Seul milliy fan va texnologiya universiteti
Avvalgi nomi
|
Seul Milliy sanoat Universiteti(1988-1993) Seul Milliy texnologiya Universiteti (1993-2010)[1] | ||||
---|---|---|---|---|---|
Shiori | Bizning orzu, sizning kelajak | ||||
Turi | Davlat universiteti | ||||
Tashkil topgan | 1910-yil | ||||
Prezidenti | Lee Dong-Hoon | ||||
Ilmiyhodimlar
|
865 (2020)[2] | ||||
Maʼmuriy hodimlar
|
1329 (2020)[2] | ||||
Talabalar | 11,472 (2020)[2] | ||||
Bakalavr | 9,929 (2020)[2] | ||||
Magistratura | 1,543 (2020)[2] | ||||
Joylashuvi |
|
||||
Website | www.seoultech.ac.kr | ||||
Seul Milliy Fan va Texnologiya Universiteti (SeoulTech) — Janubiy Koreya, Seul, Nowon-gu shahrida joylashgan davlat universitetidir .
Seul Milliy Fan va Texnologiya Universiteti Eoeudong davlat kasb-hunar maktabi negizida tashkil topgan. [3] Keyinchalik maktab Gyeongseong davlat-sanoat maktabi, Gyeonggi texnik kolleji va Seul milliy texnologiya universiteti sifatida qayta tashkil etildi.2010-yil sentyabr oyida tashkil etilganligining 100 yilligi munosabati bilan „Seul Milliy Fan va Texnologiya Universiteti“ deb nomlandi.Muassasa „Seultech“ nomi bilan ham tanilgan.
Bugungi kunda Seultech 508,690 kvadrat metrlik (124 akr) keng kampusga, oltita kollej, 23 boʻlim, yettita aspiranturaga ega va 11,500 kishilik talaba tahsil oladigan yirik universitetdir. [4] Bu Seul universitetlari orasidagi beshinchi eng katta kampusdir. Seul Milliy Fan va Texnologiya Universiteti 2015-yilda Quacquarelli Symonds (QS)ga koʻra [5] Janubiy Koreyada ikkinchi va Osiyoda 23-oʻrinni egallagan. 2015-yilda Korea Economic Daily nashri tomonidan. [6]fan va muhandislik sohasida Janubiy Koreyada 15-oʻrinni egallagan.
Fakultetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhandislik kolleji
- Mexanik tizim va dizayn muhandisligi kafedrasi
- Mexanik dizayn va avtomatlashtirish muhandisligi dasturi
- Mexanik dizayn va ishlab chiqarish muhandisligi dasturi
- Mashinasozlik va avtomobilsozlik fakulteti
- Mashinasozlik dasturi
- Avtomobil muhandisligi dasturi
- Xavfsizlik muhandisligi kafedrasi
- Materialshunoslik va muhandislik boʻlimi
- Qurilish fakulteti
- Arxitektura maktabi
- Arxitektura dasturi
- Arxitektura muhandislik dasturi
Axborot va kommunikatsiya muhandisligi kolleji
- Elektr va axborot muhandisligi kafedrasi
- Elektron va IT media muhandisligi kafedrasi
- Elektron muhandislik dasturi
- Media IT muhandislik dasturi
- Kompyuter fanlari va muhandislik kafedrasi
Energetika va biotexnologiya kolleji
- Kimyoviy va biomolekulyar muhandislik kafedrasi
- Atrof-muhit muhandisligi kafedrasi
- Atrof-muhit muhandisligi dasturi
- Ekologik siyosat dasturi
- Oziq-ovqat fanlari va texnologiyasi boʻlimi
- Nozik kimyo kafedrasi
- Optometriya kafedrasi
- Sport fanlari kafedrasi
Sanʼat va dizayn kolleji
- Dizayn boʻlimi
- Vizual aloqa dizayn dasturi
- Sanoat dizayni dasturi
- Kulolchilik sanʼati va dizayn kafedrasi
- Metall sanʼat va dizayn kafedrasi
- Tasviriy sanʼat kafedrasi
Gumanitar va ijtimoiy fanlar kolleji
- Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi
- Davlat boshqaruvi fanlari bo‘limi
- Davlat boshqaruvi fanlari ixtisosligi
- Atrof-muhitni muhofaza qilish davlat boshqaruvi mutaxassisligi
- Ijodiy yozuv boʻlimi
Biznes va texnologiya kolleji
- Sanoat va tizim muhandisligi kafedrasi
- Sanoat va axborot tizimlari muhandisligi mutaxassisligi
- Ishlab chiqarish tizimlari va dizayn muhandisligi (MSDE)
- IT menejmenti (ITM) boʻyicha mutaxassisligi
- Biznes boshqaruvi kafedrasi
- Biznes boshqaruvi mutaxassisligi
- Global texnologiya menejmenti (GTM) boʻyicha mutaxassisligi
Universitet tarkibida uchta professional aspirantura va uchta maxsus aspirantura mavjud. Ulardan tashqari, bir qator ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari mavjud.
