Kontent qismiga oʻtish

Bediha Gün

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bediha Gün
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi Turkiya bayrogʻi Turkiya
Tavallud sanasi 26-oktyabr 1994-yil (1994-10-26) (30 yosh)
Izmir, Turkiya
Vazni 55 kg gacha
57 kg gacha
Sport
Qaysi sport erkin kurash

Bediha Gün (tugʻ. 1994-yil 26-oktyabr, Izmir, Turkiya) — turkiyalik erkin kurashchi, 55 kg gacha va 57 kg gacha vazn toifasida, Turkiya terma jamoasi aʼzosi[1]. U Edirnedagi Trakya Birlik SK aʼzosi. Trakya universiteti Kırkpınar jismoniy tarbiya va sport kolleji talabasi.

Kurash karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil Budapesht shahrida (Vengriya poytaxti) oʻtkazilgan kurash boʻyicha Jahon chempionatida 55 kg gacha vazn toifasida chorak finalda Gün medal olish imkoniyatidan mahrum boʻldi[2].

2015-yilda Boku shahrida (Ozarbayjon) boʻlib oʻtgan Yevropa oʻyinlarida u 55 kg gacha toifasida qatnashdi, chorak finalga chiqa olmadi. 2016-yilda Ruse shahrida (Bolgariya) 23 yoshgacha boʻlgan kurash boʻyicha Yevropa chempionatida u bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2016-yili Riga shahrida (Latviya poytaxti) oʻtkazilgan kurash boʻyicha Yevropa chempionatida 1/8 finaldan oʻta olmadi. Oʻsha yili Istanbul shahrida (Turkiya) boʻlib oʻtgan ikkinchi Olimpiada saralash turnirida Gün ikkinchi oʻrinni egallagani uchun Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

2021-yil mart oyida Budapesht shahrida (Vengriya) boʻlib oʻtgan Yevropa saralash turnirida Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma olish umidida qatnashdi[3]. 2022-yilda Istanbul shahrida boʻlib oʻtgan „Yasar Dogu turniri“da ayollar oʻrtasida 57 kg gacha vazn toifasida ishtirok etgan[4]. Oʻsha yili Budapesht shahrida (Vengriya poytaxti) oʻtkazilgan kurash boʻyicha Yevropa chempionatida 55 kilogramm gacha vazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritdi[5][6]. Bir necha oy oʻtgach, u Vahron shahrida (Jazoir) boʻlib oʻtgan Oʻrta yer dengizi oʻyinlarida 57 kg gacha vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi[7].

  1. „TURKSPORU - Türk sporunu her şeyimizle destekliyoruz“. 2021-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-avgust.
  2. „2013 World Wrestling Championships Results“. fila-official.com. 24-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-oktabr 2021-yil.
  3. „2021 European Wrestling Olympic Qualification Tournament Results Book“. United World Wrestling. 24-mart 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-mart 2021-yil.
  4. „2022 Yasar Dogu, Vehbi Emre & Hamit Kaplan Tournament Results Book“. United World Wrestling. 2-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-mart 2022-yil.
  5. Lloyd, Owen. „Two golds apiece for Moldova and Turkey at European Wrestling Championships“. InsideTheGames.biz (31-mart 2022-yil). Qaraldi: 31-mart 2022-yil.
  6. „2022 European Wrestling Championships Results Book“. United World Wrestling. 3-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-aprel 2022-yil.
  7. „Wrestling Competition Summary“. 2022 Mediterranean Games. 30-iyun 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyun 2022-yil.