Kontent qismiga oʻtish

Xalqaro Energetika Agentligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
International Energy Agency
Qisqartma XEA
Turi Autonomous intergovernmental organisation
Ishga tushgan sanasi Andoza:18-noyabr, 1974[1]
Joylashuvi 9, rue de la Fédération, Parij, Fransiya
Executive Director Fatih Birol
Deputy Executive Director Mary Burce WarlickMary Burce Warlick
Aʼzolari
Vebsayti https://www.iea.org/
Til(lar)i Ingliz tili

Xalqaro Energetika Agentligi (XEA) 1974-yilda Parijda tashkil etilgan mustaqil hukumatlararo tashkilot boʻlib, global energetika sektoriga oid siyosiy tavsiyalar, tahlillar va maʼlumotlarni taqdim etadi. XEAga 31 davlat va 13 ta[2] assotsiatsiya davlatlari aʼzo boʻlib, ular global bozordagi energiya talabining 75% ini tashkil etadi[1].

IEA 1973-yilgi neft inqirozidan soʻng jahon neft taʼminotidagi jismoniy uzilishlarga javob berish, global neft bozori va energetika sektoriga oid maʼlumot va statistikalarni taqdim etish, energiyani tejash va saqlashni ragʻbatlantirish va xalqaro texnik hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida tashkil etilgan[3]. Tashkilot Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) doirasida yaratilgan. Tashkil etilganidan beri aʼzo davlatlardagi neft zaxiralarini boshqarishda ham hamkorlik qilmoqda.

Keyingi oʻn yilliklarda IEA ning roli butun global energiya tizimini qamrab olish darajasigacha yetdi. Agentlikning qamrovi anʼanaviy yoqilgʻilar, masalan, gaz va koʻmirni, shuningdek, qayta tiklanadigan energiya manbalari, quyosh fotoelektrika, shamol energetikasi, bioyoqilgʻi, atom energetikasi, vodorod va ushbu texnologiyalar uchun zarur boʻlgan muhim minerallarni oʻz ichiga olgan yangi va tez rivojlanayotgan energiya manbalari va texnologiyalarini oʻz ichiga oladi.

IEA ning asosiy faoliyati aʼzo davlatlar va assotsiatsiya davlatlariga energiya xavfsizligini taʼminlash va ularning toza energiyaga oʻtish jarayonini tezlashtirishga oid siyosiy maslahatlar berishdir[3]. Shu yillarda tashkilot oʻz eʼtiborini toza energiyaga oʻtishni tezlashtirish, iqlim oʻzgarishini sekinlashtirish, nol uglerod chiqindisiga erishish va global haroratning 1,5 °C darajadan oshib ketishining oldini olishga qaratmoqda[4][5]. IEAning barcha aʼzo davlatlari global isishni 1,5 °C ga cheklashni maqsad qilgan Parij bitimini imzolagan va IEA aʼzolarining uchdan ikki qismi 2050-yilga borib uglerod chiqindisini nolga yetkazish majburiyatini olgan.

Fayl:AustralianEmbassyParis.jpg
The Embassy of Australia, Paris, where the IEA headquarters are located

IEAning amaldagi ijrochi direktori, 2015-yil oxirida lavozimiga kirishgan Fatih Biroldir[6][7]. IEA har yili World Energy Outlook va Net Zero by 2050 kabi hisobotlarni chop etadi[8][9][10].

IEA 1974-yil 18-noyabrda, 1973-yilgi neft inqirozidan keyin, mustahkam energiya taʼminotini yaratish, energiya samaradorligini oshirish, energiya xavfsizligini taʼminlash va texnologik tadqiqotlar va innovatsiyalarni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan[11][1].

Xalqaro Energiya Dasturi toʻgʻrisidagi Bitim (IEP Bitimi) IEA vazifalari va tuzilmasini belgilab beradi va uni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) shafeiligi ostidagi mustaqil tashkilot sifatida belgilaydi[1]. 1996-yilda IEA oʻz shtab-kvartirasini OECD joylashgan Château de la Muettedan Parijdagi Avstraliya elchixonasi ichidagi tijorat binosiga koʻchirgan[12].

IEA oʻz byujeti va boshqaruv tuzilmasini mustaqil ravishda yuritadi. Tashkilot 16 ta asoschi davlatlar bilan boshlangan[13] va hozirgi kunda aʼzolari soni 31 ta davlatga yetgan. Litva 2022-yilda agentlikka qoʻshilgan. IEAning toʻliq aʼzolari bir vaqtning oʻzida OECD aʼzolari boʻlishi ham talab etiladi. Shu bilan birga favqulodda zaxira sifatida 90 kunlik neft importiga ega boʻlishi kerak. Ushbu favqulodda zaxiralar jahon bozorlarini barqarorlashtirish uchun bozorga chiqarilishi mumkin va ular hozirgacha besh marta faollashtirilgan. 1991-yilning yanvarida Fors koʻrfazi urushi tufayli, 2005-yilda Katrina va Rita boʻronlari Meksika koʻrfazini vayron qilganda, 2011-yilda Liviya inqirozi paytida va 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga javoban ikki marta[1][14].

Favqulodda zaxiralarni chiqarish mexanizmidan tashqari, IEA ning asosiy vazifalari neftga qaramlikni kamaytirish, muqobil energiya manbalarini rivojlantirish, energiya tadqiqotlari va ishlanmalarini amalga oshirish va barqaror energiya bozorini yaratish uchun neft ishlab chiqaruvchi kompaniyalar va mamlakatlar bilan hamkorlik qilishni oʻz ichiga oladi. Aʼzolar energiya inqirozlari paytida talabni qisqartirishi va samaradorlik choralari boʻyicha rejalar tuzishi kerak.

2015-yilda IEA bosh iqtisodchisi Fatih Birol ijrochi direktor etib tayinlandi. Fatih Birol tashkilot ichidan chiqib rahbarlikkacha chiqqan ilk insondir[15]. Tashkilotning mandat kengashi agentlikni uchta asosiy ustunlar boʻyicha modernizatsiya qilish vazifasini olgan. Ular IEA ning energiya xavfsizligini neftdan tashqari tabiiy gaz va elektr energiyasi qamrovini kengaytirish; yangi hamkorliklar orqali rivojlanayotgan iqtisodiyotlar bilan aloqalarni kuchaytirish; va IEA ning asosiy eʼtiborini toza energiya texnologiyalari va energiya samaradorligiga qaratishdir[1][16].

IEA rahbari Fatih Birol siyosatchilarni energiya oʻzgarishini tezlashtirish va chiqindilarni kamaytirish uchun koʻproq ish qilishga chaqirdi.

