Kontent qismiga oʻtish

Boshqirdlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Boshqirlardan yoʻnaltirildi)
Boshqirdlar
Башҡорттар
[[Fayl:|300px]]
Umumiy aholi soni

2 millionga yaqin

Katta aholiga ega mintaqalar
 Rossiya: 1,673,389 [1]
 Qozogʻiston 17,263 [2]
 Ukraina 4,253 [3]
 Oʻzbekiston 3,707 [4]
Tillar
Boshqird tili
Rus tili
Dinlar
Islom
Qarindosh etnik guruhlar
Tatarlar

Boshqirdlar (boshqirdcha: башҡорттар) (oʻzlarini bashkort deb ataydilar) — Rossiya Federatsiyasidagi turkiy xalq. Boshqirdistonning asosiy aholisi (864 ming). Rossiya Federatsiyasida jami 1,35 mln. (1992). Markaziy Osiyo respublikalarida ham yashaydilar. Yevropeoid irqiga mansub. B.ning ajdodlari Ural togʻining janubiy rayonlarida qad. davrdan yashab kelgan. 4-asrda hunnlarning katta bir qismi hozirgi Boshqirdistonning janubiy rayonlariga oʻrnashib, yerlik xalqlar bilan aralashib ketgan. 8— 10alarda Volga va Ural daryolari oraligʻida yashagan bir qancha urugʻqabilalar (buzan, tangaur, usergan va boshqalar) ham keyinchalik B. tarkibiga kirgan. 9—15-asrlar mobaynida qipchoqlar, Volga bulgʻorlari, majorlar va noʻtylarttt bir qismi Boshqirdiston yerlariga oʻrnashib, B. bilan aralashib ketgan. B.ning elat boʻlib shakllanish jarayoni 16-asrda tugaydi. 16—19-asrlarda Boshqirdistonning gʻarbiy rayonlariga Volga boʻylaridan Kozon tatarlari, misharlarning katta bir qismi va qisman marilar, udmurdlar kelib yerlik B. bilan aralashib, ularga singib ketgan. B. oʻtmishda chorvachilik (yilqichilik, qoʻychilik) va dehqonchilik bilan shugʻullangan. Boshkird tilida gaplashadi. B. islom dinining sunniy mazhabiga eʼtiqod qiladilar.[5]

Boshqird — Boshqirdiston Respublikasining tub aholisi, turkiyzabon xalqlarning biri hisoblanadi. Ularning koʻpchiligi Rossiyada, oz qismi esa Markaziy Osiyo ( Fargona vodiyda Andijan vil. Qo'rgon-tepa tumani Dardoq qishlogida yashaydi. Qandi (qanli) istiqomat qilishadilar. Umumiy aholi soni 2 millionga yaqin. Boshqirdlarning tili Turkiy tilining qipchoq butogʻiga kiradi. Oz qismi Rus tili va Tatar tillarida ham gaplashadilar. Alifbosi Kirillitsaga asoslangan. Boshqirdlar etnik shakllanishi VII—X-asrlardagi har turli turkiy qabilalarining (usergen, boylar, surash, mangg'ovur, jag'albayli, tama, beshvul, kedey, tabin, ming, kerey, qangli, arg'in, v.b.) turtki boʻldi. XI—XIII-asrlarda hozirgi boshqird erida yashashgan, Edil va Madiyor qabilalariga qipchoqlarning taʼsiri kuchayib, qadimgi boshqird etnosining qipchoqlanishini tezlashtirdi. Botuning harbiy yurushlari, boshqurt eriga Qipchoq qabilasidan aholining koʻplab koʻchib kelishi, boshqirdlarning qipchoqlanishini undan ham jadallatdi. Qipchoq davri boshqird xalqining shakllanishining (XV—XVI-asrlar) boshlanishi boʻlib hisoblanadi XVI-asrning oʻrtasida Boshqirdlar Rossiya imperiyasining tarkibiga kirdi. Boshqirdlar harbiy hizmatga, oltin kon joylarida ishlashdi. Rossiya imperiyasining tarkibiga kirmasdan oldin, Boshqirdlar asosan koʻchmanchi mol chorvachiligi bilan shugʻullanib, ov qilsa, XVII—XIX-asrlarda dehqonchilik bilan shugʻullanib, oʻtroqlikka koʻchdilar. Tili va madaniyati, tatarlarga yaqin boʻlgani bilan, milliy urf-odatlari qozoqlarga oʻxshashligi koʻp.

  1. [1] (2002 census) (Ruscha)
  2. [2] (2009 census) (Ruscha)
  3. [3] (2001 census)
  4. [4] (2000 census) (Ruscha)
  5. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil