Kontent qismiga oʻtish

Bounty

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bounty
Mahsulot turi shokolad bari
Egasi Mars
Mamlakat Birlashgan Qirollik va Kanada
Ishlab chiqariladi 1951 (73 yil avval) (1951)
Shior „The taste of paradise“

Bounty (talaffuzi: Baunti; inglizchadan „bounty“ – „saxiylik“) – Amerikaning Mars kompaniyasi tomonidan Yevropa, Okeaniya va Yaqin Sharq mamlakatlarida ishlab chiqariluvchi shokolad bilan qoplangan kokos magʻzli konfet.

Ikki xil – sutli va qora shokolad bilan ishlab chiqariladi. Sutli batoncha havo rangli, qora shokoladlisi esa qizil-jigarrang oʻramda boʻladi. 2007-yildan beri qora shokoladli batonchalar postsovet hududida sotilishni toʻxtatgan, ammo 2011-yilda ular yana sotuvga chiqqan. Mango va ananas taʼmiga ega xillari mavjud.

Mahsulot reklama roliklari tropik orolda, koʻpincha Tailandning Koh Samui oroli fonida suratga olinadi. Reklama shiori: „Bounty – samoviy zavq“, tom maʼnoda ingliz tilidan tarjima qilganda: „Jannat taʼmi“ („The taste of Paradise“) maʼnosini anglatadi.

1990-yillarning oʻrtalaridan beri Bounty shokolad barlari Amerika Qoʻshma Shtatlarida ishlab chiqarilmaydi, lekin Yevropadan import qilinadi.

2021-yil 5-oktabrda Mars xomashyo yetkazib berishdagi qiyinchiliklar tufayli xaridorlarni Bounty shokolad barlarini yetkazib berishni cheklash haqida ogohlantiradi. Ushbu muammolar kokos yongʻogʻi yoʻqligi tufayli 2022–yilgacha davom etishi mumkinligi aytiladi[1].

Yaroqlilik muddati: ishlab chiqarilgan kundan boshlab taxminan 7 oy, mahsulot +5 °C dan +22 °C gacha boʻlgan haroratda 70% dan ortiq boʻlmagan nisbiy namlikda saqlashni talab qiladi. Tarkibi: quritilgan kokos magʻzi, shakar, glyukoza siropi, emulsifikator (glitserin monostearat), namlik regulyatori (glitserin), tuz, vanilin. Shokolad tarkibi: shakar, kakao moyi, sut kukuni, kakao massasi, laktoza, sut yogʻi, emulsifikator (lesitin), vanilin, yogʻsiz sut kukuni. Shokoladdagi trans yogʻlar 1% dan oshmaydi.

  1. „С кокоса не снимается стружка“ (ru). www.kommersant.ru (2021-yil 5-oktyabr). 2021-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-oktyabr.