Kontent qismiga oʻtish

Burganli madaniyati

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Burganli madaniyati — soʻnggi jez va ilk temir davrlari (miloddan avvalgi 1 min g yillik boshi —64-asrlar)ga oid arxeologik madaniyat. Toshkent yaqinidagi Burgashshsoy sohilidan topilgan manzilgoh nomi bilan atalgan. Toshkent viloyatidagi Ohangaron daryosining irmoqlari hamda Joʻn va Salor kanallarining shoxobchalari havzalarida tarqalgan. Burganli madaniyati ga oid dastlabki yodgorliklar 1934-yil arxeolog G. V. Grigoryev tomonidan Qovunchitepaning ostki qatlamlaridan topilgan. 1940-yil A. I. Terenojkin Burganlisoyda olib borgan qazish ishlaridan soʻng Burganli madaniyati alohida mustaqil madaniyat ekanligini aniqlagan. Burganli madaniyati qadimda Toshkent regionida yashab, koʻchmanchi chorvachilikdan oʻtroq dehqonchilikka oʻtgan aholi madaniyati hisoblanadi. Bu madaniyatga oid eng yirik manzilgoh Ohangaron daryosi boʻyida boʻlib, u xom gʻishtdan qurilgan mustahkam mudofaa devori va xandaq bilan oʻralgan. Undagi yarim yertoʻlalar kvadrat, toʻgʻri toʻrtburchak va tuxumsimon shaklda boʻlib, eshigi daryo tomon qaragan. Ular ichidan oʻchoqlar, turli sopol idish boʻlaklari va hayvonlar suyagi bilan toʻla oʻralar topilgan. Bu davr aholisi xoʻjaligida chorvachilik bilan bir qatorda, dehqonchilik ham muhim rol oʻynagan (manzilgohlardan koʻplab jez oʻroq, tosh omoch va yorgʻuchoqlar chiqqan), ov va baliqchilik esa ikkinchi darajali ahamiyatga ega boʻlgan. Bu davr hunarmandchnligi (kulolchilik, temirchilik, toʻquvchilik va boshqalar) ancha sodda. Sopol idishlar, asosan qoʻlda yasalib, sirtiga qizil rang berilgan va baʼzi geometrik shakllar ham chizilgan. Ayrim idishlar ichki qismida dagʻal jun mato izi saqlanib qolganligi ularning mato qoliplarda tayyorlanganligini koʻrsatadi. Paykon, xanjar, pichoq, taqinchoq, ustara, bigiz, qoshiq, bel kabi jang va mehnat qurollari, uyroʻzgʻor, zebziynat buyumlari ham jezdan yasalgan. Burganli madaniyati yodgorliklari Fargʻona vodiysidagi Chust madaniyati, Surxondaryodagi Kuchuktepa, Mirshodi, Bandixon, Jarqoʻton, Jan. Turkmanistondagi Yoztepa va Shim. Afgʻonistondagi Tilyaatepa yodgorliklariga koʻp jihatdan oʻxshashdir. A. A. Asqarov va M. Filanovich Shosh moddiy madaniyat tarixini Shoshtepa materiallari asosida 2 bosqich — Burganli madaniyati ning tugallanish bosqichi (miloddan avvalgi 6—4-asrlar) va Burganli madaniyati ningQovunchi madaniyatiga oʻtish bosqichi (miloddan avvalgi Z2-asrlar) ga ajratadi.

Ad..Buryakov Yu. F., Qosimov M. R., Rostovsev O. M., Toshkent oblastining arxeologik yodgorliklari, T., 1975; Buryakov Yu. F., Genezis i etapi razvitiya gorodskoy kulturi Tashkentskogo oazisa, T., 1982; Duke X. I., Tuyabuguzskiye poseleniya Burgulyukskoy kulturi, T., 1982.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil