Beton muzeyi
Bu maqola oʻzbek tilining imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan. Qarang: VP:ORFO. |
{{{nomi}}} | |
---|---|
Joylashuvi | {{{joylashuvi}}} |
46°33′2″N 30°44′47″E / 46.55056°N 30.74639°E
Beton muzeyi — Ukrainadagi beton mahsulotiga bagʻishlangan birinchi muzey hisoblanadi. Mazkur muzey,Odessa shahridagi qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korxona hududida joylashgan. 2017-yilning 5-dekabr kuni ushbu muzeyning ochilish marosimi boʻlib oʻtgan. Ochilish marosimi vaqtida[1][2][3][4] ikkita tematik zal tashkil etilgan. 2018-yilning yanvar oyida qoʻshimcha ravishda yana ikkita bino barpo etilgan.
Eksponatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yilning dekabr holatiga koʻra, muzey kolleksiyasida 150 ta eksponatlar oʻrin olgan[5].
2018-yilning may holatiga koʻra, muzey kolleksiyasida beton va uni ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan 2500 ga yaqin eksponatlar qoʻyilgan. Eksponatlar orasida — Odessa viloyatida taxminan 100 yil muqaddam olib borilgan geologik qazishmalarga oid hujjatlar, turli asboblar, jumladan, „Tuproqning namlik potentsialining kapillyar tarkibi“ni aniqlashda qoʻllangan Aistov tizimining tanziometri[6], Koʻtarma qurilish kranlarining koʻchma modellari, 1890-yilgi Avstriya ruletkasi, 1938-yilgi qaydnomalar jurnali va boshqa noyob narsalar mavjud boʻlgan[5].
Oʻsha yilning noyabr oyida Avstriyadan 1893-yilda chiqarilgan 19 tonnalik asfalt katok uskunasi keltirilib, muzey kolleksiyasining tarkibini toʻldirildi[7].
Jihozlash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi xona betonning paydo boʻlish tarixi, uning shisha betonga qadar Qadimgi Rimdagi (Rim beton qarang.) qurilish materiali sifatida rivojlanishi haqidagi ekspozitsiyasi mavjud. Zamonaviy beton buyumlar ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan reaktivlarning keng assortimenti: gidrofobiz qoʻshimchalar, plastifikatorlar va boshqa mahsulotlar alohida taqdim etilgan.
Ikkinchi zal SSSR davridagi muhitni qayta tiklab, ЖБИ (TBM) ishlab chiqaradigan sanoat korxonasi muhandisining ish sharoitini namoyish etadi. Zalda shuningdek, qurilish mavzulari va temir-beton buyumlariga oid texnik kutubxona ham oʻrin olgan.
Interaktiv xona
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zalda qurilish mavzulariga, masalan, Xrushchev uslubida qurilgan uylarni barpo etishda foydalanilgan temir-beton panellarni ishlab chiqarish va saqlash bilan bogʻliq interaktiv stendlar ham mavjud.
Metall va metall shakllar uchun laboratoriya oʻlchami uskunalari alohida ekspozitsiya sifatida namoyish etilgan. Ekspozitsiya ushbu materialning beton buyumlar va ЖБИ (TBM) ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etishini koʻrsatadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Одесса Медиа.. „В Одессе открыли первый в Украине Музей Бетона“. Одесса Медиа (2017-yil 5-dekabr).
- ↑ Информационный интернет-портал Одессы Dumskaya.net.. „В Одессе открылся первый в Украине музей бетона“ (5 декабря 2017).
- ↑ Независимое Медиа «Громадське».. „В Одесі відкрили перший в Україні музей бетону“. Независимое Медиа «Громадське» (6 грудня, 2017).
- ↑ Ведущие деловое интернет-издание Украины UBR.ua.. „В Одессе открыли Музей Бетона“. UBR.ua (вторник, 05 декабря 2017). 2018-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-aprel.
- ↑ 5,0 5,1 „Первый уникальный музей бетона открылся в Одессе“ (ru). www.asn.in.ua. ASN (2017-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 20-iyul.
- ↑ „Первый в Украине музей бетона открылся в Одессе“ (ru). www.volnatv.com. «Южная волна ТВ» (2017-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 20-iyul.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Одесский музей бетона пополнился уникальным экспонатом (фото)“ (ru). www.odessa.online. «Одесса.Онлайн» (0208-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 20-iyul.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Первый городской Музей Бетона YouTubeda
- В Одессе открылся музей бетона YouTubeda — 7-kanal, Odessa, 2017-12-05.
- Первый в СНГ музей бетона и производственная кафедра Строительной академии YouTubeda — Думская[uk] , 2017-12-05.
- Xaritalarda joylashuv 2gis.ua, %2C46.546232&z=18 Yandex .