Baxtiyor Zokirov
Baxtiyor Botirovich Zokirov | |
---|---|
Tavalludi |
9-avgust 1962-yil |
Vafoti |
6-noyabr 2005-yil (43 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi |
SSSR Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK; Moskva) |
Kasbi | aktyor |
Faoliyat yillari | 1982 — 2004 |
Otasi | Botir Zokirov |
Onasi | Erkli Malikboyeva |
Qarindoshlari |
Bahodir Zokirov (ukasi) Ruxshona Zokirova (singlisi) |
Mukofotlari |
Baxtiyor Botirovich Zokirov (1962-yil 9-avgust, Konibodom, Tojikiston SSR — 2005-yil 6-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik teatr aktyori, dublyaj aktyori va kinoaktyor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1997).
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Baxtiyor Zokirov 1962-yil 9-avgustda Tojikiston SSRning Konibodom[1] shahrida sanʼatkorlar oilasida tugʻilgan. Otasi qoʻshiqchi, rassom, oʻzbek zamonaviy estrada ijrochiligining asoschisi, Oʻzbekiston xalq artisti — Botir Zokirov, onasi aktrisa, Oʻzbekiston xalq artisti — Erkli Malikboyeva. U 1979-yil (17 yoshida) Moskvadagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutiga (VGIK) oʻqishga kirgan va u yerda professor Boris Chirikov studiyasida tahsil olgan[2].
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Baxtiyor Zokirov debyut rolini 1982-yilda rejissyor Elyor Ishmuhamedovning Abu Ali ibn Sino haqida tasvirga olingan „Yunost geniya“ filmida oʻynagan. Bu film oʻz vaqtida SSSRning oliy mukofotiga sazovor boʻlgan[2].
Baxtiyor Zokirov kinematografiyadagi ijodi davomida „Oʻzbekfilm“, „Tojikfilm“, „Sverdlovskaya kinostudiya“, „Mosfilm“ kinostudiyalari tomonidan tasvirga olingan filmlarga suratga tushgan[2].
Aktyor 32 yoshida „Buyuk Amir Temur“ filmida rol oʻynab „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvoniga sazovor boʻlgan[2].
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Film nomi | Roli | Film rejissyori |
---|---|---|---|
1982 | Yunost geniya (Oʻzbekfilm, Tojikfilm) |
Husayn (Abu Ali ibn Sino; bosh rol) | Elyor Ishmuhamedov |
1984 | Nayedine (Oʻzbekfilm) |
- | Gʻiyos Shermuhammedov |
1985 | Govoryashshiy rodnik | Asqar | Margarita Kasimova |
1985 | Alvido gʻoʻr yoshligim | - | Elyor Ishmuxamedov |
1985 | Poslednyaya inspeksiya | Haydarov | Eduard Xachaturov |
1986 | Armon | Boʻri (bosh rol) | Melis Abzalov |
1987 | Klinika (Oʻzbekfilm) |
Alim (bosh rol) | Rashid Malikov |
1987 | Kuda vel sled dinozavra | Baxtiyor | Margarita Kasimova |
1987 | Upolnomochen revolyutsiyey (serial) |
Gaziz | Zinoviy Royzman |
1988 | Chudovishshe, ili Kto-to drugoy | - | Aliasqar Fatxullin |
1989 | Maysaraning ishi | Hidoyatxon | Melis Abzalov |
1989 1990 |
Kodeks molchaniya (serial) |
psixiatrik kasalxona shifokori | Zinoviy Royzman Mirzabek Xolmedov |
1989 | Siz kim siz? | - | Janik Fayziyev |
1990 | Prodavets snov | musiqachi | Georgiy Bzarov |
1990 | Blagoslovlennaya Buxara | - | Baqo Sodiqov |
1991 | Za vse nado platit | Qurbon Beketov | Habib Fayziyev |
1991 | Kammi | Dima Chexov | Janik Fayziyev |
1991 | Polunochniy blyuz | epizodik rol | Rashid Malikov |
1992 | Qirqquloq siri | ota | Rashid Malikov |
1992 | Ostrov | - | Baqo Sodiqov |
1993 | Mafiya bessmertna | Joshua Suraj | Leonid Partigul |
1995 | Zov Predkov: Velikiy Turan | - | Gʻiyos Shermuhammedov |
1996 | Buyuk Amir Temur | Husayn | Isamat Ergashev Baqo Sodiqov |
1997 | Yaratganga shukr | Alisher | Zulfiqor Musoqov |
1999 | Fellini | rejissyor | Nozim Abbosov |
2000 | Ayollar saltanati | bosh rol | Yusup Roziqov |
2003 | Rodina jdyot (serial) |
Latifiy | Oleg Pogodin |
2004 | Vlyublyonniye 2 | Murod | Elyor Ishmuhamedov |
2005 | Xoʻja Nasriddin: oʻyin boshlandi (film 2006-yil katta ekranlarga chiqqan) |
dorixonachi | Skan Multi |
Teatrdagi ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Baxtiyor Zokirov teatrdagi faoliyatini 1986-yilda Mark Vayl tashkil etgan „Ilhom“ teatrida boshlagan boʻlib, u yerda Janik Fayziyev sahnalashtirgan „Petrushka“ plastik spektaklida oʻynagan. Spektakl 3 yil davomida namoyish etilgan.
Baxtiyor Zokirovning teatr sahnasida keyingi chiqishi 1998-yilda amalga oshgan.
Aktyor „Ilhom“ teatrida Oscar Wilde asari asosida Avliyoquli Xoʻjaquli rejissyorligida sahnalashtirilgan „Salomeya“ spektaklida Iokanaan (1998), Mark Vayl rejissyorligida Abdulla Qodiriy asari asari asosida sahnalashtirilgan „Beliy beliy cherniy aist“ (Oxund roli, 1998) va Aleksandr Pushkin asari asosida sahnalashtirilgan „Podrajaniya Koranu“ spektaklida (2002) rollar ijro etgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Бахтияр Закиров“. Kinopoisk. kinopoisk.ru. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Бахтияр Закиров“. Kino-teatr.ru. kino-teatr.ru. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Закиров Бахтияр Батирович“. Кино-СССР. kino-cccp.net. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.