Boʻzshoʻra
Qiyofa
BOʻZSHOʻRA (Halogeton glomeratus (Bieb.) S.A. Meu.) — shoʻradoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik. Boʻyi 10—40 sm, sershox. Bargi kulrang, kalta, etdor, uchi uzun dagʻal tukli. Gullari mayda, toʻptoʻp boʻlib barg qoʻltigʻiga joylashgan. Bo'zsho'ra choʻlda, shoʻrxok yerlarda zich oʻsadi. May oyida gullab, sentabrda, mevasi yetiladi. B. bargida oksalat kislotaning kaliy va natriyli tuzlari koʻp boʻlganidan qoʻylar zaharlanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |