Kontent qismiga oʻtish

Burgas aeroporti

Koordinatalari: 42°34′13″N 027°30′55″E / 42.57028°N 27.51528°E / 42.57028; 27.51528
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Burgas aeroporti
Летище Бургас
IATA kodi: BOJICAO kodi: LBBG
Qisqacha bayon
Aeroport turi Fuqarolik
Egasi Davlat mulki
Operator Fraport Twin Star Airport Management AD
Xizmat doirasi Burgas
Joylashuvi Burgas, Bolgariya
Ochilgan 27-iyun, 1937-yil(1937-06-27)
Havo yoʻli tuguni
Dengiz sathidan balandligi 41 m / 135 ft
Koordinatalari 42°34′13″N 027°30′55″E / 42.57028°N 27.51528°E / 42.57028; 27.51528
Vebsayti burgas-airport.bg
Xarita
BOJ (Bolgariya)
BOJ
Aeroportning Bolgariya xaritasidagi joylashuvi
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
04/22 3 200 10 500 Beton
Maʻlumotlar (2023)
Yoʻlovchilar soni 1,848,169
Yoʻlovchilar sonining oʻzgarishi 22-23 12,4%
Parvozlar soni 13,174
Parvozlar sonining oʻzgarishi 22-23 7,2%

Burgas aeroporti (IATA: BOJICAO: LBBG) (bolgarcha: Летище Бургас) – Bolgariyaning janubi-sharqidagi xalqaro aeroport va mamlakatning ikkinchi eng yirik havo bandargohi. Shimoldagi Sarafovo mahallasi yaqinida, shahar markazidan taxminan 10 km uzoqlikda joylashgan. Aeroport, asosan, Burgas shahri va yozgi dam olish mavsumida koʻplab sayyohlarni jalb qiladigan Bolgariya janubidagi qirgʻoqboʻyi kurortlariga xizmat koʻrsatadi[1].

Dastlabki davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1937-yil 27-iyunda fransuzlarning CIDNA kompaniyasi (hozirda Air France tarkibida) Burgas aeroporti hududida radio stansiya qurish uchun tanladi va undan foydalanish boʻyicha Bolgariya hukumati bilan shartnoma imzoladi. Shartnomada Burgas aeroporti xodimlari bolgar boʻlishi aniq koʻrsatilgan edi[manba kerak].

1947-yil 29-iyunda Balkan Bulgarian Airlines Junkers Ju 52/3m samolyotida Burgas, Plovdiv va Sofiya oʻrtasida mahalliy reyslarni yoʻlga qoʻydi. 1950- va 1960-yillarda aeroport beton uchish-qoʻnish yoʻlagi qurish orqali kengaytirildi va modernizatsiya qilindi. 1970-yilda 45 ta yoʻnalishga xizmat qiluvchi xalqaro aeroportga aylandi.

2000-yillardan keyingi rivojlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bolgariyada turizm sektori oʻsishi Burgas aeroportida jiddiy tirbandlikni yuzaga keltirdi va muntazam yoʻlovchi tashishni kengaytirish va boshqarish uchun katta investitsiyalarga muhtoj boʻldi. 2006-yil iyunda Bolgariya hukumati Fraport AG Frankfurt Airport Services Worldwide kompaniyasiga 500 million yevrodan ortiq investitsiyalar evaziga Varna va Burgas aeroportlaridan 35 yil muddatga foydalanish imtiyozini berdi[2].

Fraport Varnada joylashgan BM Star kompaniyasi bilan hamkorlikka kirdi. Konsessioner kelishuv muddati davomida ikki aeroportga 403 million yevro kiritishga vaʼda berdi. Fraport 35 yillik konsessiya davomida 403 million yevro sarmoyaning 60 foizini toʻlaydi. Investitsiyalar konsessiya muddati davomida yangi terminal inshootlari, transport vositalari va jihozlariga hamda aeroportlarda perron maydonlarini kengaytirishga yoʻnaltiriladi[3].