2015-yilda „Assotsiatsiya davlatlari“ yangi kategoriyasi yaratildi[17]. Ushbu kategoriya IEA aʼzoligiga mos kelmaydigan mamlakatlarga tashkilot bilan bogʻlanish va uning ishida ishtirok etish imkonini berdi[18]. Xitoy, Indoneziya va Tailand birinchi boʻlib qoʻshilgan va hozirda IEA ning oʻn uchta assotsiatsiya mamlakati[2], jumladan 2022-yil iyul oyidan beri Ukraina aʼzo[19][20] . IEA ning aʼzo va assotsiatsiya davlatlari global energiya isteʼmolining 75% dan ortigʻini tashkil etadi[1].

2021-yilda IEA rahbari Fatih Birol siyosatchilarni toza energiyaga oʻtishni tezlashtirish va chiqindilarni kamaytirish uchun koʻproq harakat qilishga chaqirgan. U „Toza energiya texnologiyalari sekin, ammo albatta mavjud energetika sanoati oʻrnini egallaydi“, dedi[21][22].

IEA ning 2022-yilgi vazirlar yigʻilishidan soʻng, IEA davlatlarining ikki yilda bir marta oʻtkaziladigan yuqori darajadagi yigʻilishi oʻtkazilishiga kelishib olindi. Shu jumladan aʼzo davlatlar yana bir bor tashkilot mandatiga „yigirmanchi asrning oʻrtalarigacha global miqyosda energetika sohasidagi issiqxona gazlarini nol dararjaga yetkazish uchun mamlakatlarni qoʻllab-quvvatlash“ orqali global toza energiyaga oʻtishni tezlashtirish vazifasini kiritdi[8][1]. „IEA 3.0“ mandati energiya xavfsizligini kuchaytirishni ikki baravar oshiradi va toza energiyaga oʻtish uchun kritik mineral va materiallarni tadqiq etishni koʻzda tutadi[8][1].

Xalqaro Energetika Agentligining bosh ijrochi direktorlari roʻyxati
No. Ismi Davlati Ish boshlagan Ish tugatgan Avvalgi lavozimi Ref.
1 Ulf Lantzke  Germaniya 1975 31 Mart 1984 Special Advisor on Energy Issues to the Secretary General of the Organisation for Economic Co-operation and Development (OECD) [23][24][25]
2 Helga Steeg  Germaniya 1 Iyul 1984 30 Sentabr 1994 Director-General for Trade, Federal Ministry of Finance of the Federal Republic of Germany [23][26][27][28]
3 Robert Priddle  Birlashgan Qirollik 1 Dekabr 1994 31 Dekabr 2002 Head of Consumer and Corporate Affairs, UK Department of Energy and Trade and Industry [23][29]
4 Claude Mandil  Fransiya 1 Fevral 2003 31 Avgust 2007 Chairman and CEO of the Institut français du pétrole, 2000–2003[29] [23][29][30]
5 Nobuo Tanaka  Yaponiya 1 Sentabr 2007 31 Avgust 2011 Director for Science, Technology and Industry at the OECD, 1992–2007[23] [23][31][32]
6 Maria van der Hoeven  Niderlandiya 1 Sentabr 2011 31 Avgust 2015 Minister of Economic Affairs of the Netherlands, 2007–2010 [23][32]
7 Fatih Birol  Turkiya 1 Sentabr 2015 Amaldagi Chief Economist, International Energy Agency [23][33]

IEA tuzilmasi Boshqaruv kengashi, Vazirlar mahkamasi va Doimiy guruh va qoʻmitalarni oʻz ichiga oladi[34].

Boshqaruv kengashi tashkilotning asosiy qaror qabul qiluvchi organi hisoblanadi. U aʼzo mamlakatlar vakillaridan iborat boʻlib, yiliga uch-toʻrt marta yigʻiladi[34]. Boshqaruv kengashi IEAning maʼmuriy ishlarini olib boradi va energetikani rivojlantirishga oid majburiy xususiyatga ega qarorlarni tasdiqlash uchun javobgardir[34].

IEA Vazirlar mahkamasi har ikki yilda bir marta boʻlib oʻtadigan energetika vazirlarining uchrasuvi boʻlib, unda IEA ning umumiy yoʻnalishlari belgilab beriladi[34]. Vazirlar uchrashuvida ishlab chiqilgan gʻoyalar keyinchalik Boshqaruv kengashiga taqdim etiladi[34].

Doimiy guruhlar yil davomida bir necha marta yigʻiladi va aʼzo davlat rasmiylaridan iborat boʻladi. IEA bir necha doimiy guruhlar va qoʻmitalarga ega boʻlib, ular energiya tadqiqotlari va texnologiyalari, uzoq muddatli hamkorlik, favqulodda tayyorgarlik va boshqa masalalarga eʼtibor qaratadi[34].

IEAning 31 aʼzo va 13 ta[2] assotsiatsiya davlati global energiya talabining 75% ini tashkil etadi[1].

Aʼzo davlatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faqat OECD aʼzo davlatlarigina IEA ga qoʻshilishi mumkin. Aʼzo davlatlar oʻtgan yilgi sof importning kamida 90 kunga teng neft zaxirasini saqlashi shart[35][3] . Aʼzo davlatlar jiddiy neft uzilishlariga javoban, xom neftning global bozorga kiritish majburiyatiga ega[3].

Country Membership Notes
 Australia 1979[23]
 Avstriya 18 November 1974[36] Founding member[23]
 Belgiya 18 November 1974[36] Founding member[23]
 Kanada 18 November 1974[36] Founding member[23]
 Chexiya 5 February 2001[23]
 Daniya 18 November 1974[36] Founding member[23]
 Estoniya 9 May 2014
 Finlandiya 1992[23]
 Fransiya 1992[23]
 Germaniya 18 November 1974[36] Founding member[23]
 Gretsiya 1976[23]
 Vengriya 3 June 1997[23]
 Irlandiya 18 November 1974[36] Founding member[23]
 Italiya 18 November 1974[36] Founding member[23]
 Yaponiya 18 November 1974[36] Founding member[23]
 Litva 2022
 Lyuksemburg 18 November 1974[36] Founding member[23]
 Meksika 2018
 Niderlandiya 18 November 1974[36] Founding member[23]
 Yangi Zelandiya 1977[23]
 Norvegiya 18 November 1974[36] Founding member (under a special Agreement)[23]
 Portugaliya 1981[23]
 Polsha 25 September 2008[37]
 Slovakiya 30 November 2007[38]
 Janubiy Koreya 20 April 2001[39]
 Ispaniya 18 November 1974[36] Founding member[23]
 Shvetsiya 18 November 1974[36] Founding member[23]
  Shveysariya 18 November 1974[36] Founding member[23]
 Turkiya 18 November 1974[36] Founding member[23]
 Birlashgan Qirollik 18 November 1974[36] Founding member[23]
 Amerika Qoʻshma Shtatlari 18 November 1974[36] Founding member[23]

Qoʻshilish arafasidagi davlatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshilish arafasidagi davlatlar toʻliq aʼzolik jarayonidan oʻtayotgan mamlakatlardir. Jarayon Boshqaruv kengashi tomonidan ruxsatni, ijrochi direktor bilan muzokaralar olib borishni va aʼzolik mezonlari bilan bogʻliq maʼlumotlarni Kotibiyat bilan boʻlishishni oʻz ichiga oladi[40].

Quyidagi davlatlar qoʻshilish jarayonidan oʻtmoqda:

Assotsiatsiya davlatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Assotsiatsiya 2015-yilda rasmiy ravishda tashkil etilgan va hozirda 13 ta davlatni oʻz ichiga oladi[2]. IEA Assotsiatsiya davlatlari bilan turli xil energetika masalalari yuzasidan qoʻshma dasturlar orqali hamkorlik qiladi. Assotsiatsiya davlatlari, shuningdek, aksariyat Doimiy guruhlar va Vazirlar uchrashuvlarida ishtirok etishi mumkin[41]. Misr va Argentina 2022-yil mart oyida Assotsiatsiya davlatlari sifatida qoʻshilgan[8][42] va Ukraina 2022-yil 16-iyun kuni rasmiy ravishda taklif qilingan va iyul oyida qoʻshilgan[43].

 Argentina
 Braziliya
 Xitoy
 Misr
 Hindiston
 Indoneziya
 Kenya
 Marokash
 Senegal
 Singapur
 Janubiy Afrika Respublikasi
 Tailand
 Ukraina

Yoʻnalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

IEA barcha energiya manbalari va texnologiyalari, global va mintaqaviy bozorlar, shuningdek, toza energiyaga oʻtish uchun muhim texnologiyalar, minerallar va materiallar boʻyicha tahlillar, shuningdek, mamlakat miqyosidagi hisobotlar va tadqiqotlar ishlab chiqadi. U, shuningdek, 150 dan ortiq mamlakat uchun keng qamrovli maʼlumotlar va statistikalar ishlab chiqadi.

IEA ning tahliliy ishlari turli kategoriyalarga boʻlinadi, jumladan siyosiy tavsiyalar, kuzatuv, bozor prognozlari, texnik yoʻl xaritalari va ssenariy tahlili.

IEA davlatlarga milliy energiya siyosatlarini ishlab chiqishda maʼlumotlar bilan taʼminlaydi. Shuningdek agentlik energiya sektoriga uzoq muddatli investitsiyalarni rejalashtirish uchun keng qamrovli maʼlumotlar, statistika va tahlillarni nashr etadi. IEA energiya taʼminoti, talab, narxlar, tadqiqotlar va rivojlanish, energiya samaradorligi koʻrsatkichlari boʻyicha maʼlumotlarni tahlil qiladi va eʼlon qiladi. Ushbu maʼlumotlar, shuningdek, mamlakatlarning energiya almashinuvidagi qisqa va uzoq muddatli tendensiyalarni kuzatish uchun xizmat qiladi[44].

Siyosatlar va Chora-tadbirlar Maʼlumotlar bazasi (PAMS) jamoatchilikka karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish, energiya samaradorligini qoʻllab-quvvatlash va qayta tiklanadigan va toza energiya manbalarini rivojlantirish va ulardan foydalanishni yaxshilash uchun hukumat siyosatlari va dasturlari haqidagi maʼlumotlarni taqdim etadi. Ushbu maʼlumotlar bazasi 1999-yildan boshlab IEA va Xalqaro qayta tiklanadigan energiya agentligi (IRENA) maʼlumotlar bazasidan olingan maʼlumotlarni toʻplaydi va oʻtgan, hozirgi va rejalashtirilgan siyosiy choralarini oʻz ichiga oladi[45].

IEA nashrlari ssenariylar deb atalgan prognozlar toʻplamiga ega. Hozirda qoʻllanilayotgan ssenariylar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • Stated Policies Scenario (STEPS): Hukumatlarning mavjud siyosatlari va issiqxona gazlarini kamaytirishga qaratilgan qatʼiy majburiyatlarining amalga oshirilishini prognoz qiladi[46].
  • Announced Pledges Scenario (APS): STEPSdagi siyosatlarning amalga oshirilishini prognoz qiladi, shuningdek, hali siyosat va qonunchilik bilan mustahkamlanmagan yumshoq vaʼdalarning bajarilishini ham hisobga oladi[47].
  • Net Zero Scenario (NZE): IEA ning 2050-yilgacha nol uglerod chiqindilariga erishish yoʻlini, xarajatlarni minimal darajada saqlab qolish va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga erishishni koʻzlaydi[48][49].

Eski ssenariylar quyidagilarni oʻz ichiga olgan:

  • 450 Ssenariysi: Tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari IEA ning 450 Ssenariysini (2009-yildagi Kopengagen kelishuvi bilan mos kelish uchun yaratilgan) tanqid qila boshlashdi[50][51] . Chunki bu ssenariy zamonaviy iqlim fanlari bilan mos kelmaydi va Parij iqlim kelishuvi bilan ham mos kelmaydi. 2017-yil mart oyida IEA (IRENA bilan birgalikda) ushbu 450Sdan xavfsizroq iqlim ssenariysini hisobga oluvchi hisobotni nashr etdi[52]. Ushbu ssenariy global isishni ikkidan past darajada saqlashni taklif etgan. Ammo – „Oil Change International“ tadqiqot tashkilotiga koʻra – u hali ham iqlim fanlariga mos emas va global iqlim maqsadlariga erishish uchun talab qilinadigan dekarbonizatsiyaga yetarlicha javob bermaydi[53]. IEA ushbu xavfsizroq iqlim ssenariysini yangilashni toʻxtatdi.
  • Barqaror Rivojlanish Ssenariysi: IEA ning Barqaror Rivojlanish Ssenariysi (450 ssenariyning vorisi) ham iqlim olimlari va asosiy moliyaviy institutlar tomonidan tanqid qilingan. 1,5 °C ssenariysi „World Energy Outlook“da markaziy oʻrinda turishi kerakligi taʼkidlandi[5]. IEA ning Barqaror Rivojlanish Ssenariysi faqatgina 2070-yilgacha nol uglerod chiqindilariga erishishni koʻzlagan, bu esa ikki oʻn yillikka kech.

Asosiy nashrlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

World Energy Outlook (WEO)

A 2022 report on renewable energy

2050-yilgacha Net Zero: global energetika sektori uchun yoʻl xaritasi

„2050-yilgacha Net Zero“ 2021-yilning may oyida chop etilgan boʻlib, global energetika sektori uchun 2050-yilgacha nol uglerod chiqindilariga erishish uchun birinchi kompleks yoʻl xaritasini taqdim etgan. Hisobotda Net Zero Emissions (NZE) ssenariysi joriy etilgan. U energiya yetkazib berishni xavfsiz va arzon saqlagan holda, energiya yetkazib berishni kengaytirish va barqaror iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish bilan birga 2050-yilgacha nol chiqindilariga qanday qilib oʻtish mumkinligi koʻrsatib bergan. Ushbu hisobot IEA va Financial Times tomonidan yaratilgan oʻyin uchun asos boʻlib xizmat qilgan. Unda oʻyinchilar chiqindilarni nol darajaga tushirish boʻyicha raqobatlashadi[54][49].

Energy Technology Perspectives (ETP)

Birinchi marta 2006-yilda chop etilgan ETP har ikki yilda bir marta chop etiladigan toza energiya texnologiyalari haqidagi qoʻllanma hisoblanadi. Nashr toza energiya texnologiyalarining rivojlanishidagi qiyinchiliklar, oʻsish yoʻnalishlari va kuchli tomonlariga hamda ularning global energetika va atrof-muhit siyosatini shakllantirishga qoʻshgan hissasiga qaratilgan[55].

Global EV Outlook (GEVO)

Electric Vehicles Initiative loyihasi aʼzolarining yordami bilan har yili chop etiladigan GEVO elektr transport vositalari va elektrmobillarga oid soʻnggi oʻzgarishlarni tahlil qiladi. Nashr tarixiy tahlillarni 2030-yilgacha boʻlgan prognozlar bilan birlashtiradi. Bu mavzularga quvvatlash infratuzilmasi, CO2 chiqindilari, energiya isteʼmoli va tegishli siyosiy rivojlanish kiradi. Hisobot elektr transport vositalaridan foydalanishni rivojlantirish boʻyicha siyosiy tavsiyalarni oʻz ichiga oladi[56].

Oil Market Report

Birinchi marta 1983-yilda chop etilgan oylik Neft bozori hisobotida global neft bozori tahlil qilinadi. Shuningdek unda sanoat, moliyaviy va davlat amaldorlari, shuningdek, akademik va nodavlat tashkilotlar auditoriyasi uchun moʻljallangan maʼlumotlar va prognozlar taqdim etiladi. Hisobotda savdo va ishlab chiqarish boʻyicha mamlakatlarga xos tahlillar nafaqat OECD, balki OECD ga aʼzo boʻlmagan davlatlarni ham qamrab oladi[57].

Electricity Market Report

Elektr energiyasi bozori hisoboti global elektr energiyasiga boʻlgan talab, taʼminot, ishlab chiqarish va chiqindilar boʻyicha muntazam prognozlarni taqdim etadi va soʻnggi oʻzgarishlarga alohida eʼtibor qaratadi[58].

Gas Market Report

Gaz bozori hisoboti har chorakda yangilanadi va global gaz bozorlaridagi soʻnggi oʻzgarishlar va maʼlumotlarni taqdim etadi[58].

Energy Efficiency

Energiya samaradorligi bu energiya foydalanishini kamaytirishni koʻzda tutadi. Natijada chiqindilarni kamaytirishda samarali qurilmalar, uskunalar, binolar, transport va sanoatning muhim rolini aks ettiruvchi global yutuqlar va oʻzgarishlar haqidagi soʻzlovchi yillik hisobotdir[58].

Renewable Energy Market Update

Qayta tiklanuvchi energiya bozori yangiliklari global qayta tiklanuvchi energiya quvvatining yangi qoʻshimchalari va bioyoqilgʻiga boʻlgan talabni tahlil qiladi. Hisobot yil davomida bir necha marta yangilanadi va kelgusi yillar prognozlariga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan muhim oʻzgarishlar va siyosatga oid oqibatlarni muhokama qiladi[59].

World Energy Investment

Yillik Jahon energetika investitsiyalari hisoboti energiya sohasidagi investitsiyalarni kuzatib boradi va investorlarning yoqilgʻi va elektr taʼminoti, muhim minerallar, samaradorlik, tadqiqot va ishlanmalarning barcha sohalarida xavf va imkoniyatlarni qanday baholashlarini tahlil qiladi[58].

Tracking Clean Energy Progress

TCEP yarim asrda nol uglerod chiqindilariga erishish uchun zarur boʻlgan 46 ta muhim energiya texnologiyalari va sektorlarining holati haqida hisobot beradi va ularning rivojlanishi va amaliyotga joriy etilishini tezlashtirish boʻyicha tavsiyalar beradi[58].

Country Reviews

1976-yildan boshlab, IEA energetika siyosati boʻyicha chuqur tahliliy hisobotlarni nashr etib kelmoqda. Bu mamlakatlar boʻyicha sharhlar odatda aʼzo davlatlar uchun har besh yilda bir marta oʻtkaziladi va mamlakatning barcha energetika tizimlari va siyosatini qamrab oladi. Soʻnggi hisobotlar iqlim maqsadlariga erishish yoʻlidagi taraqqiyotga alohida eʼtibor qaratadi. Soʻnggi hisobotlar Norvegiya, Polsha, Belgiya va Kanada haqida boʻlgan. IEA, shuningdek, oʻzining kirish va hamkorlik qiluvchi davlatlari, shuningdek, hamkor davlatlarining chuqur energiya sharhlarini ham tayyorlaydi[58].

Energy Efficiency

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Energiya samaradorligiga eʼtibor qaratgan holda, IEA iqlim oʻzgarishini yumshatish, energiya xavfsizligiga hissa qoʻshish va iqtisodiyot va jamoalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida siyosat rahbarlari va boshqa manfaatdor tomonlarni birlashtiradi[60]. IEA soʻnggi oʻn yilliklar davomida toʻplangan maʼlumotlarga asoslangan energiya samaradorligi koʻrsatkichlarini yaratgan. Bu esa alohida davlatlarning energiya isteʼmolini kuzatib borish va milliy siyosatni yaxshilash imkonini beradi. Maʼlumotlar uy-joy, sanoat va transport kabi asosiy sektorlarni qamrab oladi[61].

Clean Energy Transitions Programme

[tahrir | manbasini tahrirlash]

CETPning maqsadi „toza energiyaga global oʻtishni tezlashtirish, ayniqsa, rivojlanayotgan yirik iqtisodiyotlarda“. Dastur energiya siyosati global energiya almashinuvi uchun muhim boʻlgan hukumatlarni qoʻllab-quvvatlaydi. U, shuningdek, hamkorlikdagi tahlillar, texnologiyalarni rivojlantirish, manfaatdor tomonlarni birlashtirish hamda trening va salohiyatni oshirishni oʻz ichiga oladi. CETP Braziliya, Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Meksika va Janubiy Afrikani ustuvor mamlakatlar sifatida, shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrika mintaqalarini ham belgilagan[62][63].

People-Centered Clean Energy Transition

[tahrir | manbasini tahrirlash]

IEA energiya almashinuvi boʻyicha ishlarining bir qismi sifatida, Global Commission for People-Centred Clean Energy Transitions „bizning energiya tizimimizni oʻzgartirish bilan bogʻliq foyda va xarajatlar jamiyatdagi eng zaif qatlamlarni himoya qiladigan tarzda adolatli taqsimlanishi“ uchun yigʻadi. Ushbu yondashuv koʻnikmalarni rivojlantirish, ish oʻrinlari, ishchilarni himoya qilish, iqtisodiy rivojlanish, tenglik va adolat, ijtimoiy kamsitmaslik va jarayonda manfaatdor tomonlar sifatida shaxslarni jalb qilishga qaratilgan[64]. Komissiya milliy rahbarlar, hukumat vazirlari va fuqarolik jamiyati vakillaridan iborat. 2021-yilning oktyabr oyida komissiya toza energiya oʻtish uchun odamlar manfaatini koʻzlagan 12 tavsiyani oʻz ichiga olgan hisobotni eʼlon qildi[65][64].

Resilience of the Energy Sector to Climate Change Impacts

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqlim oʻzgarishining energiya xavfsizligiga taʼsiri tufayli, IEA energiya tizimlariga iqlim taʼsirini tushunishga va ushbu taʼsirlarga nisbatan ularning chidamliligini oshirish boʻyicha tavsiyalar berishga harakat qiladi. Bu turli iqlim ssenariylari boʻyicha gidroenergetikaning baholanishi[66][67][68] va quvvat tizimlari uchun iqlim xavflarini koʻrsatib beradi. U, shuningdek, energetika sektorlarini iqlim oʻzgarishiga chidamliligini oshirish boʻyicha choralar toʻgʻrisidagi hisobotni oʻz ichiga oladi[69]. IEA, shuningdek, oʻz aʼzo davlatlarida iqlim xavf-xatarlarining darajasi, shuningdek, energiya sektorining iqlimga chidamliligini oshirish boʻyicha asosiy rejalashtirish va siyosiy hujjatlar toʻgʻrisida umumiy maʼlumot beradi[70].

Technology Collaboration Programs (TCPs)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

TCPs mustaqil, xalqaro hukumat va sanoat mutaxassislari guruhlarini energiya texnologiyalari va tegishli masalalarni tadqiq qilish, rivojlantirish va tijoratlashtirishni qoʻllab-quvvatlaydi. TCPsda 55 mamlakatdan 300 ga yaqin tashkilotlarda 6000 dan ortiq mutaxassis ishtirok etadi. TCP misollariga Energiya va Jamoat Binoalri (EBC), Fotoelektrik Quvvat Tizimlari (PVPS) va Gibrid va Elektr Transport Vositalari (HEV) kiradi.

Qayta tiklanuvchi energiyaga qarshi tarafkashlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2002–2016-yillar oraligʻida IEA prognozlari va global fotovoltaik qoʻshimchalarning haqiqiy rivojlanishi.

IEA kelajakdagi energiya tizimlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining, xususan, fotovoltaika va ularning xarajatlarini kamaytirishdagi rolini muntazam ravishda past baholagani uchun tanqid qilinadi[71][72][73].

IEA avvalroq ekologik guruhlar tomonidan atom[74] va qazilma yoqilgʻi foydasiga qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalarining rolini yetarlicha baholamagani uchun tanqid qilingan[75]. 2009-yilda Guy Pearse IEA qayta tiklanuvchi energiya alternativlarining imkoniyatlarini doimiy ravishda past baholab kelganini taʼkidladi[76].

Energiya sanoati prognozlarini tahlil qiluvchi olimlar va siyosatchilardan tashkil topgan Energiya Nazorati Guruhi (EWG) IEAning anʼanaviy energiya manbalariga nisbatan institutsional tarafkashligi borligini va qayta tiklanuvchi energiyaning, xususan, shamol va quyosh energiyasining ahamiyatini pasaytirish uchun „chalgʻituvchi maʼlumotlar“dan foydalanayotganini daʼvo qilmoqda. 2008-yildagi EWG hisobotida IEAning shamol energiyasi quvvati oʻsishi haqidagi prognozlarini taqqoslab, u shamol energiyasi sanoati yetkazib berishi mumkin boʻlgan energiya miqdorini doimiy ravishda past baholaganini koʻrsatganini taʼkidlagan[77].

Masalan, 1998-yilda IEA global shamol elektr energiyasi ishlab chiqarish 2020-yilga kelib 47,4 GVt ni tashkil etishini prognoz qilgan. Lekin EWGning hisobotida bu darajaga 2004-yil oxirida erishilganligi taʼkidlangan[78]. Hisobot, shuningdek, IEA oldingi notoʻgʻri baholashlardan saboq olmaganligini va oʻtgan yili global shamol energiyasi qoʻshimchalari IEAning 1995–2004-yillar prognozlaridagi oʻrtacha bahodan toʻrt baravar koʻproq boʻlganligini aytadi[77]. Ushbu tendensiya 2016-yilgacha davom etgan koʻrinadi[79].

IEAning global energiya nazoratchisi sifatidagi faoliyatidan norozi boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya sektori vakillari 2009-yilning 26-yanvarida Xalqaro Qayta Tiklanuvchi Energiya Agentligi tashkil etishdi. Agentlik 2010-yilga kelib toʻliq faoliyat koʻrsatishi va dastlabki yillik byujeti 25 million yevroni tashkil etishi rejalashtirilgan[80].

IEAning quyosh energiyasiga oid hozirgi prognozlari bu sohada kuzatilayotgan tadrijiy oʻsish bilan mos kelmaydi. Chalgʻituvchi prognozlar quyosh energiyasi oʻsishi uchun katta subsidiyalar talab qilinadi degan taassurotni yaratgan va bu quyosh energiyasi bozoriga investitsiyalarni kamaytirish va natijada yanada tezkor oʻsishni sekinlashtirishi mumkin[81][82].

Prognozlar aniqligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yilgi World Energy Outlook nashri oldidan Britaniyaning The Guardian kundalik gazetasi yuqori martabali nomaʼlum IEA mansabdori soʻzlariga tayanib, agentlik AQShning bosimi ostida neftning choʻqqisiga chiqish xavfini qasddan kamaytirayotganini aytdi. Nomaʼlum sobiq IEA rasmiysining soʻzlariga koʻra, „Amerikaliklarni gʻazablantirmaslik zarur“ va dunyo allaqachon „neftning choʻqqi zonasiga“ kirib boʻlgan[83].

The Guardian, shuningdek, Shvetsiyaning Uppsala Universiteti olimlari guruhiga murojaat qilib, 2008-yilgi World Energy Outlook prognozlarini oʻrganib chiqqan va IEA prognozlari amalga oshmasligini taʼkidlagan. Ularning ilmiy sharhida aytilishicha, 2030-yilda neft ishlab chiqarish kuniga 75 million barrel (11,9×106 m3/k) dan oshmaydi, holbuki IEA ishlab chiqarishni kuniga 105 million barrel (16,7×106 m3/k) deb prognoz qilgan. Hisobotning bosh muallifi Kjell Aleklett IEA hisobotlarini „siyosiy hujjatlar“ deb atagan[84]. Shu guruhning boshqa tadqiqotlari ham IEAning World Energy Outlookda neft prognozlarini toʻliq koʻrib chiqqan[85].

Global Witness nomli korrupsiyaga qarshi kurashuvchi nodavlat tashkiloti oʻzining „Heads in the Sand“ nomli hisobotida shunday deb yozgan: „Global Witness tahlillari shuni koʻrsatadiki, agentlik kelajakdagi neft ishlab chiqarish imkoniyatlarini haddan tashqari optimistik, demak chalgʻituvchi nuqtai nazarni saqlab qolmoqda.“ Global Witnessga koʻra, „Agentlikning oʻziga ortiqcha ishonchi, ishonchli maʼlumotlar, tashqi tahlillar va asosiy omillarning barchasi ehtiyotkor yondashuvni talab qilayotgan boʻlsa-da, global miqyosda halokatli taʼsir koʻrsatadi.[86]

2023-yilda IEA neft, tabiiy gaz va koʻmir kabi qazilma yoqilgʻisiga boʻlgan talab 2030-yilga kelib eng yuqori darajaga yetishini prognoz qilgan[87]. OPEC IEAning prognozini rad etdi va "bunday prognozlarning xavfli tomoni shundaki, ular koʻpincha yangi neft va gaz loyihalariga investitsiya qilishni toʻxtatishga chaqiriqlar bilan birga yangraydi, " dedi[88][89].

Maʼlumotlarga kirishni cheklash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilda IEA 30 dan ortiq xalqaro akademiklar va tadqiqotchilar tomonidan jamoatchilik maʼlumot olishi imkoniyatini yoʻqqa chiqarayotganligi, koʻplab tadqiqotchilarning bu maʼlumotlardan foydalanishiga toʻsqinlik qilayotganligi va jamoatchilikka taqdim qilinmaydigan global energiya maʼlumotlarini pullik qilib qoʻygani uchun tanqid qilindi[90][91][92][93] . Our World in Data mualliflari oʻz ochiq xatlarida IEAni moliyalashtiruvchi davlatlar maʼlumotlarni pullik qilish shartini bekor qilishi va moliyalashtirishni koʻpaytirishni taklif qildi[92].

2022-yilning yanvar oyida IEA barcha maʼlumot va tahlillarini bepul va ochiq foydalanish uchun taqdim qilish rejalari haqida eʼlon qildi. Bu tashabbus ijrochi direktor va boshqaruv kengashi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan. Tashabbus IEA aʼzo davlatlari tomonidan yakuniy tasdiqlanishini kutmoqda edi[94].

2023-yilning oktyabr oyida IEA World Energy Outlook 2023 maʼlumotlar toʻplamini notijorat foydalanish uchun Creative Commons litsenziyasi ostida taqdim etdi. Ushbu maʼlumotlar toʻplami turli ssenariylar boʻyicha yigʻilgan maʼlumotlarni, shuningdek, 2050-yilgacha boʻlgan batafsil mintaqaviy va mamlakatlar boʻyicha maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi[95].

AQSh slanetsi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilda IEA Jahon Iqtisodiy Forumida Saudiya Arabistoni neft vaziri Al-Falih tomonidan oʻzining yanvar oyidagi Neft Bozori Hisobotida neft bozorida ortiqcha taklif prognozi fonida AQSh slanets neft sanoatini haddan tashqari maqtagani uchun tanqid qilindi. Al-Falih ushbu daʼvolardan gʻazablangan holda, tabiiy tanazzul va kuchli talab oʻsishi yangi yetkazib berish kanallari uchun koʻp joy borligini va slanets qazuvchilari bozorda inqiroz keltirmasligini aytdi. U, shuningdek, IEA global bozorda slanetsning rolini oshirib yuborayotganini va IEAning asosiy vazifasi narsalarni kontekstdan chiqarmaslik ekanligini taʼkidladi[96].

