Beshtov
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Beshtov — Zirabuloq past togʻlari tarkibidagi togʻ tizmasi. Samarqand viloyatida. Eng baland joyi 955 m. Shim. yon bagʻri Zarafshon vodiysiga tik tushgan va soylar bilan oʻyilgan (chuq. 150 m gacha). Jan. yon bagʻri yotiqroq va platosimon yuzaga tutashib ketgan. Tizmaning oʻq qismi yuqori silurning ohaktoshlaridan tashkil topgan. Suvayirgʻich qismida oʻtkir nayzasimon va yalangʻoch qoyalar koʻp. Yon bagʻrining oʻrta va quyi qismlari tuproq bilan qoplangan. Togʻ etaklari boʻrpaleogen va neogen yotqiziklari—konglomerat, ohaktosh, gil va qumdan tashkil topgan. Adirsimon balandliklar qumtosh va konglomerat lardan tuzilgan. Shimoliy yon bagʻrining quyi qismidagi toʻq boʻz tuproqlarda efemershuvoq guruhiga mansub oʻsimliklar oʻsadi. Sertosh janubiy yon bagʻrida bodomzor koʻp. Yaylov sifatida foydalaniladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |