Burundi
Burundi Respublikasi Repyblika y'u Burundi République du Burundi | |
---|---|
Shior: Unité, Travail, Progrès (Fransuzcha: Ittiffoq, Mehnat, Taraqqiyot) | |
Madhiya: Burundi bwacu | |
Poytaxt | Bujumbura |
Rasmiy til(lar) |
Fransuz tili Kirundi tili |
Hukumat | Prezidentlik Respublika |
Piyer Nkurunziza | |
Mustaqillik (BMT vasiylikdagi Belgiya ma'muriyatidan) | |
• Sana |
1-iyul 1962 |
Maydon | |
• Butun |
27,830 km2 (146-oʻrin) |
• Suv (%) |
10 |
Aholi | |
• 2002-yilgi roʻyxat |
6,370,609 (100-oʻrin) |
• Zichlik | 228/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$4,399 mil. (165-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$691 |
Pul birligi | Burundi Franc (BIF) |
Vaqt mintaqasi | UTC+2 |
• Yoz (DST) |
UTC+2 |
Qisqartma | BY |
Telefon prefiksi | 257 |
Internet domeni | .bi |
|
Burundi, Burundi Respublikasi (frans. République du Burundi) — Markaziy Afrikadagi davlat. Maydoni 27,8 ming km2. Aholisi 6,4 mln. kishi (1990-yillarning oxirlari). Poytaxti — Bujumbura shahri. Ma’muriy jihatdan 15 viloyatga boʻlinadi.
Davlat tuzumi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Burundi — respublika. Davlat boshligʻi — prezident. 1996-yil 25-iyuldagi davlat toʻntarishi natijasida 1992-yilgi Konstitutsiyaning amal qilishi va Millat majlisi hamda partiyalarning faoliyati toʻxtatib qoʻyilgan. Sentabr oyida Millat majlisi va partiyalarning faoliyati qayta tiklandi. 1998-yil 18-iyulda Millat majlisi oʻrniga Oʻtish davri millat majlisi tuzildi[1].
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Burundi Sharqiy Afrika togʻligining shim.gʻarbida joylashgan. Kembriygacha hosil boʻlgan kristall va metamorfik jinslar yer yuzasiga chiqib yotadi. Relefi, asosan, yassitoglik. Sharqida, Nil va Kongo daryolari havzasi oʻrtasida balandligi 2000–2500 m boʻlgan suvayirgʻich tizma bor. Yassitogʻlik janubi-sharqda Malagarasi daryosi vodiysiga tik jarliklar hosil qilib tushgan.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aholining 62% katoliklar, 32% mahalliy an’anaviy dinlarga amal qiladi, 6% musulmonlar. Rasmiy tili kirundi va fransuz tillari. Aholining 6,3% shaharlarda istiqomat qiladi. Yirik shaharlari: Bujumbura, Gitega, Muramvya.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Burundi hududida qadimdan bantu va pigmeylar qabilasi, 15—16-asrlarda efioid toifasiga mansub urushqoq kuchmanchichorvador qabilalar yashagan. Manbalarga koʻra, hozirigi kunda Burundi hududida 1558-yilda dastlabki podsholiklar tashkil topgan. Ntare 1-mayda xonliklarni birlashtirib, kuchli davlatga asos solgan. Viloyatlarni shahzodalar idora qilgan. 19-asr oxirlarida mamlakatga yevropalik missionerlar kirib keldi. 1899-yilda Burundi Germaniya Sharqiy Afrikasi tarkibiga qoʻshib olindi. Birinchi jahon urushi vaqtida Burundini Belgiya armiyasi egalladi (1916). Versal sulh shartnomasi, Millatlar Ittifoqi qaroriga muvofiq Burundi Urundi nomi bilan Belgiya ixtiyoriga oʻtdi. Davlatni Belgiya rezidenti nazoratida podsho (mvami) boshqardi. Mustamlakachilar aholini kofe, paxta kabi eksport tovarlar yetishtirishga majbur qildi. Burundi aholisi mustamlakachilarga qarshi uzoq vaqt kurash olib bordi. Bu kurash 2 jahon urushidan soʻng Afrikada boshlangan millim ozodlik harakati ta’sirida avj olib ketdi. 50-yillar oxirida Burundidagi ozodlik harakati tashkiliy tuye ola boshladi. Mamlakatda siyosiy tashkilotlar paydo boʻldi. 1959-yil tuzilgan milliy taraqqiyot va birlik partiyasi Burundiga oʻzini oʻzi boshqarish huquqi berilishini, keyinchalik mustamlaka tuzumini tugatishni talab qildi. Xalq partiyaga xayrixohlik bildirdi. Belgiya hukmronlari ozodlik kurashini boshqarish maqsadida mahalliy boshqaruv organlari tuzishga rozilik berdi. Ayni vaqtda turli partiya va tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro nizo qoʻzgʻadi, qabmlalarnibir-biri bilan urishtirib qoʻydi. Biroq mehnatkash omma ozodlik kurashini susaytirmadi. Oxiri mustamlakachilar Burundi mustaqilligini e’tirof etishga majbur boʻldi. 1962-yil 1-iyulda mustaqil deb e’lon qilindi. 1966-yil noyabrda monarxiya agʻdarilib, respublika e’lon qilindi. 1962-yildan BMT a’zosi. 1992-yil 6-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasining suverenitetini tan olgan.
Bayramlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy bayrami — 1-iyul, Mustaqillik kuni (1962). Siyosiy partnyalari va kasaba uyushmalarv. Birlik va milliy taraqqiyot partiyasi (UPRONA), 1959-yilda asos solingan; Burundida demokratiya uchun front, 1986-yilda asos solingan. Burundi mehnatkashlari ittifoqi kasaba uyushmasi, 1967-yilda tuzilgan.
