʻlim sababi Karbalo jangi
Karbalo, Iroq
Dini Islom
Tanilgan sohasi Husayn ibn Alining hamrohi

Bashir ibn Amr al-Hadrami al-Kindiy (arabcha: بَشیر(بُشر) بن عَمرو الحَضرَمی الکِندی) – Karbalo jangi shahidlaridan biri, Husayn ibn Alining hamrohi.

Tarixiy manbalarda Bashir ibn Amr al-Kindiyning otasining ismi Amr yoki Umar deb tilga olingan[1]. Amr (Umar) Hazram qabilasi vakili boʻlgan[2].

Husayn ibn Aliga hamrohligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bashir va uning oʻgʻillari Karbaloda Husayn ibn Aliga qoʻshilgan. Ashuro kuni Bashir ibn Amrga Rey chegarasida uning yana bir oʻgʻli asirga olingani aytilgan. Buni eshitgan Bashir shunday javob ber „Men uning ishini Allohga qoldiraman. Oʻgʻlim asirga olingan chogʻda oʻzimning tirik yurishimni istamayman“. Buni eshitgan Husayn Bashirga: „Alloh senga rahmat qilsin! Sen ozodsan. Borib, oʻgʻlingni qutqarishga harakat qil“, deydi. Bashir Husaynga: „Yoʻlingda odamlar kam ekan, seni karvonlardan izlab qolsam, yovvoyi hayvonlar meni tiriklayin yesin. Men hech qachon bunday qilmayman“, deya javob beradi. Husayn unga 1000 dinorlik qimmatbaho kiyimlarini tutqazib: „Bas, bu kiyimlarni oʻgʻling Muhammadga ber, ularni sotib, ukasini ozod qilishga sarflasin“, deydi[3].

Husayn ibn Ali urushni boshlash uchun jang maydoniga borishga qaror qilganida, uning yonida tirik qolgan faqatgina Bashir ibn Amr va Amr ibn Abu Muta (yoki Suvayd ibn Amr al-Xatʼamiy) ismli ikki nafar hamrohlari bor edi[4]. Bashir Husaynning jang maydoniga borishga hozirlik koʻrayotganini bilib, undan oldin jangga otlangan va Karbalo jangida Husayn ibn Alidan oldin shahid boʻlgan[5].

„Ziyorat ar-Rajabiyya“da: „Bashir ibn Amr al-Hadramiyga salomlar boʻlsin“, deb zikr qilingan[6].

  1. Muḥammadī Riyshahrī, Muhammad. Dānishnāmah-yi Imām al-Ḥusayn (a) — 214-bet. 
  2. Samāwī, Muḥammad ibn Ṭāhir. Ibṣār al-ʻayn fī inṣār al-Ḥusayn. Najaf, Iraq: al-Maṭbaʻah al-Ḥaydarīyah, 1922 — 173-bet. 
  3. Samāwī, Muḥammad ibn Ṭāhir. Ibṣār al-ʻayn fī inṣār al-Ḥusayn. Najaf, Iraq: al-Maṭbaʻah al-Ḥaydarīyah, 1922 — 174-bet. 
  4. Samāwī, Muḥammad ibn Ṭāhir. Ibṣār al-ʻayn fī inṣār al-Ḥusayn. Najaf, Iraq: al-Maṭbaʻah al-Ḥaydarīyah, 1922 — 169-bet. 
  5. Abbas al-Qummi. Muntaha l-amal — 429-bet. 
  6. Shahīd al-Awwal. al-Mazār — 152-bet.