Burgas aeroportining havodan koʻrinishi

2011-yil dekabrda 2-terminal qurilishi boshlandi. Yangi terminal 2 700 000 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish quvvatiga ega boʻlishi va 20 000 metr kvadrat maydonni egallashi rejalashtirilgan edi. Terminal binosi zarur boʻlganda quvvatini oshirish imkoniyatiga ega qilib loyihalashtirilgan. Qurilish ishlari 2013-yilda yakunlandi va oʻsha yilning dekabridan beri faoliyat yuritib kelmoqda.

2-terminal 1950-yillarda qurilgan va 1990-yillar boshlarida kengaytirilgan eskiroq 1-terminalni almashtirdi va hozirda barcha yoʻlovchilar oqimi yangi terminaldan oʻtmoqda. Terminal 31 ta roʻyxatga olish punkti, uchta bortga chiqish talonini nazorat qilish punkti, toʻqqizta xavfsizlik yoʻlaklari va sakkizta uchib ketish darvozalari bilan jihozlangan. Uchib kelish zonasida (Shengen va Shengen boʻlmagan zonalarga boʻlingan) 12 ta immigratsiya stansiyasi va toʻrtta bagaj karuseli (bittasining uzunligi 120 metr (390 ft) va uchtasiniki esa 70 metr (230 ft) dan) mavjud. Yoʻlovchilar uchun qulayliklar orasida xarid qilish uchun 800 square metre (8,600 kv ft) maydon hamda oziq-ovqat va ichimliklar (F&B) xizmatlari uchun 1,220 square metre (13,100 kv ft) mavjud. Shuningdek, 550 square metre (5,900 kv ft) ochiq hovli ham bor[4].

Uchish-qoʻnish yoʻlagi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uchish-qoʻnish yoʻlagining uzunligi 3,200 metr (10,500 ft)[5].

2016-yil 31-oktyabrda Burgas aeroportida taksi yoʻllarini rekonstruksiya qilish va reabilitatsiya qilish boshlandi. Loyiha 3500 kvadrat metr „H“ taksi yoʻlagini toʻliq reabilitatsiya qilishni, „A“ taksi yoʻlagini, shuningdek, uchish-qoʻnish yoʻlagini ushlab turish punktiga tutash hududni toʻliq reabilitatsiya qilishni oʻz ichiga oladi. Aerodrom yoritgichlari va yondosh yorugʻlik uskunalarini boshqarish va monitoring qilish tizimi almashtiriladi. Fraport Twin Star Airport Management kompaniyasining ushbu loyihalarga jami sarmoyasi 12 million levdan dan ortiq[6].

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi aviakompaniyalar Burgas aeroportiga muntazam va charter reyslarini amalga oshiradi[7]:

Aviakompaniya Manzillar
Aer Lingus Mavsumiy: Republic of IrelandDublin
airBaltic Mavsumiy: Riga[8], Tallin[9]
Avion Express Mavsumiy charter: Vilnyus
BH Air Mavsumiy charter: Republic of IrelandAberdin, Amsterdam, Shimoliy IrlandiyaBelfast–Xalqaro, DaniyaBillund, BelgiyaBrussel, AngliyaEast Midlands, ShotlandiyaEdinburg, Glazgo, ShvetsiyaGyoteborg, NiderlandiyaGroningen, AngliyaHumberside, Kardiff, DaniyaKopengagen, AngliyaLeeds/BradfordLeeds/Bradford, London–Gatvik, AngliyaLondon–Southend[10], Manchester, AngliyaNyukasl upon Tyne, NorvegiyaStavanger[11], AngliyaTeesside[12]
Bluebird Airways Mavsumiy: Tel-Aviv
Brussels Airlines Mavsumiy charter: BelgiyaBrussel[manba kerak]
Bul Air[manba kerak] Mavsumiy charter: SlovakiyaBratislava, PolshaKatovitse, SlovakiyaKoshitse, Varshava–Shopen
Bulgaria Air Mavsumiy: Sofiya, Tel-Aviv
Mavsumiy charter: Antaliya[13], SlovakiyaBratislava, ChexiyaBrno, Budapesht, SlovakiyaKoshitse, Kuvayt, Ostrava[14], ChexiyaPardubitse, SlovakiyaPoprad/Tatry, Praga, Yerevan
Buzz Mavsumiy charter: PolshaBidgoshch, PolshaKatovitse, PolshaKrakov[15], PolshaPoznan, Varshava–Shopen, PolshaVroslav
Corendon Dutch Airlines Mavsumiy: Amsterdam, BelgiyaBrussel[16][17], NiderlandiyaMaastrixt/Axen[18][19]
Discover Airlines Mavsumiy: Frankfurt[20]
easyJet Mavsumiy: GermaniyaBerlin, London–Gatvik, Manchester
Enter Air[15] Mavsumiy charter: PolshaGdansk, PolshaKatovitse, PortugaliyaPortu[21], PolshaPoznan, Praga[manba kerak], Varshava–Shopen, PolshaVroslav
European Air Charter Mavsumiy charter: Leypsig/Halle[22], GermaniyaLins[23], Tel-Aviv
Eurowings Mavsumiy: GermaniyaDüsseldorf, GermaniyaHamburg, GermaniyaKyoln/Bonn, AvstriyaZalsburg[24], GermaniyaShtutgart
Finnair Mavsumiy charter: FinlandiyaHelsinki[25]
Fly Lili Mavsumiy charter: ChexiyaČeské Budějovice[26][yaxshiroq manba kerak], GermaniyaErfurt/Veymar[27], GermaniyaHannover[28], PolshaVroslav[29]