Xo'jaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Burundi — iqtisodiy jihatdan suyet taraqqiy qilgan afar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotning 13% ni sanoat, 48,5% ni qishloq xo'jaligi beradi. Mehnatga layoqatli aholining 90% qishloq xo'jaligi. (asosan dehqonchilik va chorvachilik)da band. Bugʻdoy, oq joʻxori, makkajoʻxori, banan, tariq, maniok, choy ekiladi. Kofe va paxta Burundining asosiy eksport ekinlaridir. Qoramol, echki, qoʻy boqiladi. Tanganika koʻlidan baliq ovlanadi. Burundi sanoati endi rivojlanish bosqichiga kirdi. Mamlakatda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan oʻrta va kichik sanoat korxonalari bor. Kofe va paxta tozalash, yer yongʻoq yogʻi ishlab chiqarish, qishloq xo'jaligi uskunalari, sovun, lakboʻyoq zavodlari va poyabzal, mebel fabrikalari bor.
Transportlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Burundida t. i. yoʻq. Ichki va tashkl yuklar avtomobil yoʻllari (uzunligi 6,3 ming km) hamda suv va havo yoʻllari orqali tashiladi. Tanganika koʻlida kemalar qatnaydi (asosiy porti Bujumbura). Chetga kofe, paxta, koʻnteri mahsuloti, qoramol, qalay konsentrati chiqaradi va chetdan toʻqimachilik, oziq-ovqat, neft mahsulotlari, transport vositalari keltiradi. Belgiya, AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlar bilan savdo qiladi[2].
Ijtimoiy soha
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pul birligi — Burundi franki. Tibbiy xizmati, xalq maorifi, madaniy ma’rifiy va ilmiy muassasalarn. B.da 4,5 mingdan ortiq oʻrinli 30 ga yaqin kasalxona va 120 dan ziyod tibbiy markaz bor.1962-yilgacha aholining 98% savodsiz boʻlgan. 1967-yildan davlat maktablarida oʻqish bepul. Burundida 6 yillik boshlangich maktablar, 6—7 yillik oʻrta maktablar bor. Maktab oʻqituvchilari Bujumburadagi universitet va oliy pedagogika maktabida tayyorlanadi. Burundida qishloq xo'jaligi instituti (1958-yili tashkil etilgan) ham bor.
Ilmiy muassasalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari instituti, Gidrometeorologiya milliy markazi[3], Tibbiyot boʻyicha tadqiqot laboratoriyasi. Bujumburada universitet kutubxonasi va ommaviy kutubxona, Gitega shahrida Milliy muzey ishlaydi. Bujumburada Burundi madaniy markazi ochilgan[4].
Matbuoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Radnoeshitgirishi va telekoʻrsatuvi. Burundidagi asosiy gazeta va jurnallar: "Renuvo dyu Burundi" ("Burundi tiklanishi", fransuz tilida chiqadigan kundalik hukumat gaz., 1978-yildan), "Ubumve" ("Birlik", kirundi tilida chiqadigan haftalik gaz., 1971-yildan), "Byulleten ekonomik e finanse" ("iqtisodiy va moliyaviy byulleten", fransuz tilida oyiga 2-marta chikali), "Gid" ("Yoʻlnoma", fransuz va kirundi tilida chiqadigan oylik axborot byulleteni, 1970-yildan) "Kyultyur e sosete" ("Madaniyat va jamiyat", har chorakda fransuz tilida chiqadigan jurnal, 1978-yildan). Burundi matbuot agentligi — BAP 1976-yilda tuzilgan. Burundi milliy radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi 1960-yilda tashkil etilgan.
Me’morligi va tasviriy san’ati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqning turar joylari aksariyati xodachalardan sinch qadalib, orasiga shoxshabba, qamish va xashak oʻrab yasalgan yumaloq kulbalardan iborat, tomi ham xashak bilan yopiladi. Kulba ichi qamish bordon bilann boʻlinadi. Qishloq qoʻrgʻonlari tepalnklar va qir yon bagʻirlariga tarqoq holda joylashgan. 50-yillardan toʻgʻri burchakli, peshayvon va derazali turar joylar paydo boʻldi. Tomini qoʻsh nishabli qilib yopish odat tusiga kirdi. Bujumbura shimolda zamonaviy yevropacha binolar qurila boshladi. Badiiy hunarmandchilikda boʻyra, savat, idish, qopqoq kabi turli hajm va shakldagi narsalar toʻqish rivojlan’ gan. Buyumlar har xil naqshlar bilan bezatiladi. Yogʻochdan odamlar va hayvonlarning haykallarini, qalqon va oʻqdonlarni, gʻiloflarni yasaydilar.
Musiqasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Burundi an’anaviy musiqiy madaniyati qoʻshiqjanrlari, cholgʻu asboblari ijro uslubi xilma - xilligi bilan ajralib turadi. Turli rasmrusumlar, dafn marosimi va farzand tugʻilishiga bagʻishlangan oʻziga xos musiqalar mavjud. Mamlakat mustaqillikka erishgach, san’at an’analari muntazam ravishda oʻrganila boshladi, bir necha ashula va raqs ansambllari tuzildi.[5]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Burundi set for one-name vote“. Al-Jazeera (28 июня 2010 года).
- ↑ Nationsencyclopedia.com. „Transport in Burundi“ (en). Qaraldi: 6 июля 2008.
- ↑ Britannica. „Education of Burundi“ (en). 2011-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6 июля 2008.
- ↑ Nationsencyclopedia.com. „Education of Burundi“ (en). Qaraldi: 6 июля 2008.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |