Kontent qismiga oʻtish

Burgut qalʼa

Koordinatalari: 41°55′37.9″N 61°49′19.8″E / 41.927194°N 61.822167°E / 41.927194; 61.822167
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Burgut qal’adan yoʻnaltirildi)
Burgut qalʼa
Burgut qalʼa is located in Gʻarbiy va Markaziy Osiyo
Burgut qalʼa
Shown within Gʻarbiy va Markaziy Osiyo
Burgut qalʼa is located in Uzbekistan
Burgut qalʼa
Burgut qalʼa (Uzbekistan)
Manzilgoh Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston
Koordinatalar 41°55′37.9″N 61°49′19.8″E / 41.927194°N 61.822167°E / 41.927194; 61.822167
Turi Manzilgoh
Hudud 100×100 m
Balandligi 10,5 m
Tarix
Tashkil etilgan VI-VIII asrlar
Makon qaydlari
Qazish sanalari 1937-yil, 1946-yil, 1953-1956-yillar
Arxeologlar A. I. Terenojkin, Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi, Ye. Ye. Nerazik
Vaziyat Vayron boʻlgan
Egalik Davlat mulkiga tegishli

Burgut qalʼa — Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl tumanidagi Qirqqiz massivida, Burgut qalʼa vohasida joylashgan va uning markazi boʻlgan qadimiy shahar xarobasi. Yodgorlikning tarixi VI—VIII asrlarga borib taqaladi. U Xorazm viloyatidagi islomgacha boʻlgan eng boy qalʼalardan biri hisoblangan[1]. Obyekt hududi 1937-yilda A. I. Terenojkin, 1946-yilda Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi, 1953—1956-yillarda Ye. Ye. Nerazik tomonidan oʻrganilgan[2].

Hozirda Burgut qalʼa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulkiga tegishlidir[3] va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[4].

Tarixi va tuzilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Burgut qalʼa vohasining koʻplab boshqa qalʼalari oʻlchamlari va dizayni boʻyicha turlicha boʻlib, Bergut qalʼa tomonga qaratib qurilgan. Burgut qalʼa vohasida qadimiy kanal boʻylab uzunligi 25 kilometr, kengligi 2—3 kilometr boʻlgan hududda 800 tadan ortiq mustahkam qalʼa va saroylar borligi aniqlangan. Shimolda Qirgʻiz qalʼa, janubda Teshik qalʼagacha boʻlgan hududda har 100—200 metrda oʻqsimon teshiklari boʻlgan baland mudofaa devorlari bilan oʻralgan dehqonlarning kichik qalʼalari va uylari joylashgan edi. Tadqiqotchilar bu yerdagi donjonli (qalʼa binosining oʻzi shunday nomlanadi), donjonsiz mulklar va alohida imoratlar, tashqaridagi qoʻrgʻonlar yoki biron bir maxsus maqsadda qurilgan binolarni ajratib koʻrsatadi[5].

Burgut qalʼa ark va shahristondan iborat. Ark tarhi kvadrat (100×100 m) boʻlib, 2,5 m qalinlikdagi (balandligi 10,5 m) paxsa devor bilan oʻralgan. Uning har tomonidagi 4 tadan 2 qavatli, nishon tuynukli burjlar 2 m balandlikdagi tagkursilar ustiga qurilgan. Qalʼaning janubi-sharqida mudofaa istehkomi — donjon (18×18 m) joylashgan. U balandligi 8 m li paxsa va gʻishtin tagkursi ustiga kurilgan. Gʻarbiy tomondan kirish eshigi boʻlgan tor yoʻlak binoni ikki qismga boʻlib turagan. Ark ichida zindon va bir necha xonalar ochilgan. Shahriston (maydoni 5 ga) burjlar bilan mustahkamlangan mudofaa devorlari bilan oʻralgan. Dastlabki Burgut qalʼaning tashqi devorlari ichki devorlari bilan bir xil qalinlikda — atigi 90 sm boʻlgan. Rekonstruksiya paytida ular shu qadar kengayganki, yangi devorlar ichida janub tomonga yoʻnalgan tor dumaloq yoʻlak bor edi. Qayta qurilgan qalʼa VIII asrga tegishli. Bu yerda turar joylar, bozor maydoni, ustaxonalar ochilgan, ulardan sopol idishlar, Xorazm mis tangalari, toshdan ishlangan muhrlar, bezak buyumlar, qurol-yarogʻlar va boshqa narsalar topilgan[2].

Tuproqqalʼa

Ayoz qalʼa

Mizdaxqon

  1. Хмельницкий С. Г. Между Кушанами и Арабами. Архитектура Средней Азии V—VIII вв. — Берлин—Рига: GAMAJUN, 2000. — 288-bet.
  2. 2,0 2,1 OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. „MODDIY MADANIY MEROSNING KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI MILLIY RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA“. 2023-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-oktyabr.
  4. „Тарихий, бадиий ёки ўзга маданий қимматлилиги туфайли гаров ва ипотека қўлланилиши мумкин бўлмаган объектлар рўйхати (ЎзР ВМ 05.12.2014 й. 335-сон қарорига илова) | Majburiyatlar va shartnomalar toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar | Oʻz kuchini yoʻqotgan hujjatlar | Fuqarolik va oila qonunchiligi | OʻzR KonunchiligiMaʼlumotlar tizimi „Tarixiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanishi mumkin boʻlmagan obʼektlar roʻyxati (OʻzR VM 05.12.2014 y. 335-son qaroriga ilova)“ | NRM.uz“. nrm.uz. Qaraldi: 2023-yil 17-oktyabr.
  5. Джаббаров И. Древний Хорезм — страна высокой культуры и уникальной духовности. (Этно-исторические очерки) / акад. АН РУз, д.и.н., проф. Ртвеладзе Э. В. и д.и.н. Дубова Н. А.. — М. : Институт этнологии и антропологии им. Н. Н. Миклухо-Маклая РАН, 2014. — 304-bet.



  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Nerazik Ye. Ye., Selskiye poseleniya afrigidskogo Xorezma (Po materialam Berkutkalinskogo oazisa), M., 1966.