Freebird Airlines Europe Mavsumiy charter: Leypsig/Halle[30], GermaniyaPaderborn/Lippstadt[31]
GetJet Airlines Mavsumiy charter: Vilnyus[32]
Iberojet Mavsumiy charter: Madrid[33]
Jet2.com Mavsumiy: Birmingem, AngliyaBristol[34], AngliyaEast Midlands, ShotlandiyaEdinburg (2025-yil 1-maydan boshlanadi)[35], Glazgo, AngliyaLeeds/Bradford, AngliyaLiverpul[36], AngliyaLondon–Stansted[37], Manchester, AngliyaNyukasl upon Tyne
Jet Time Mavsumiy charter: DaniyaBillund, FinlandiyaHelsinki[31], DaniyaKopengagen, ShvetsiyaUmeå[38]
LOT Polish Airlines Mavsumiy charter: Varshava–Shopen[manba kerak], PolshaVroslav[manba kerak]
Luxair Mavsumiy: LyuksemburgLuksemburg
Norwegian Air Shuttle Mavsumiy: FinlandiyaHelsinki, DaniyaKopengagen, NorvegiyaOslo, ShvetsiyaStokgolm–Arlanda
Ryanair Mavsumiy: SlovakiyaBratislava, Budapesht, Republic of IrelandDublin, PolshaGdansk, LitvaKaunas, PolshaKrakov, AngliyaLondon–Luton, PolshaPoznan, Vena, PolshaVarshava–Modlin
Scandinavian Airlines Mavsumiy charter: DaniyaKopengagen, NorvegiyaOslo[manba kerak], NorvegiyaStavanger[manba kerak], NorvegiyaTrondheim[manba kerak]
Skyline Express Airlines Mavsumiy charter: Varshava–Shopen[39][yaxshiroq manba kerak]
SmartLynx Airlines Mavsumiy charter: Riga[40], Tallin[32]
Smartwings[41] Mavsumiy: SlovakiyaBratislava, ChexiyaBrno, SlovakiyaKoshitse, Ostrava, Parij–Sharl de Goll, Praga
Mavsumiy charter: ChexiyaČeské Budějovice[42], PolshaGdansk[43], PolshaKatovitse[43], ChexiyaPardubitse[31], Varshava–Shopen[43]
Sunclass Airlines Mavsumiy charter: FinlandiyaHelsinki[44], NorvegiyaOslo[45]
Sundair Mavsumiy: GermaniyaBerlin
TUI Airways[46] Mavsumiy: Birmingem, AngliyaBristol, AngliyaEast Midlands (2025-yil 22-maydan boshlanadi)[47], Kardiff, London–Gatvik, Manchester, AngliyaNyukasl upon Tyne
Mavsumiy charter: Republic of IrelandDublin[48]
TUI fly Belgium[49] Mavsumiy: BelgiyaBrussel
TUI fly Deutschland Mavsumiy: GermaniyaHannover[50]
TUI fly Netherlands Mavsumiy: Amsterdam
TUI fly Nordic Mavsumiy charter: ShvetsiyaStokgolm–Arlanda[51]
Uzbekistan Airways Mavsumiy charter: Toshkent[52]
Wizz Air AngliyaLondon–Luton
Mavsumiy: Budapesht, VengriyaDebretsen, PolshaGdansk, PolshaKatovitse, PolshaLyublin, Vena, Varshava–Shopen

Yer usti transporti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

15-yoʻnalishli avtobus aeroportni Burgas janubiy avtobus bekati bilan bogʻlaydi[53].

Burgasdan Pomorie, Aheloy, Ravda, Nessebar va Quyoshli plyajga shaharlararo avtobuslar ham aeroport yaqinida toʻxtaydi. Toʻxtash terminal binosi qarshisidagi asosiy yoʻldagi aylanma tugunda joylashgan.

Taxi Piazza Burgas aeroportidagi kelish terminali oldida joylashgan. Burgas aeroportidan shaharga taksida borish tirbandlik darajasiga qarab taxminan 15 daqiqa davom etadi. Narxlar shaharning qayeriga borishga qarab 25 yevrodan boshlanadi[54].

Avtoturargohi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Burgas aeroportiga shaxsiy avtomobili bilan kelgan yoʻlovchilar va mehmonlar asosiy terminal binosiga yaqin joylashgan tijoriy toʻxtash joyidan foydalanishlari mumkin. Avtoturargohda 199 ta mashina uchun joy mavjud va unga kuniga 24 soat kirish mumkin[55].

Baxtsiz hodisalar va falokatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2012-yilning 18-iyulida Burgas aeroportiga hujum uyushtirildi. Xudkush-terrorchi Isroil fuqarolarini Bolgariyaning Burgas shahri yaqinidagi Quyoshli sohil kurortiga olib ketayotgan avtobusga oʻtirdi, jinoyatchi bombani portlatib, olti nafar tinch aholini (va bir nafar xudkush-terrorchi) halok qildi, shuningdek, 32 kishini yaraladi. Hujum natijasida Burgas aeroporti 30 soatdan ortiq muddatga yopildi, natijada parvozlarning aksariyati Varna aeroportiga yoʻnaltirildi[56][57].
  1. „Wizz Air bases one aircraft in Burgas and launches 10 new seasonal routes“ (2021-yil 23-iyun).
  2. „Reuters: Fraport wins Varna, Burgas airport concession contract“.
  3. „Fraport AG to Operate Bourgas and Varna Airports in Bulgaria“.
  4. „Terminal 2 at Burgas Airport - opened - Top Rent a Car Blog“ (2013-yil 11-dekabr).
  5. „Burgas - Bulgaria“.
  6. „Burgas Airport To Shut Down October 31 – December 30“. Novinite.com.
  7. burgas-airport.bg – Destinations (Wayback Machine saytida 21 April 2021 sanasida arxivlangan) retrieved 10 September 2020
  8. „Air Baltic verbindet Hannover mit Riga“ (2022-yil 28-sentyabr).
  9. „airBaltic Schedules Additional NS24 New Routes Launch“ (en-CA). AeroRoutes (2023-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 21-sentyabr.
  10. „Balkan Holidays bolsters Bulgaria programme for 2024“.
  11. „Only Flight“. Tui.no.
  12. „BH Air adds Durham/Tees Valley service in S19“. routesonline.com (2019-yil 16-may).
  13. „Почивки в Кемер, Турция“ (2023-yil 5-sentyabr).
  14. „Bulgaria Air Adds Burgas – Ostrava Scheduled Charter in NS22“. Aeroroutes. Qaraldi: 2022-yil 24-iyun.
  15. 15,0 15,1 „Charter flights“. Tui.pl. Qaraldi: 2018-yil 4-sentyabr.
  16. Orban, André „Corendon significantly expands its offer on the Belgian market: 22 destinations from Brussels, 9 from Maastricht“ (2022-yil 14-mart).
  17. „Полети | Летище Бургас“.
  18. „Ticket Bourgas“. Corendon.com (2018-yil 25-aprel). 2018-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-aprel.
