Bursa Yenishehir Aeroporti
Bursa Yenishehir aeroporti Bursa Yenişehir Havalimanı | |||
---|---|---|---|
IATA kodi: YEI – ICAO kodi: LTBR | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | Fuqarolik/harbiy | ||
Xizmat doirasi | Yenishehir, Bursa, Turkiya | ||
Ochilgan | 2000- yil 3-noyabr | ||
Dengiz sathidan balandligi | 764 ft / 233 m | ||
Koordinatalari | 40°15′18″N 029°33′45″E / 40.25500°N 29.56250°E | ||
Xarita | |||
| |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
ft | m | ||
07R/25L | 9,818 | 2,993 | Beton |
07L/25R | 9,818 | 2,993 | Beton |
MAnba: DAFIF[1][2] |
Bursa Yenishehir aeroporti (IATA: YEI, ICAO: LTBR) Turkiyaning Bursa viloyatida joylashgan aeroport. 1944-yilda harbiy baza sifatida tashkil etilgan obyekt. Keyinchalik harbiy aeroportda qurilgan qoʻshimcha inshootlar ommaviy havo transporti uchun tayyor holga keltirilgan va 2000-yil 3-noyabrda Bursa aeroporti nomi bilan foydalanishga topshirilgan. Fuqarolar va harbiy maqsadlarda tashkil etilgan aeroportning Bursa shahar markazigacha boʻlgan masofasi 50 km. [3] Shuningdek 3000x45 va 3000x30 metrli ikkita beton qoplamali uchish-qoʻnish yoʻlaklari ham mavjud.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bursa-Yenishehir aeroporti 2000-yil 3-noyabrda rasmiy ravishda ochildi. Ammo yoritish tizimidan kelib chiqqqan baʼzi kamchiliklar bartaraf etilib 2001-yil 1-iyunda rasmiy ochilish etib belgilandi.
Xuddi shu kuni Yunuselidagi Bursa aeroporti havo qatnoviga yopildi va aeroport havo kuchlari qoʻmondonligiga topshirildi. Shu kundan boshlab Yunuselidagi eski Bursa aeroporti havo harakati uchun yopiq.
2001- yil 25-may sanasida Vazirlar Kengashi 2001-2444-sonli qarori bilan Bursa-Yenishehir aeroportini doimiy yoʻlovchi kirish-chiqish havo chegara darvozasi sifatida belgiladi va Yenishehir aeroporti xalqaro havo qatnoviga ochildi.
2002-yil 28- dekabrda Rossiya va Ukrainadan sayyohlarni Yangi yil kechasini oʻtkazish uchun Uludagʻga olib borgan samolyotlar bilan Yenishehir aeroportiga birinchi yoʻlovchi reyslari boshlandi. Charter sifatida amalga oshirilgan ushbu reyslar bugungi kunda ham xuddi shunday amalga oshirilmoqda. Shundan soʻng, 2004-yilgi Haj mavsumida Yenishehir aeroporti ilk ziyoratchilarni joʻnatishni boshladi.
2004 yil 6-avgustdan boshlab Turk Havo Yoʻllari tomonidan Anqaraga birinchi rejalashtirilgan yoʻlovchi reyslari boshlandi. Biroq talab pastligi sababli bu reyslar bekor qilindi.
Aeroportda yuqorida qayd etilgan reyslardan tashqari VIP reyslar, harbiy parvozlar, parashyut parvozlari, uchuvchilarni tayyorlash reyslari, biznes reyslari, tez yordam reyslari ham mavjud. [3]
Toʻgʻridan-toʻgʻri Adana reyslari Borajet tomonidan 27.06.2013da boshlangan. Keyinchalik reyslar bekor qilindi.
2013 yil 7-avgustdan boshlab Bursa va Quvayt oʻrtasidagi oʻzaro reyslar Freebird Airlines bilan boshlandi. [4] Keyinchalik reyslar bekor qilindi.
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aviakompaniya | Manzillar |
---|---|
Anadolujet, Turkiya | Anqara, Antaliya, Arzirum, Diyorbakir, Gaziantep, Mush, Trabzon |
SalamAir, Ummon | Maskat |
SunExpress | Filibe |
Yil oyi) | Ichki reyslar | % oʻzgarish | Xalqaro | % oʻzgarish | Jami | % oʻzgarish |
---|---|---|---|---|---|---|
2021 yil (noyabr) | 70 869 | 39% | 474 | 95% | 71 343 | 18% |
2020 | 51 092 | 80% | 9 479 | 43% | 60 571 | 77% |
2019 | 252.269 | 13% | 16 722 | 10% | 268 991 | 11% |
2018 | 224 023 | 1% | 18 548 | 25% | 242 571 | 3% |
2017 yil | 226 456 | 10% | 24 691 | 4% | 251.147 | 9% |
2016 yil | 251.227 | 58% | 23 664 | 17% | 274 891 | 47% |
2015 yil | 158 957 | 265% | 28 560 | 7% | 187 517 | 153% |
2014 yil | 43 494 | 1% | 30 614 | 32% | 74,108 | 11% |
2013 yil | 43 818 | 19% | 23.111 | 10% | 66 929 | 16% |
2012 yil | 54,161 | 20% | 25 595 | 42% | 79 756 | 19% |
2011 yil | 67 410 | 6,0% | 44 140 | 32,0% | 111 550 | 15,0% |
2010 yil | 63 824 | 6,0% | 33 710 | 153,9% | 97 534 | 32,7% |
2009 yil | 60,219 | 7,21% | 13 277 | 25,72% | 73 496 | 2,60% |
2008 yil | 64 902 | 63,47% | 10 560 | 12,16% | 75 462 | 45,89% |
2007 yil | 39 702 | 12 022 | 51 724 |
Manba
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Airport information for LTBR“. World Aero Data. 2019-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Data current as of October 2006. Source: DAFIF.
- ↑ Aeroport haqida LTBR Great Circle Mapper'da. Source: DAFIF (effective October 2006).
- ↑ 3,0 3,1 „Arşivlenmiş kopya“. 17 temmuz 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24 kasım 2010.
- ↑ „Arşivlenmiş kopya“. 19 nisan 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11 ağustos 2013.
- ↑ „İstatistikler“. 28 haziran 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2 eylül 2011.
- ↑ „YOLCU GRAFİĞİ (Gelen-Giden)“. Devlet Hava Meydanları İşletmesi. 9 aralık 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7 aralık 2021.