Kontent qismiga oʻtish

Boʻri Safarova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boʻri Safarova
Tavalludi 1906-yil
Vafoti Nomaʼlum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Qishloq xo'jaligi xodimi, paxtakor
Unvoni
Mukofotlari

Boʻri Safarova (1906-yil, Dam qishlogʻi, Chiroqchi tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1958), KPSS a'zosi (1958)[1].

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1906-yili Chiroqchi tumani Dam qishlogʻida tavallud topgan. 1929—1950-yillari Chiroqchi tumanidagi Oxunboboyev nomli kolxozda kolxozchi, 1950—1964-yillarda shu kolxozning brigada boshligʻi vazifasida ishlagan. Boʻri Safarova boshchiligida brigadada 105 gektar maydonning har bir gektaridan 47 sentner (1957) paxta yetishtirilgan. 1955—1959-yillarda 4-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati etib saylangan. 1965-yilda pensiyaga chiqqan.

  1. OʻzSE 1977, s. 549
  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, IX tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1977 — 656-bet.