Kontent qismiga oʻtish

Bitumli va qatronli bogʻlovchilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bitum mahsuloti

Organik boglovchi moddalardan kurilish materiali sifatida foydalanish qadim zamonlardan boshlangan. Masalan, misrliklar minora, don omborlari va boshqa inshootlarni qurishda, devor toshlarini bir-biriga biriktirish uchun tabiiy bitumlarning kum bilan aralashtirilgan qorishmalaridan foydalanganlar. Ohak, gips singari bogʻlovchilar topilgandan soʻng, organik bogʻlovchilarni ishlatilishi bir muncha sekinlashgan. Keyinchalik, XIX asrning oʻrtalariga kelib, organik boglovchilar yul kurilishida kullana boshlandi.

Respublikamizda organik boglovchilarni kurilishda ishlatilish davrining boshlanishi 1930-1932 yillarga toʻgʻri keladi. Bu davrda maxalliy neftni kayta ishlash zavodlari ishga tushirilishi bilan neft bitumlari koʻplab ishlab chikarila boshlandi va ular asosida olinadigan materiallarning turlari ham koʻpaydi. Hozirgi vaktda Fargona, Buxoro va Oltiariqdagi neftni kayta ishlash zavodlaridan chikayotgan bitumlar Respublikamizning bitumli materiallarga bulgan extiyojlarini tula kondira oladi.

Bitumli va qatronli bogʻlovchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bitumli va katronli boglovchilar organik bogʻlovchilar guruxiga mansub bulib, yuqori malekulyar uglevodorodlardan va ularning nometall xossalaridan tashkil topgan. Ular isitilganda yumshash va sovutilganda kovushkok kattik xolga kelish xususiyatiga egadirlar. Bu bogʻlovchilar asosida asfaltbetonlar va qorishmalar, tombop oʻrama va gidroizolyatsiya materiallari, mastikalar, pastalar, emulsiyalar, loklar singari kuplab kurilish materiallari va buyumlari ishlab chikariladi.

Tabiiy bitumlar yer yuzasiga chikib qolgan neftlarning tarkibidagi yengil moddalarni (benzin, kerosin va x. k.) atmosfera taʼsirida buglanib ketishi va havodagi kislorod va kuyosh nuri taʼsirida oksidlanishi polimerlanishi natijasida hosil boʻlgan. Ular odatda togʻ jinslariga shimilgan xolda uchraydi. Bu jinslarni tabiiy asfaltlar deyiladi. Bitumni bu togʻ jinslaridan ajratib olish uchun ularni issik suv kuyilgan qozonlarda qaynatiladi. Natijada bitum erib suv betida kalkib ajralib chikadi va uni maxsus tindirgichlarda ajratib olinadi. Qolgan tog jinsini esa asfalt kilishda ishlatiladi.

Neft bitumlari- neftni qayta ishlashda hosil boʻladigan koldik mahsulot boʻlib, olinish usuliga karab koldik bitum, oksidlangan bitum va krekinglangan bitum turlariga boʻlinadi.

Qoldik bitumlar(gudron) xaydash yoʻli bilan neftdan benzin, kerosin va moylarning bir kismini ajratib olishdan keyin xosil buladi. Normal temperaturada ular kattik moddadan iborat.

Oksidlangan neft koldiklari orkali havo puflab oʻtkazib olinadi, ular bunda kislorod taʼsiri ostida oksidlanadi va zichlanadi.

Kreking bitumlar esa neft va neft moylarining yuqori temperaturada (krekinglashda) parchalanish mahsulotidir.[1]

Asfalt qorishmasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asfalt korishmasi asfalt bogʻlovchi va qumdan tashkil topgan aralashmani 160-180°S gacha isitilgan holatda, maxsus korgichlarda sinchiklab aralashtirish orqali olinadi. Asfaltli boglovchi xosil kilish uchun esa neft bitumini mineral kukunlar bilan aralashtirib tayyorlanadi. Qumning mayda-yirikligiga qarab asfalt Qorishmalarda bitum mikdori 9-11 % atrofida boʻladi.

Asfalt beton – yirik tuldiruvchi (shagʻal yoki chaqiqtosh), kum, mineral kukun va bitumni obdan aralashtirib zichlangan suʼniy yaxlit materialdir. Asfaltbetondagi bitumning umumiy mikdori 6-12 % buladi; Ishlatilishiga koʻra, asfaltbetonlar issik (issiq holatda joylanadigan), sovuq (isitilmasdan joylanadigani) va ilik (bir oz isitib joylanadigan) xillarga boʻlinadi.

Tombop, gidroizolyatsiya va zichlovchi materiallar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tomga yopiladigan bitumli materiallar Ruberoid – koplamali tombop material. Uni tayyorlash uchun maxsus kartonga avval yumshash temperaturasi kamida 40ºS boʻlgan yumshoq bitum shimdiriladi, keyin 90°Sda yumshaydigan qattiq bitum eritmasi uning sirtiga yupka kilib koplanadi, bitum kotmasdan turib, ikki tomonga mayda keltirilib tuyilgan talk ëki slyuda sepiladi. Ruberoid sirtiga sepiladigan kukun mineral moddalar, uning issikka hamda atmosfera taʼsiriga chidamliligini oshiradi. Vazifasiga qarab ruberoid tomga yopiladigan(tom gilamining ustki qatlamini kilish uchun) va ostkuyma (pastki qatlamlarni qilish va qurilish konstruksiyalarini gidroizolyatsiyalash uchun) ruberoidlarga boʻlinadi. Ruberoidning toʻrtta markasi chikariladi: RKK-500A, RKK-500B va V, RKM-350B va V, RPM va RPP-300A, B va V, RKCH-350B va V Ruberoid markasidagi <R> harfi – ruberoid. <<P harfi yopiladigan, „K“ va „Ch“ harflari sepma turini, yaʼni yirik donali (krupnozernistiy), tangasimon (cheshuychatiy) donali ekanligini bildiradi; sonlar esa 1m² kartonning massasini (g) ifodalaydi.

Pergamin – neftbitumlari shimdirilgan koplamasiz tombop karton.

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pergamin ishlashda yumshok (yumshash temperaturasi "halqa va shar boʻyicha kamida 40ºS boʻlgan) bitumlar qoʻllanadi. Hozir zni 750, 1000 va 1025 mm gacha boʻlgan P-350 markali pergamin ishlab chiqariladi. U tom qatlamini ishlashda, koplamali oʻrama material (ruberoid) ostiga issik mastika yotqizishda, shuningdek, bug hamda havodagi namlikdan muhofaza qilishda ishlatiladi.

Tomga yopiladigan qatronli materiallar tombop karton kogozini toshkoʻmir yoki slanes katronlari bilan shimdirish va yuzalariga surkash, bir yoki ikkala yuzasiga mineral uvoklar sepib yoki sepmasdan tayyorlanadi. Bu materiallarni tollar deb ataladi. Yuzalariga sepiladigan mineral uvoklarning turiga va kullaniladigan sohasiga qarab tollar kuyidagi xillarga boʻlinadi.

  1. Qurilish mahsulotlari va ularning qoʻllanish texnikasi. Muallif: B. Asqarov . Toshkent – 2009-yil.