Bioenergiya
Bioenergiya – bu oʻsimliklar va hayvon chiqindilaridan olinadigan qayta tiklanadigan energiya turi[1]. Xomashyo uchun oʻlgan organizmlar, asosan oʻsimliklar biomassa sifatida ishlatiladi[2]. Ushbu taʼrifga koʻra qazilma yoqilgʻi biomassa hisoblanmaydi. Bioenergiya uchun ishlatilinadigan biomassa oʻz ichiga yog‘och, makkajo‘xori kabi oziq-ovqat ekinlari, energiya ekinlari, oʻrmonlar, bogʻlar va fermer xoʻjaliklaridan olingan chiqindilarni qamrab oladi[3].
Bioenergiya iqlim oʻzgarishini yumshatishga yordam berishi mumkinligi aytiladi. Ammo baʼzi hollarda zarur boʻlgan biomassa ishlab chiqarilishi issiqxona gazlarini oshirishi yoki mahalliy bio xilma-xillikning yoʻqolishiga olib kelishi mumkin. Biomassa ishlab chiqarishning ekologik taʼsirini aniqlash muaommoli masala. Chunki uning taʼsiri ishlab chiqarish jarayoni va xomashyoning yigʻilishiga qarab jiddiy farqlanishi mumkin.
Xalqaro Energetika Agentligining (IEA) „Net Zero by 2050“ ssenariysi 2030-yilga kelib anʼanaviy bioenergiyani bosqichma-bosqich yoʻq qilishni va zamonaviy bioenergiyaning ulushini 2020-yildagi 6,6% dan 2030-yilga kelib 13,1% ga va 2050-yilga kelib 18,7% ga oshirishni talab qiladi[4]. Agar bioenergiya toʻgʻri qoʻllanilsa, iqlim oʻzgarishini yumshatishga sezilarli hissa qoʻshishi mumkin[5]:637. Global isishni cheklash uchun berilgan koʻplab tavsiyalar 2050-yilgacha bioenergiyaning hissasini keskin oshirishni talab qiladi (oʻrtacha 200 EJ) [6]:B 7.4.
Bioenergiya atamasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]IPCCning Oltinchi baholash hisobotida bioenergiya „har qanday shakldagi biomassa yoki uning metabolik mahsulotlaridan olingan energiya“ sifatida taʼriflanadi[7]:1795. Hisobotda biomassa „geologik qatlamlarda toʻplanmagan yoki toshga aylanmagan organik material“ sifatida taʼkidlanadi[7]:1795. Bu koʻmir yoki boshqa qazilma yoqilgʻilar ushbu kontekstda biomassa shakli emasligini anglatadi.
Anʼanaviy biomassa deganda „past daromadli mamlakatlarda ovqat pishirish yoki isitish uchun ochiq olovda yoki samarali boʻlmagan pechlarda yogʻoch, koʻmir, qishloq xoʻjaligi qoldiqlari va/yoki hayvon goʻngini yoqish“ tushuniladi[7]:1796.
Biomassani yoqilgʻi sifatida bevosita ishlatish mumkin boʻlgani uchun (masalan, yogʻoch tayogʻi kabi), biomassa va bioyoqilgʻi atamalari baʼzida almashtirib ishlatilinadi. Ammo, odatda biomassa atamasi yoqilgʻi tayyorlanadigan biologik xomashyoni anglatadi. Bioyoqilgʻi yoki biogaz atamalari odatda mos ravishda suyuq yoki gazsimon yoqilgʻilar uchun ishlatiladi[8].
Xomashyolari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bugungi kunda yogʻoch va yogʻoch qoldiqlari eng yirik biomassa manbai hisoblanadi. Yogʻoch yoqilgʻi sifatida toʻgʻridan-toʻgʻri ishlatilishi yoki granulali yoqilgʻi yoki boʻlmasa boshqa shakldagi yoqilgʻiga aylantirilishi mumkin. Boshqa oʻsimliklar ham yoqilgʻi sifatida ishlatilishi mumkin, masalan, makkajoʻxori, switchgrass, miscanthus va bambuk[9]. Asosiy chiqindi xomashyolar yogʻoch chiqindilari, qishloq xoʻjaligi chiqindilari, shahar qattiq chiqindilari va ishlab chiqarish chiqindilaridir. Xom biomassani yuqori darajadagi yoqilgʻiga aylantirish turli usullar orqali amalga oshiriladi va ular keng maʼnoda issiqlik, kimyoviy yoki biokimyoviy usullar sifatida tasniflanadi:
Termal konversiya jarayonlari biomassa yoqilgʻisini yaxshilash va amaliyroq yoqilgʻiga aylantirish uchun issiqlikdan asosiy mexanizm sifatida foydalanadi. Asosiy muqobil usullar torrefaksiya, piroliz va gazlash boʻlib, ular kimyoviy reaksiyalarning qanchalik chuqur rivojlanishiga qarab ajratiladi (asosan kislorod mavjudligi va konversiya harorati bilan nazorat qilinadi)[10].
