Bengi Alâeddin Ali Bey II
Bengi Alâeddin Ali Bey II | |
---|---|
turkcha: II. Damat Bengi Alâeddin Ali Bey' | |
Birinchi beklik davri | |
Saltanat | 1420-1421 |
Oʻtmishdoshi | Sultanzâde Nâsıreddin Mehmed Bey II |
Davomchisi | Sultanzâde Nâsıreddin Mehmed Bey II |
Ikkinchi beklik davri | |
Saltanat | 1423 |
Oʻtmishdoshi | Sultanzâde Nâsıreddin Mehmed Bey II |
Davomchisi | Karamanoğlu İbrahim Bey II |
Tugʻilishi | 1386-yil |
Vafoti | 1423-yil |
Farzandlari | Karamanoğlu İbrahim Bey II |
Uy | Karamanoğulları |
Otasi | Alâeddin Ali Bey |
Onasi | Nefise Melek Hatun |
Dini | Sunni Islom |
Bengi Alâeddin Ali Bey II (turkcha: II. Damat Bengi Alâeddin Ali Bey II) — Karamanoğulları bekligida 1420-1421 va 1423-yillar orasida hukmdonlik qilgan turk beki. Ushbu beklik 1250-1487-yillar orasida Onadoʻlida hukm surgan boʻlib, XIV-XV asrlarda Onadoʻlida Usmonlilar imperiyasi bilan birga eng qudratli davlat hisoblangan.[1][2].
Beklik taxtiga yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boyazid I Yildirim Rumelida xristianlar bilan ovvora boʻlib turgan vaqtda, Bengi Ali Beyning dadasi Alâeddin Ali Bey Usmonlilar imperiyasining muhim shaharlaridan biri boʻlgan Anqaraga hujum uyushtirdi. Shundan soʻng, Boyazid Onadoʻliga qaytib keldi va Koʻniya ustiga harbiy safar uyushtirib, shaharni egalladi va Alâeddin Ali Beyni oʻldirdi. Keyin, Karaman shaharini qamal qildi. Mehmed Bey va ukasi Bengi Ali Boyazid Karamanlilarni jazolandirmasligi sharti bilan taslim boʻlishdi. Boyazid I Yildirim ikki shahzodani Usmonlilar imperiyasi poytaxti Bursada qamoqqa tashladi. Oradan toʻrt yil vaqt oʻtib, 1402-yilda Amir Temur Usmonlilar imperiyasi sultoni Boyazid I Yildirimni Anqara jangida magʻlub etganidan soʻng, Amir Temurning nabirasi Bursani egalladi va aka-uka Mehmed va Alini ozod qildi.
Anqara jangidan soʻng, Mehmed Bey Karamanga keldi va ikkinchi bor beklik taxtiga chiqdi. Otasidan meros qolgan hududlardan tashqari unga Amir Temur tarafidan bir nechta qal’a ham hadya qilindi. Shundan soʻng, u bekligining hududini kengaytirishga eʼtiborini qaratdi. Amir Temurning Onadoʻliga qilgan safaridan soʻng paydo boʻlgan qulay vaziyatni fursat bilgan Mehmed Bey, Usmonlilar imperiyasi hududlari va Germiyanoğulları bekligini ishgʻol qilishni boshladi. Jumladan, Germiyanoğulları bekligining poytaxti boʻlgan Kütahyani bosib oldi. Germiyanoğullarıning beki eski usmonli sultoni Boyazid I Yildirimning qaynotasi edi.
Usmonlilar imperiyasini boʻlaklarga boʻlib boshqarish davri, 1413-yilda Mehmed Ining Rumelida Musa Çelebini magʻlub etishi bilan yakunlandi. Bu voqeadan soʻng, Usmonlilar imperiyasi yana bir sulton hokimiyati ostida birlashdi. Rumelidagi gʻalabadan soʻng, Mehmed I Onadoʻliga qaytib keldi va Karaman bekligi ustiga safar boshladi. Bu harbiy safarda Karamanlilar magʻlubiyatga uchratildi. Mehmed Bey II magʻlubiyatdan soʻng, hamma usmonli hududlarini, jumladan Amir Temur hadya qilgan qal’alar va oʻzi istilo qilgan hududlarni Mehmed Iga qaytarib berishga rozi boʻldi. 1415-yilda shartnomani buzishga uringan vaqtida hibsga olindi va shartnomani boshqa hech qachon buzmaslikka qasam ichishga majbur boʻldi. Shundan soʻng, yana ozod qilindi. U vaʼdasini bajardi va 1415-1422-yillarda Usmonlilar imperiyasi bilan Karamanoğulları oʻrtasida tinchlik hukm surdi.
Birinchi beklik davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mehmed Bey janubiy Turkiyada joylashgan kichik beklik Ramazanoğulları bekligi bilan ittifoq qurdi va janubiy-sharqiy Onadoʻlida joylashgan Mamluklar davlatiga vassal boʻlgan turk bekligi Dulkadiroğulları bekligiga qarshi urush ochdi. Bu ishi unga qimmatga tushdi. 1420-yilda u Kayseri yaqinlarida mamluklar tarafidan qoʻlga olindi va Misr poytaxti Qohira shahri qamoqaxonasiga tashlandi. Shundan soʻng, mamluklar akasining yerlarini Bengi Ali Beyga berdilar va u beklik taxtiga oʻtirdi. 1421-yilda mamluk sultoni vafot etganidan keyin, Mehmed Bey ozodlikka chiqdi. Karamanga qaytib kelib, oʻzini Karamanoğulları beki deb eʼlon qildi. Tez orada Bengi Ali Bey hokimiyati ostidagi Niğdedan tashqari barcha Karaman hududini hokimiyati ostiga oldi. Bengi Ali Bey Niğdega qaytishga majbur boʻldi va shu tariqa birinchi beklik davri nihoyasiga yetdi.
Ikkinchi beklik davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]1421-yilda Usmonlilar imperiyasi sultoni Mehmed I vafot etdi va qisqa vaqt oʻtishi bilan Usmonli-Karaman urushlari qaytadan boshlandi. Mehmed Bey Onadoʻlining janubi-gʻarbida joylashgan Usmonlilarning muhim port shahri Antalyani egallashga harakat qildi. Mehmed Bey yaqinda amakisi va ukasining isyonlarini bostirgan yangi usmonli podishohi Murod IIni poytaxtidan uzoqda joylashgan port shahar uchun kurashmaydi deb oʻylagan edi. Ammo qamal vaqtida Antalya voliysi qattiq qarshilik koʻrsatdi va jangda Mehmed Bey oʻldirildi. Shundan soʻng, uning oʻgʻillari qamalni toʻxtatishdi va ortga qaytishdi[3].
Bu Alining yana hokimiyat tepasiga qaytishi uchun bir qulay fursat edi. Usmonlilar imperiyasi tomonidan dastaklangan Sultanzâde Nâsıreddin Mehmed Bey IIning oʻgʻli Karamanoğlu İbrahim Bey II 1424-yilda amakisi bilan boʻlgan jangda yengiladi va oʻrtada sulh shartnomasi tuziladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Humkdorlik unvoni | ||
---|---|---|
Oʻtmishdoshi: Mehmed Bey II |
Karamanoğulları beki 1420-1421 |
Vorisi: Mehmed Bey II |
Humkdorlik unvoni | ||
---|---|---|
Oʻtmishdoshi: Mehmed Bey II |
Karamanoğulları beki 1423 |
Vorisi: İbrahim Bey II |