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 International Energy Agency „History – About“ (en-GB). IEA. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Kenya and Senegal to join the IEA – News“ (en-GB). IEA. Qaraldi: 2023-yil 30-iyun.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 International Energy Agency „Membership – About“ (en-GB). IEA. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  4. „IEA pins climate change goals on developing world transition“. IEA (2021-yil 27-yanvar).
  5. 5,0 5,1 Green, Matthew; Ekblom, Jonas „Investors step up pressure on global energy watchdog over climate change“. Thomson Reuters (2019-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 18-dekabr.
  6. International Energy Agency „Leadership“. Paris: IEA (2022-yil 7-mart). Qaraldi: 2022-yil 19-may.
  7. International Energy Agency „IEA reappoints Fatih Birol for new term as Executive Director“. Paris: IEA (2022-yil 25-mart). Qaraldi: 2022-yil 19-mart.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 International Energy Agency „2022 IEA Ministerial Communiqué – News“ (en-GB). IEA (2022-yil 24-mart). Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  9. International Energy Agency „Press release“ (en-GB). IEA (2022-yil 24-mart). Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  10. „World Energy Outlook 2020“. International Energy Agency. Paris: IEA (2020). Qaraldi: 2021-yil 8-mart.
  11. Türk, Henning (2014). "The oil crisis of 1973 as a challenge to multilateral energy cooperation among Western industrialized countries". Historical Social Research 39 (2014) (2014): 209–230. doi:10.12759/hsr.39.2014.4.209-230. ISSN 0172-6404. https://www.ssoar.info/ssoar/handle/document/40436. 
  12. Bamberger, Craig S.. History of the International Energy Agency, Volume 4. International Energy Agency, March 2004 — 71-bet. ISBN 92-64-01493-4. Qaraldi: 2024-yil 24-iyun. 
  13. Keohane, Robert O. (1978). "The International Energy Agency: State Influence and Transgovernmental Politics". International Organization 32 (4): 929–951. doi:10.1017/S0020818300032033. ISSN 0020-8183. https://www.jstor.org/stable/2706182. 
  14. International Energy Agency „Oil security – Energy security“ (en-GB). IEA (2022-yil 3-may). Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  15. OECD „DECISION OF THE COUNCIL: Establishing an International Energy Agency of the Organisation“. Paris: IEA (1974-yil 15-noyabr).
  16. „Fatih Birol nommé à la tête de l'Agence internationale de l'énergie“ (fr). Le Monde.fr (2015-yil 13-fevral). Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  17. International Energy Agency „Joint Ministerial Declaration on the occasion of the 2015 IEA Ministerial meeting expressing the Activation of Association“. Paris: IEA (2015-yil 18-noyabr).
  18. „India becomes associate member of International Energy Agency“. The Economic Times. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  19. „IEA and China deepen ties with extensive three-year work programme – News“ (en-GB). IEA (2017-yil 16-fevral). Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  20. „Ukraine to join the IEA as Association country – News“ (en-GB). IEA (2022-yil 16-iyun). Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  21. Worland, Justin (28 October 2021). „Meet the Man Who Defines the Energy Markets—And Wants the World to Go Clean“. TIME.
  22. „World at 'beginning of end' of fossil fuel era, says global energy agency“. Financial Times (2023-yil 12-sentyabr).
  23. 23,00 23,01 23,02 23,03 23,04 23,05 23,06 23,07 23,08 23,09 23,10 23,11 23,12 23,13 23,14 23,15 23,16 23,17 23,18 23,19 23,20 23,21 23,22 23,23 23,24 23,25 23,26 23,27 23,28 23,29 23,30 23,31 23,32 International Energy Agency „History“. Paris: IEA (2022-yil 10-may). Qaraldi: 2022-yil 17-may.
  24. Scott, Richard. The History of the International Energy Agency, 1974–1994. Paris: International Energy Agency, 1994 — 263-bet. 
  25. „Entry: Lantzke, Ulf“ (German). Ravensburg, Germany: Munzinger Online/Personen – Internationales Biographisches Archiv. Qaraldi: 2022-yil 17-may.
  26. Scott, vol. 1, p. 260
  27. Long, Russell B.; Ribicoff, Abe. Consensus or Confrontation: International Economic Policy at the Crossroads. U.S. Government Printing Office, 1975 — 2-bet. 
  28. Scott, vol. 4, p. 66
  29. 29,0 29,1 29,2 International Energy Agency „Claude Mandil Elected Executive Director of the IEA“. Paris: IEA (2003-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 17-may.
  30. „M. Nobuo TANAKA succèdera à M. Claude MANDIL à la tête de l'AIE“ [Mr. Nobuo Tanaka will succeed Mr. Claude Mandil as head of the IEA] (fr). Actu-Environnement (2006-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 17-may.
  31. IEA (2006-yil 14-dekabr). „Nobuo Tanaka nominated to succeed Claude Mandil as IEA Executive Director in September 2007“. Press-reliz.
  32. 32,0 32,1 International Energy Agency (2011-yil 11-mart). „Former Dutch Minister Maria van der Hoeven Named Next Executive Director of the IEA to Start in September 2011“. Press-reliz.
  33. Bezat, Jean-Michel. „Fatih Birol nommé à la tête de l'Agence internationale de l'énergie“ (French). Le Monde (2015-yil 13-fevral). Qaraldi: 2022-yil 17-may.
  34. 34,0 34,1 34,2 34,3 34,4 34,5 International Energy Agency „Structure – About“. IEA. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  35. „IEA marks historic day in global energy governance with first member country in Latin America – News“ (en-GB). IEA. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  36. 36,00 36,01 36,02 36,03 36,04 36,05 36,06 36,07 36,08 36,09 36,10 36,11 36,12 36,13 36,14 36,15 36,16 Scott, Richard. The History of the IEA, 1974–1994: The First 20 Years. Paris: International Energy Agency, 1994 — 67-bet. 
  37. „AGENCE EUROPE – Poland becomes 28th member country of the IEA“. iea.org. Qaraldi: 2024-yil 18-iyun.
  38. „Slovak Republic to become 27th member of the IEA“ (en). UPI. Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  39. International Energy Agency „Korea Joins International Energy Agency; Becomes IEA's Twenty-Sixth Member“. Paris: IEA (2001-yil 20-aprel). Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  40. Scott, Richard. The History of the International Energy Agency, 1974–1994. Paris: International Energy Agency, 1994 — 336-bet. 
  41. „Singapore becomes IEA Association Country – News“ (en-GB). IEA. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  42. „Argentina joins the International Energy Agency as a member – the Canadian News“ (2022-yil 24-mart).
  43. „Ukraine signs association pact with the IEA“ (en). www.aljazeera.com. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  44. „Data overview“ (en-GB). IEA. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  45. „Policy database – Data & Statistics“ (en-GB). IEA. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  46. „Stated Policies Scenario (STEPS) – Global Energy and Climate Model – Analysis“ (en-GB). IEA. Qaraldi: 2023-yil 25-avgust.
  47. „Announced Pledges Scenario (APS) – Global Energy and Climate Model – Analysis“ (en-GB). IEA. Qaraldi: 2023-yil 25-avgust.
  48. „Net Zero Emissions by 2050 Scenario (NZE) – Global Energy and Climate Model – Analysis“ (en-GB). IEA. Qaraldi: 2023-yil 25-avgust.