Koʻplab kimyoviy konversiyalar koʻmirga asoslangan jarayonlar boʻlib, ulardan biri Fisher-Tropsh sintezidir[11]. Koʻmir oʻxshab, biomassa ham koʻplab kimyoviy mahsulotlarga aylantirilishi mumkin[12].
Biokimyoviy jarayonlar biomassa tarkibidagi molekulalarni parchalash uchun tabiiy ravishda rivojlangan va ulardan bioenergiya ishlab qicharish uchun foydalanish mumkin. Koʻp hollarda konversiyani amalga oshirish uchun mikroorganizmlar ishlatiladi. Bu jarayonlar anaerob hazm qilish, fermentatsiya va kompostlash deb nomlanadi[13].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Renewable Energy Sources and Climate Change Mitigation. Special Report of the Intergovernmental Panel on Climate Change“. IPCC (2012). 2019-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-mart.
- ↑ „Bioenergy Basics“ (en). Energy.gov. Qaraldi: 2023-yil 25-may.
- ↑ „Biomass – Energy Explained, Your Guide To Understanding Energy“. U.S. Energy Information Administration (2018-yil 21-iyun).
- ↑ „What does net-zero emissions by 2050 mean for bioenergy and land use? – Analysis“ (en-GB). IEA. Qaraldi: 2023-yil 19-yanvar.
- ↑ Smith, P., J. Nkem, K. Calvin, D. Campbell, F. Cherubini, G. Grassi, V. Korotkov, A. L. Hoang, S. Lwasa, P. McElwee, E. Nkonya, N. Saigusa, J.-F. Soussana, M. A. Taboada, 2019: Chapter 6: Interlinkages Between Desertification, Land Degradation, Food Security and Greenhouse Gas Fluxes: Synergies, Trade-offs and Integrated Response Options. In: Climate Change and Land: an IPCC special report on climate change, desertification, land degradation, sustainable land management, food security, and greenhouse gas fluxes in terrestrial ecosystems [P. R. Shukla, J. Skea, E. Calvo Buendia, V. Masson-Delmotte, H.- O. Portner, D. C. Roberts, P. Zhai, R. Slade, S. Connors, R. van Diemen, M. Ferrat, E. Haughey, S. Luz, S. Neogi, M. Pathak, J. Petzold, J. Portugal Pereira, P. Vyas, E. Huntley, K. Kissick, M. Belkacemi, J. Malley, (eds.)]. In press.
- ↑ IPCC, 2019: Summary for Policymakers. In: Climate Change and Land: an IPCC special report on climate change, desertification, land degradation, sustainable land management, food security, and greenhouse gas fluxes in terrestrial ecosystems [P. R. Shukla, J. Skea, E. Calvo Buendia, V. Masson-Delmotte, H.- O. Pörtner, D. C. Roberts, P. Zhai, R. Slade, S. Connors, R. van Diemen, M. Ferrat, E. Haughey, S. Luz, S. Neogi, M. Pathak, J. Petzold, J. Portugal Pereira, P. Vyas, E. Huntley, K. Kissick, M. Belkacemi, J. Malley, (eds.)]. https://doi.org/10.1017/9781009157988.001
- ↑ 7,0 7,1 7,2 IPCC, 2022: Annex I: Glossary [van Diemen, R., J. B. R. Matthews, V. Möller, J. S. Fuglestvedt, V. Masson-Delmotte, C. Méndez, A. Reisinger, S. Semenov (eds)]. In IPCC, 2022: Climate Change 2022: Mitigation of Climate Change. Contribution of Working Group III to the Sixth Assessment Report of the Intergovernmental Panel on Climate Change [P. R. Shukla, J. Skea, R. Slade, A. Al Khourdajie, R. van Diemen, D. McCollum, M. Pathak, S. Some, P. Vyas, R. Fradera, M. Belkacemi, A. Hasija, G. Lisboa, S. Luz, J. Malley, (eds.)]. Cambridge University Press, Cambridge, UK and New York, NY, USA. doi: 10.1017/9781009157926.020
- ↑ „Biofuels explained - U.S. Energy Information Administration (EIA)“. www.eia.gov. Qaraldi: 2023-yil 23-yanvar.
- ↑ Darby, Thomas „What Is Biomass Renewable Energy“. Real World Energy. 2014-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-iyun.
- ↑ Akhtar, Krepl & Ivanova 2018.
- ↑ Liu et al. 2011.
- ↑ Conversion technologies (Wayback Machine saytida 2009-10-26 sanasida arxivlangan). Biomassenergycentre.org.uk. Retrieved on 2012-02-28.
- ↑ „Biochemical Conversion of Biomass“ (en-US) (2014-yil 29-may). Qaraldi: 2016-yil 18-oktyabr.