Kontent qismiga oʻtish

Bossa nova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bossa nova
Uslubiy ildizlari: Amerika jazzi va Braziliya sambasi
Madaniy ildizlari: 1950-larda Rio de Janeyro qirgʻoqlarida
Xos cholgʻu asboblari: Gitara (shuningdek, pianino va fleyta)
Mashhurligi:Braziliya, AQSh, Yevropa hamda Yaponiyada.
Ostjanrlari
MPB - Tropicalia
Aloqador mavzular
Bossa Nova (raqs)

Bossa nova – Braziliya musiqasidagi uslublardan biri boʻlib, João Gilberto tomonidan ilk marotaba Braziliyada Gilbertoning „Chega de Saudade“ qoʻshigʻi bilan 1958-yil havola etildi. Bastakor – Antonio Carlos Jobim, u dastlab singl holida chiqib, qisqa vaqt ichida qoʻshiqning nomini olgan Gilbertoning yangi albomida chiqdi (1959-yil).

João Gilberto uning „guru“si deb tan olinib, bossa-nova tez orada juda katta miqdorda oʻz muxlislarini orttirdi. Dastlabki muxlislarning koʻpchiligi yosh musiqachilar, studentlar va yosh fanatlardan iborat edi. Keyinchalik har-xil yoshdagi, turli-tuman hayotlarga ega boʻlgan odamlar ham ushbu stilning ixlosmandlariga aylanishdi.

Kelib chiqishi va tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musiqaning kelib chiqishi sambadan, lekin u garmonik nisbatidan murakkabroq va kamroq perkussiv. Cool jazz kabi Shimoliy Amerrikaning jazz stillarining bossa-novaga boʻlgan taʼsiri haqida tarixshunos va fanatlar tomonidan tez-tez tortishuvlar boʻlib turadi, lekin bir biriga oʻxshash „ajoyib hissiyotlar“ („cool sensibility“) sezilib turadi.

Gilbertoning dastlabki chiqishlari va 1959-yil suratga olingan Qora Orfey filmi bossa-novani nafaqat Braziliya yoki Lotin Amerikasinig boshqa mamlakatlariga, balki Shimoliy Amerikaning jazz musiqachilari bilan koʻrishgandan soʻng u yerda xam juda koʻp muxlislarni oʻziga shay etdi. Natijada Charlie Byrd va Stan Getz tomonidan yozilgan navolar uni u yerga muhrlab qoʻydi va 1963-yildagi Getz/Gilberto, Ella Fitzgerald (Ella Abraça Jobim) va Frank Sinatra (Francis Albert Sinatra & Antonio Carlos Jobim) albomlari bilan bossa-nova butun dunyoga yoyilib oʻz mashxurligining choʻqqisiga yetdi. Shu bilan birga, ushbu stil koʻplab yillar davomida va jumladan xozirgi vaqtda ham jahon musiqa sanʼatiga oʻz taʼsirini oʻtkazmoqda.

Bossa-novaning mashxurligi 1960-chi yillarning oxirlarida bir oz susaygan boʻlishiga qaramasdan, u kelgusi davr Braziliya ommabop musiqa stillari, jumladan tropicália va MPB kabilarga juda kuchli taʼsir oʻtkazdi.

Cholgʻu asboblari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bossa-nova aksariyat hollarda neylon torli klassik gitara vositasida, barmoqlar bilan torlarni chertgan xolda chalinadi. Uning eng toza shakli João Gilberto koʻrsatib bergani kabi ovoz bilan kuylanmagan holdagisi hisoblanadi. Hatto katta jazzga oʻxshash aranjirovkalarda ham hamisha gitara – ritmni belgilaydigan asosiy vosita boʻlib qoladi.

Garchi, gitara kabi boʻrtib chiqmasada, pianino – bossa-novaning yana bir asosiy cholgʻu asbobidir. Jobim pianino uchun bastalab, oʻzinig koʻpgina qoʻshiqlarida pianino chalgan. Bundan rashqari, pianino bossa-nova va jazz kabi ikki stil orasida oʻziga hos koʻprik rolini oʻtagan. Bu hol ikkala stilning ham bir-biriga aralashib ketishiga sharoit yaratgan.

Barabanlar va perkussiya bossa-novaning muhim asboblari deb xisoblanmaydilar. Bunga qaramasdan, bossa-novadagi barabanlarlar ritmlari oʻziga hos va boshqa stillarga oʻxshamaydi.

Drums and percussion are not considered essential bossa nova instruments. Nonetheless, there is a distinctive bossa nova drumming style, characterized by continuous eighths on the high-hat (mimicking the samba tambourine) and tapping of the rim.

Serhasham orkestr akkompanimenti koʻp hollarda bossa-novaning Shimoliy Amerika koʻrinishidagi „elevator“ yoki „holl“ musiqasi timsolida koʻrinadi. Bunday musiqa Jobimning koʻpgina albomlarida uchrasa ham, boshqa joylarda kamdan kam uchraydi.

Bu yerda bossa-nova ritmining gitarada chalinadigan asosiy shakli koʻrsatilgan:

Garmonik tuzulishi jixatidan bossa-nova oʻzining nozik yettinchi va uzaytirilgan torlarining ishlarilishi bilan jazz orasida juda koʻp umumiyliklarga xos. Dastlabki bossa nova qoʻshigʻi „Chega de Saudade“ oʻz tusulishi bilan choroga oʻxshaydi. Lekin undan keyingi qoʻshiqlarda bu oʻxshashlik kamdan-kam kuzatiladi.

Avvalgi bossa nova qoʻshiqlari, lirikasi va uzunligi (asosan ikkidan toʻrt daqiqagacha) jixatidan, bossa nova „ommabop musiqa“ stiliga oʻxshaydi. Lekigin, uning tipik tuzilishi Yevropa va Shimoliy Amerikadagi rokka asoslangan musiqa standartlaridan biroz farqlanadi. Odatda ularda qoʻshiq ikki kupletdan iborat boʻlib, ulardan soʻng naqorat va tugallovchi kuplet keladi; bossa novada esa, qoʻshiqlar ikki kupletdan koʻp boʻlmaydi va kamdan-kam holatlarda naqorat ishlariladi. João Gilbertoning baʼzi dastlabki qoʻshiqlari ikki daqiqadan kam boʻlgan, baʼzi hollarda esa qoʻshiq yagona qofiyali juftlikni takrorlash bilan kuylangan.

"Bossa nova" atamasining kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bossa nova – „yangi bossa“ degani. Holbuki, „bossa“ soʻzi, „Chega De Saudade“ qoʻshigʻi chiqishidan oldin ham koʻpgina musiqachilar tomonidan qoʻllangan. Braziliyada, kimdir nimanidir „bossa“ bilan bajarsa (com bossa), usha „nimanidir“ juda jozibador ravishda bajargan maʼnosini beradi. 1932-yilda Noel Rosa ushbu soʻzni sambada ishlatadi… O samba, a prontidão e outras bossas/São nossas coisas, são coisas nossas

Bossa nova musiqachilari roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bossa nova bilan bogʻliq boshqa musiqachilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • McGowan, Chris and Pessanha, Ricardo. „Braziliya Navosi: Samba, Bossa Nova va Braziliya Ommabop Musiqasi.“ 1998. 2-chi bosim. Temple Universitteti Bosmaxonasi. ISBN 1-56639-545-3