  49. 49,0 49,1 „Net Zero by 2050 – Analysis“ (en-GB). IEA (2021-yil may). Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  50. Muttitt, Greg „Beyond 450: Why the IEA's "Climate Scenario" Falls Short“. Oil Change International (2016-yil 6-aprel). 2023-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  51. „Modelling for climate success“. Oil Change International (2016-yil 12-avgust). 2024-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  52. „Perspectives for the energy transition“. OECD/IEA and IRENA (2017). 2020-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  53. Muttitt, Greg „OFF TRACK: The IEA and Climate Change“ (en-US). Oil Change International (2018-yil 5-aprel). Qaraldi: 2019-yil 18-dekabr.
  54. „The Climate Game — Can you reach net zero?“ (en-gb). FT. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  55. „Energy Technology Perspectives – Topics“ (en-GB). IEA. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  56. „Global EV Outlook 2022 – Analysis“ (en-GB). IEA. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  57. „Oil Market Report – Topics“ (en-GB). IEA. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  58. 58,0 58,1 58,2 58,3 58,4 58,5 „Areas of work“ (en-GB). IEA. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  59. „Renewable Energy Market Update – May 2022 – Analysis“ (en-GB). IEA. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  60. „Energy efficiency – Topics“ (en-GB). IEA. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  61. „Energy Efficiency Indicators: Overview – Analysis“ (en-GB). IEA. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  62. „Clean Energy Transitions Programme – Programmes“ (en-GB). IEA. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  63. „Clean Energy Transitions Programme – Programmes and partnerships“ (en-GB). IEA. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  64. 64,0 64,1 „Recommendations of the Global Commission on People-Centred Clean Energy Transitions – Analysis“ (en-GB). IEA. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  65. „Global Commission of government leaders and prominent figures announces key recommendations for putting people at the centre of clean energy transitions – News“ (en-GB). IEA. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  66. „Climate Impacts on Latin American Hydropower – Analysis“ (en-GB). IEA. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  67. „Climate impacts on African hydropower – Climate Impacts on African Hydropower – Analysis“ (en-GB). IEA. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  68. „Climate Impacts on South and Southeast Asian Hydropower – Analysis“ (en-GB). IEA. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  69. „Climate Resilience – Analysis“ (en-GB). IEA. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  70. „Climate Resilience Policy Indicator – Analysis“ (en-GB). IEA. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  71. Felix Creutzig et al.: The underestimated potential of solar energy to mitigate climate change. In: Nature Energy 2, 2017, doi:10.1038/nenergy.2017.140
  72. Auke Hoekstra et al.: Creating Agent-Based Energy Transition Management Models That Can Uncover Profitable Pathways to Climate Change Mitigation. In: Complexity. 2017, doi:10.1155/2017/1967645
  73. Konrad Mertens: Photovoltaik: Lehrbuch zu Grundlagen, Technologie und Praxis. 4. edition, Hanser, (Munich) p. 340.
  74. „Nuclear Institute Login – Register“.
  75. Henning Gloystein. „Renewable energy becoming cost competitive, IEA says“. Reuters (2011-yil 23-noyabr).
  76. Guy Pearse (2009). „Quarry Vision“, Quarterly Essay, Issue 33, p. 93.
  77. 77,0 77,1 „IEA accused of "deliberately" undermining global renewables industry“ (2009-yil 12-yanvar).
  78. „Wind Power in Context – A clean Revolution in the Energy Sector p. 10.“. 2009-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  79. Drum, Kevin (22 May 2017). "In 2002, the IEA Predicted Solar Was Going Nowhere. And in 2003. And 2004. And 2005…". Mother Jones. https://www.motherjones.com/kevin-drum/2017/05/2002-iea-predicted-solar-was-going-nowhere-and-2003-and-2004-and-2005. Qaraldi: 8 March 2021. Xalqaro Energetika Agentligi]]
  80. „International Renewable Energy Agency launches today“ (2009-yil 26-yanvar).
  81. „Underestimating the Contribution of Solar PV Risks Damaging Policy Making“ (en-GB). The Energy Collective (2017-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 9-fevral.
  82. „How the IEA exaggerates the costs and underestimates the growth of solar power“ (en-US). EnergyPost (2014-yil 4-mart). 2018-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-fevral.
  83. Terry Macalister.. „Key oil figures were distorted by US pressure, says whistleblower“ (2009-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2010-yil 23-yanvar.
  84. Terry Macalister.. „Oil: future world shortages are being drastically underplayed, say experts“ (2009-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2010-yil 23-yanvar.
  85. Wachtmeister, Henrik; Henke, Petter; Höök, Mikael (2018). "Oil projections in retrospect: Revisions, accuracy and current uncertainty". Applied Energy 220: 138–153. doi:10.1016/j.apenergy.2018.03.013. 
  86. "Heads in the Sand: Governments Ignore the Oil Supply Crunch and Threaten the Climate" (PDF). Global Witness: 45–47. October 2009. http://www.globalwitness.org/library/heads-sand-governments-ignore-oil-supply-crunch-and-threaten-climate. Qaraldi: 2011-02-19. Xalqaro Energetika Agentligi]]
  87. „The International Energy Agency thinks peak oil use is in sight this decade as the world switches to renewables. What is driving this shift – and what is still standing in the way?“. BBC (2023-yil 27-iyul).
  88. „'Dire Consequences' For Billions: OPEC Blasts IEA's Fossil Fuel Demand Forecast, Warns Of 'Energy Chaos' On Unprecedented Scale“. Yahoo News (2023-yil 18-sentyabr).
  89. „OPEC says IEA estimate of peak fossil fuel demand by 2030 not 'fact-based'“. Reuters (2023-yil 14-sentyabr).
  90. Ambrose, Jillian. „Energy watchdog urged to give free access to government data“. The Guardian (2021-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 10-dekabr.
  91. Ritchie, Hannah (5 October 2021). "Covid's lessons for climate, sustainability and more from our World in Data". Nature 598 (7879): 9. doi:10.1038/d41586-021-02691-4. ISSN 1476-4687. PMID 34611360. https://media.nature.com/original/magazine-assets/d41586-021-02691-4/d41586-021-02691-4.pdf. Qaraldi: 2021-11-10. Xalqaro Energetika Agentligi]] Andoza:Open access
  92. 92,0 92,1 Roser, Max; Ritchie, Hannah „The International Energy Agency publishes the detailed, global energy data we all need, but its funders force it behind paywalls: let's ask them to change it“. Our World in Data (2021-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 8-oktyabr. Andoza:Open access
  93. Schäfer, Malte „Open letter to the International Energy Agency and its member countries: please remove paywalls from global energy data and add appropriate open licenses“. Open Energy Modelling Initiative (2021-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 19-yanvar. Schäfer is the coordinating author. Andoza:Open access
  94. Ritchie, Hannah; Roser, Max (2024-03-04). "The IEA wants to make their data available to the public – now it is on governments of the world's rich countries to make this happen". Our World in Data. https://ourworldindata.org/free-data-iea. 
  95. „World Energy Outlook 2023 Free Dataset - Data product“ (en-GB). IEA. Qaraldi: 2024-yil 17-mart.
  96. Cunningham, Nick „Saudi Oil Minister Tired Of Shale Hype“. Qaraldi: 2018-yil 27-yanvar.

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]