Kontent qismiga oʻtish

Rio-de-Janeyro

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rio de Janeyrodan yoʻnaltirildi)
Rio-de-Janeyro
Bayrogʻi Gerbi
Joylashishi
Tashkil qilinishi 1-mart, 1565
Shtat Rio-de-Janeyro shtati
Aholi
Zichlik
6,323,037
4,781 kishi/km²
Ona tillari Portugalcha
Shahar hokimi Marcelo Crivella
Web sayti www.rio.rj.gov.br

Rio-de-Janeyro (mahalliy toʻliq nomi: São Sebastião do Rio de Janeiro, talaffuzi: San Sebastyanu du Hiu de Janeyru[1]; tarjimasi: yanvar daryosi) yoki qisqacha Rio[2] Rio-de-Janeyro shtatining poytaxti boʻlib, Braziliyaning ikkinchi, Janubiy Amerikaning uchinchi,[3][4] dunyoning 26-chi eng katta shahridir.[5]

Rio deyarli ikki asr Braziliyaning poytaxti boʻlgan: 1763—1815-yillarda portugal mustamlakasi paytida, 1815—1821-yillarda Portugaliya, Braziliya va Algarves Birlashgan Qirolligi paytida hamda 1822—1960-yillarda mustaqil Braziliyada. Shaharga Cidade Maravilhosa ("Ajabtovur Shahar") degan laqab qoʻyilgan.

Rio-de-Janeyro — Braziliyaning jan.sharqiy qismidagi shahar, Atlantika okeanining Guanabara buxtasining gʻarbiy sohilida. RiodeJaneyro shtatining maʼmuriy markazi. Iqlimi tropik iklim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 26°, iyulniki 2G. Yillik yogʻin 1000 mm dan ortiq. Aholisi 5,85 mln. kishi (2000). Atrofidagi shaharlar bilan Katta Rio-de-Janeyro aglomeratsiyasini tashkil qiladi. Shaharga bu yerga ilk bor 1502-yil 1 yanvda kelgan portugallar tomonidan 1565-yilda asos solingan va Rio-de-Janeyro — Yanvar daryosi deb atalgan. Sababi ular Guanabara buxtasini nomaʼlum daryoning kuyilish joyi deb hisoblaganlar. 1531-yilda bu yerda fort qurilgan. Uzoq mudsat kichikroq qishloq boʻlgan. 17-asr oxiridan shahar tez oʻsa boshladi. 18-asr oʻrtalarigacha Janubiy Amerikaning qul savdosi markazi edi. 1763-yildan Portugaliya mustamlakasi boʻlgan Braziliya vitsekirolligi, 1822—89 yillarda Braziliya imperiyasi, 1889 — 1960-yillarda Braziliya Federativ respublikasi poytaxti. Rio-de-Janeyro — mamlakatning yirik tashqi savdo portlaridan. Chetga kofe, shakarqand, teri, qimmatbaho yogʻoch, ruda, paxta, meva chiqariladi, chetdan kumir, neft, sement, mashinalar keltiriladi. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Muhim temir yoʻl va avtomobil yoʻllari shaharni sohilboʻyi va ichki rnlar bilan bogʻlaydi. Rio-de-Janeyro — iqtisodiy ahamiyati boʻyicha mamlakatning SanPaulu shahridan keyin 2oʻrindagi savdo-sanoat markazi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: oziqovqat, farmatsevtika, toʻqimachilik, kimyo, metallurgiya, poligrafiya, elektrotexnika, mashinasozlik sanoatlari. Neft kimyosi, kemasozlik rivojlangan. Yogochsozlik, mebel, koʻnpoyabzal, rezinatexnika, tikuvchilik, zargarlik buyumlari i.ch. korxonalari bor. Rio-de-Janeyro mamlakatning yirik madaniy markazlaridan. Braziliya fanlar akademiyasi, Braziliya filologiya akademiyasi, Tibbiyot milliy akademiyasi, 6 unt, milliy kutubxona, rasadxona, teatrlar, muzeylar: milliy, nafis sanʼat, tarix, Braziliya geografiyasi va boshqa, botanika va hayvonot boglari bor. Meʼmoriy yodgorliklardan sobor, ratusha, cherkov, ibodatxona, saroylar saqlangan. Sohil boʻyida zamonaviy uslubda qurilgan otel va pansionat koʻp. Shaharda dunyoda eng katta Marakanya stadioni kurilgan[6].

  1. Larousse Concise Dictionary: Portuguese-English, 2008
  2. Rio de Janeiro Travel Guide, 2015-06-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2011-04-08
  3. R.L. Forstall, R.P. Greene, and J.B. Pick, "Which are the largest? Why published populations for major world urban areas vary so greatly" (Wayback Machine saytida 2010-05-31 sanasida arxivlangan), City Futures Conference, (University of Illinois at Chicago, July 2004) – Table 5 (p.34)
  4. City Population agglomeration list. City Population. Retrieved 30-iyul 2009-yil.
  5. Rio 2016[sayt ishlamaydi]
  6. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil