Kontent qismiga oʻtish

Bunyodkor koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bunyodkor koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Chilonzor
Uzunligi 8 km
Yaqin metro bekatlari Milliy bogʻ
Novza Chilonzor
Olmazor
Avvalgi nomlari Xalqlar doʻstligi shoxkoʻchasi
Koʻchada joylashgan binolar Oliy Majlis Qonunchilik pala­tasi
Oʻzbekiston milliy bogʻi
Oqte­pa kanali

Bunyodkor koʻchasi – asosan Chilonzor tumani hududida, Oʻzbekiston koʻchasi bilan Katta halqa yoʻli oraligʻida joylashgan.

Tarixi va nomi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uzunligi 8 km atrofida. 2008-yil 1-avgustdan „Bunyodkor shoh koʻchasi“ deb yuritiladi (1966-2008-yillarda „Xalqlar doʻstligi shoxkoʻchasi“ deb atalgan). Mustaqillik yil­larida Bunyodkor shoxkoʻchasida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi: Oliy Majlis Qonunchilik pala­tasi qurildi, Oʻzbekiston milliy bogʻi barpo qilindi, Oqte­pa kanali ustidan oʻtgan koʻprik taʼmirdan chiqarildi, "Sobir Rahimov" metro bekati yaqini­da yoʻloʻtkazgich-koʻprik qisqa fursatda qurilib, foydalanishga topshirildi, Chilonzor buyum bozori qurildi, unga yondosh koʻcha qismi kengaytirildi va koʻkalamzorlashtirildi. 19-asrda Bunyodkor koʻchasi oʻrnidagi yoʻl Beshyogʻoch dahasi tarkibida boʻlgan va tashqaridan Toshkent mar­kaziga kirib kelinadigan aso­siy yoʻllardan biri hisoblangan. Keyinchalik Chilonzor tu­mani hududini shahar markaziga bogʻlaydigan asosiy koʻcha boʻlib qoldi. Koʻcha ikki bosqichda qurilgan. Muqimiy koʻchasidan Kat­ta halqa yoʻligacha boʻlgan birin­chi qismi 1966-yilgacha, Muqimiy koʻchasidan Oʻzbekiston koʻchasigacha boʻlgan ikkinchi qismi 1968-yildan boshlab qurilgan. 1972—77-yilda koʻcha yaqinidan metro yoʻli oʻtishi munosabati bilan taʼmirlandi. 1981-yilda ushbu koʻchani Furqat koʻchasi bilan bogʻlaydigan yer osti yoʻli bunyod etildi. 2006-yil 22-avgustda Bunyodkor koʻchasi va Kichik halqa yoʻli kesishmasida eni 30 m, uzunligi 374 m, balandligi 7,5 m boʻlgan yangi koʻprik foydalanishga topshirildi.

Mashhur binolar va inshootlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bunyodkor koʻchasi yoʻnalishida yuqorida sanab oʻtilgan inshootlardan tashqari 9 qavatli turar joy bi­nolari, shifo maskanlari, bank­lar, maishiy xizmat koʻrsatish va savdo shoxobchalari, "Istiqlol" sanʼat saroyi, Gʻafur Gʻulom no­midagi madaniyat va istirohat bogʻi, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, „Toshkent“ avtovokzali, „Otchopar“ bor. Koʻchada "Milliy bogʻ", "Hamza" (Novza), "Chilonzor" va "Sobir Rahimov" (Olmazor) metro bekatlari joylashgan[1].

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.