Beshqoʻrgʻon koʻchasi (Toshkent)
Qiyofa
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Chilonzor |
Uzunligi | 1.5 km |
Avvalgi nomlari | M. Tursunxoʻjaev koʻchasi |
Beshqoʻrgʻon koʻchasi — Chilonzor tumanida, Bunyodkor shoxkoʻchasi bilan Chorbogʻ koʻchasi oraligʻida. Uzunligi 1,5 km atrofida. Koʻchaning tarixiy nomini tiklash maqsadida 2008-yil 6-mayda M. Tursunxoʻjaev nomi oʻrniga qoʻyilgan. Beshqoʻrgʻon koʻchasining 7 ta tor koʻchasi va 9 ta berk koʻchasi bor. Koʻcha yoʻnalishida yakka tartibdagi uy-joylar, maishiy xizmat koʻrsatish va savdo shoxobchalari joylashgan. Koʻcha yakinidan Katta halqa yoʻli oʻtgan[1].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.