  19. „Nieuwe bestemming voor Corendon vanaf Maastricht Aachen Airport“ (2023-yil 17-fevral).
  20. „Полети от над 85 дестинации в 25 държави очаква летище Бургас“. bnr.bg/.
  21. [Enter Air will operated charter flights between Porto and Burgas]
  22. „Flug Leipzig/Halle - Burgas ab 95 € - idealo Flug“.
  23. „Saisonflüge Sommer 2021“. Linz Airport (2021-yil 8-sentyabr). 2021-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  24. „Salzburg: Eurowings Europe takes on Burgas“ (2024-yil 23-yanvar).
  25. „Finnair Adds Burgas Leisure Service in NS24“.
  26. „Fly Lili: Karlovy Vary/České Budějovice – Burgas“ (2024-yil 8-fevral).
  27. [tt_news=1756#:~:text=Im%20Sommer%202024%20k%C3%B6nnen%20Sie,Ort%20an%20der%20Schwarzmeerk%C3%BCste%20starten. „Im Sommer 2024 von Erfurt nach Bulgarien“].
  28. Fly Lili start charter flight from Germany to Burgas
  29. Fly Lili will operate charter flights from Germany, Poland and Czechia to Burgas Airport
  30. „Tui sends Freebird Europe to Leipzig / Halle – Airbus A320 is stationed in Schkeuditz“. lvz.de (2019-yil 4-oktyabr).
  31. 31,0 31,1 31,2 „Flights | Burgas Airport“.
  32. 32,0 32,1 „Flight Schedules and Airline Availability“. tez-tour.com.
  33. „Travelplan e Iberojet presentan sus vuelos de verano desde España hacia el Caribe, el Mediterráneo y el norte de África“ (2023-yil 6-mart).
  34. „Flights for Next Summer“. Jet2.
  35. „Jet2 puts 16m seats on sale for summer 2025“.
  36. „Jet2 unveils 11th base at Liverpool John Lennon Airport“.
  37. „New Routes“. Jet2.
  38. Jet Time and TUI launch summer program for 2024
  39. Skyline Express destinations list
  40. „Novaturas Flights“. flights.novatours.eu.
  41. „Flight Schedule“. smartwings.com.
  42. „Přehled všech novinek v Českých Budějovicích pro rok 2024“ (2023-yil 16-dekabr).
  43. 43,0 43,1 43,2 „air and charter tickets“. Itaka.pl. Qaraldi: 2018-yil 4-sentyabr.
  44. „Flight“. Tjareborg.fi.
  45. „Flight“. Ving.no.
  46. „Flight Timetable“ (en-GB). Tui.co.uk.
  47. „Tui adds 345,000 seats to summer 2025 programme“.
  48. „Flight Timetable“. tuiholidays.ie.
  49. „Flight Plan“. tuifly.be. 2016-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-dekabr.
  50. „TUIFLY ADDS NEW HANNOVER – BULGARIA ROUTES IN NS24“. AeroRoutes. Qaraldi: 2023-yil 19-dekabr.
  51. „Resor till Bulgarien – boka semestern nu | TUI.se“.
  52. „Туроператоры начинают чартеры из Узбекистана в Бургас - BurgasLife“ (ru-RU). burgaslife.bg — информационный веб-портал (2024-yil 29-iyun). Qaraldi: 2024-yil 1-iyul.
  53. „Line 15 »“.
  54. „Transfer Bourgas Airport → Bourgas“. TransferBulgaria.
  55. „Parking“. 2011-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-dekabr.
  56. Zion, Ilan Ben; Shmulovich, Michal „7 dead, 3 critical after attack on Israeli tourists in Bulgaria“. Timesofisrael.com. Qaraldi: 2019-yil 24-yanvar.
  57. Kulish, Nicholas; Schmitt, Eric „Hezbollah Is Blamed in Attack on Israeli Tourist Bus in Bulgaria“. The New York Times (2012-yil 19-iyul). Qaraldi: 2019-yil 24-yanvar.