Kontent qismiga oʻtish

Busan xorijiy tillar universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Busan xorijiy tillar universiteti
부산외국어대학교
Shiori Sadoqat,haqiqat,ijodkorlik
Turi xususiy
Asos solingan sanasi 1981
Prezidenti Yoon Suk-yeol
Rektori Jeong Gi-yeong
Fakultetlar 196 ta
Bakalavriat 7796
Manzili
Veb-sayti bufs.ac.kr

Busan xorijiy tillar universiteti (BUFS) — 2011-yilgacha Busan chet tillari universiteti sifatida yuritilgan boʻlib, Janubiy Koreyaning Busan shahridagi xorijiy tillarga ixtisoslashgan xususiy universitetdir.

Busan xorijiy tillar universiteti marhum Chung Tae-sung tomonidan tashkil etilgan. Universitet 1981-yil aprel oyida ingliz, fransuz, yapon, xitoy, nemis, indonez,tay va malay tilini oʻrganishga ixtisoslashgan kollej sifatida tashkil etilgan. 1990-yillar boshida kollej oʻz dasturlarini kengaytirdi va 1991-yilda universitetga aylandi.

Xalqaro aloqalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yil holatiga koʻra Busan xorijiy tillar universiteti 24 mamlakatdagi 94 ta universitet bilan akademik almashinuv dasturi boʻyicha shartnomalarga ega.

BUFS yettita kollej, toʻrtta aspirantura dasturi va toʻqqizta tadqiqot institutidan iborat. Maktabning til boʻlimi uchta boʻlimga boʻlinadi: ingliz, yapon va xitoy kolleji, gʻarb tadqiqotlari kolleji va sharqshunoslik kolleji. Universitet taklif qiladigan gʻarb tillari qatoriga italyan, ispan, portugal va rus tillari kiradi. Sharq tillariga yapon va xitoy tillaridan tashqari vetnam, hind, arab, turk va oʻzbek tillari kiradi[1]. Universitet,shuningdek, xalqaro tadqiqotlar, koreys tili va adabiyoti, xalqaro huquq, xalqaro biznes va IT boʻyicha oʻqish dasturlarini ham taqdim etadi.

Ingliz, xitoy va yaponshunoslik kolleji:

Ingliz tili boʻlimi

Turizm va konventsiya bo'yicha ingliz tili mutaxassisligi

Muloqot va tarjimonlik bo‘yicha ingliz tili mutaxassisligi

Buyuk Britaniya va Amerika adabiyoti va madaniyati bo'yicha mutaxassislik

ITda ingliz tili mutaxassisligi

Yaponiya aloqa boʻlimi

Yapon tili tarjimonligi

Yapon tili va adabiyoti mutaxassisligi

Yaponiya biznes boʻlimi

Mehmonxona va turizm sohasida yapon tili

Biznes va IT sohasida yapon tili

Xitoy bo'limi

Xitoy tili tarjimonligi boʻyicha mutaxassis

Xitoy tili va madaniyati mutaxassisligi

G'arb tadqiqotlari kolleji

Fransuz tili boʻlimi

Nemis tili boʻlimi

Ispan tili boʻlimi

Portugal tili boʻlimi

Sharqshunoslik kolleji

Tailand boʻlimi

Indoneziya-Malayziya departamenti

Arab tili kafedrasi

Hindiston boʻlimi

Vetnam tili boʻlimi

Myanma departamenti

Turk va Markaziy Osiyo tillari kafedrasi (qozoq, oʻzbek)[2].

  1. „Busan University of Foreign Studies“ (en). www.world.uz. Qaraldi: 2020-yil 2-aprel.
  2. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-sentyabr.