Kontent qismiga oʻtish

Begona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Begona (film, 1967)dan yoʻnaltirildi)
Begona
Lo straniero
Rejissyor(lar) Luchino Visconti
Prodyuser(lar) Dino de Laurentis
Ssenariynavis(lar)

Luchino Visconti

Suso Cecchi d'Amico
Qaysi asarga
asoslangan
Begona
Rollarda

Marcello Mastroianni

Anna Karina
Bastakor(lar) Piero Piccioni
Operator(lar) Juzeppe Rotunno
Postanovkachi
rassom(lar)
Mariyo Garbulya
Studiya(lar)

Dino de Laurentiis Cinematografica, Raster Film, Marianne Productions,

Casbah Film
Chiqarilgan sanasi 1967-yil
Davomiyligi 104 daqiqa
Mamlakat

Fransiya Italiya

Jazoir
Til

fransuzcha

italyancha

Begona (italyancha: Lo straniero) – 1967-yilda italiyalik rejissyor Luchino Visconti tomonidan suratga olingan film. Fransuz yozuvchisi va ekzistensialisti Alber Camusning (talaffuzi: Alber Kamyu) shu nomdagi romani asosida suratga olingan. Bosh rollarni Marcello Mastroianni va Anna Karina ijro etgan. Film Venetsiyada boʻlib oʻtgan kinofestivalda (1967) ishtirok etgan va „Eng yaxshi xorijiy film“ nominatsiyasida „Oltin globus“ mukofotiga (1968) nomzod boʻlgan.

Voqealar rivoji 1930-yillarda Fransiya Jazoirida boʻlib oʻtgan. Film bir nechta epizodlardan iborat va Merso (Marcello Mastroianni) ismli kichik xizmatchi tilidan hikoya qilingan. Birinchi epizodda Merso onasining dafn marosimiga borishi, boshqalarning fikriga koʻra, oʻz judolik tuygʻusini tabiiy usulda ifoda etmagani gavdalangan.

Ikkinchi epizodda esa dafn marosimidan keyingi kun Merso sobiq hamkasbi (Anna Karina) bilan sohilda ishqiy munosabatlarni boshlagan.

Uchinchi epizodda Mersoning jinoiy ishlarga moyilliklari boʻlgan tajovuzkor qoʻshnisi bilan munosabatlari va ularning dengizga birgalikda sayohati gavdalanatirilgan. Bu qismda Merso oʻzi bilmagan holda bir arabni oʻldirib qoʻyadi. Uning bu qilmishiga sabab – quyosh urishi va alkogol deb koʻrsatilgan. Shu sababdan u oʻzini nazorat qila olmagan, shuningdek, baxtsiz hodisalarning oddiy zanjiri (bexosdan uchrashuv, arabning qoʻlidagi pichoq, Merso choʻntagida toʻpponcha) ham bunga sababdir.

Toʻrtinchi epizodda Mersoning hibsga olinishi va sudlanishi aks etgan. Aynan odam oʻldirganligi uchun emas, balki oʻz onasining dafn marosimida oʻzini risoladagidek holatda tutmaganligi uchun ham ayblangan va oʻlimga hukm qilingan.

  • Marcello Mastroianni – Artur Merso
  • Anna Karina – Mari Kardona
  • Bernard Blier – huquqshunos
  • Georges Wilson – prokuror
  • Bruno Kremer – ruhoniy
  • Per Bertin – sudya
  • George Geret – Raymond
  • Angela Luce – Madam Meyson

Badiiy tahlil

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kartina asar syujeti bilan juda oʻxshash. Filmda bir qator epizodlar orqali Merso shaxsiyati ochib berilgan. Film qahramoni hayotga mutlaqo befarq, hech kimni suymaydigan, hech kimga hamdardlik bildirmaydigan, mansab ambitsiyalariga ega boʻlmagan, siyosat, sanʼat va atrofidagi odamlarning taqdiri bilan qiziqmaydigan harakter egasi sifatida tomoshabin koʻz oʻngida namoyon boʻlgan. Merso Xudoga ham, oʻlimdan keyingi hayotga ham ishonmasdi. Oʻlimga ham xuddi hayot kabi befarq munosabatda boʻlardi, hamma ertami yoki kech, oxir-oqibat oʻladi deb daʼvo qilardi. Shu bilan birga bu holat unga hech kimga qaram boʻlmaslik va hayotda butunlay yolgʻiz boʻlib qolish kabi „erkinlik“ imkonini bergan. Merso hatto bir kishilik kamerada ham hech qanday noqulaylikni boshdan kechirmagan va agar adolatning bemaʼniligi boʻlmaganida, oʻsha yerda yashashni davom ettirishi mumkin edi. Bu oddiy huquqiy mantiqdan farqli oʻlaroq onasining dafn marosimida yigʻlamaganligi uni oʻlimga hukm qilgan.

Visconti uchun bu film uning rejissyorlik faoliyatidagi eng yaxshisi boʻlmagan boʻlishi mumkin, ammo yuqori sifatga ega film sifatida baholangan. Oʻziga muhabbati kuchli boʻlgan, befarq qahramon sifatida koʻrinish bergan Marcello Mastroianni 1960-yilning birinchi yarim yilligida Jan-Lyuk Godardning eng yaxshi filmlarida bosh rollari bilan mashhur boʻlgan aktrisa Anna Karina bilan duetini muvaffaqiyatli ijro etgan. Hikoya kitobdagi kabi birinchi shaxs tamonidan hikoya qilingan va kadrdan tashqari ovozlardan koʻp foydalanilgan. Robert Bressonning fikricha, ushbu effektlar taʼsirchan konfessional-qaygʻuli badiiy taassurot yaratishda afzallik bergan.