Kutubxona
[tahrir | manbasini tahrirlash]Seul Milliy Fan va Texnologiya Universitetidagi kutubxona 1910-yil aprel oyida Eoeudong davlat kasb-hunar maktabi tashkil etilganidan beri faoliyat koʻrsatmoqda. Bugungi kunda kutubxonada 600 987 jild , 11 928 elektron kitob, 23 259 audiovizual materiallar, mahalliy va xorijda nashr etilgan 446 ta davriy va akademik jurnallar mavjud. [7]
2004-yil oxirida qurib bitkazilgan markaziy kutubxona binosi 9281 maydonni egallagan uch qavatdan iborat. Birinchi qavatda kutubxona boʻlimi, seminar xonalari, Gʻarbiy arxiv va axborotni qayta ishlash markazi joylashgan. Ikkinchi qavatda Sharq arxivlari va maʼlumotnomalari, davriy nashrlar va akademik jurnallar xonasi joylashgan. Uchinchi qavatda multimedia xonasi, guruhli o‘quv zali joylashgan. 2011-yilda rekonstruksiya qilingan..Kutubxona professor-o‘qituvchilari va talabalarining 100 yil davomidagi ilmiy tadqiqot ishlarini jamlagan.
Boshqalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kutubxonadan tashqari axborot-kompyuter markazi, matbuot va radioeshittirish markazi; umumiy laboratoriya binosi; biznes inkubatsiya markazi; oʻquv jihozlarini boshqarish va texnik yordam markazi; va xalqaro almashinuv markazlari ham mavjud. Shuningdek,til taʼlimi va tadqiqot instituti ham mavjud boʻlib, unda yigirmata ona tilisi ingliz tili boʻlgan oʻqituvchilari faoliyat olib boradi.
Grantlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Talabalarning qariyb yarmi nisbatan arzon narxlarda taʼlim olishni taklif qiluvchi stipendiya dasturidan foydalanadi. 2015-yilda 11500 talabaning taxminan 6000 nafari stipendiya asosida taʼlim olgan. [8] 2014-yilda kontrakt narxining 47%i stipendiyalar uchun sarflangan. Seultech shuningdek, bir qator moliyalashtirilgan xalqaro hamkorlik dasturlari va Buyuk Britaniyadagi Northumbria universiteti bilan ikkita qoʻshma dasturlarga ega.
Til taʼlimi va tadqiqot instituti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Til taʼlimi va tadqiqot instituti [9] universitetning ingliz, koreys, xitoy va yapon tillarini oʻrganish ehtiyojlarini qondirish uchun turli til dasturlarini taqdim etadi. Hozirda 26 ta professor-o‘qituvchilar mavjud. [10] va u oʻquv dasturlarini modernizatsiya qilish, tadqiqot va nashr etish imkoniyatlarini kengaytirish hamda madaniyatlararo almashinuv ruhini rivojlantirishga qaratilgan.
Ramzlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yil mart oyida universitetning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi universitet ramzini aniqlash uchun o‘zining birinchi ramziy qo‘mitasini o‘tkazdi. 2013-yil aprel oyida oʻqituvchilar va professor-oʻqituvchilar uchun birinchi soʻrovnomadan soʻng, universitet ramzini joriy etish maqsadida 2013-yil iyun oyida 12807 nafar bakalavriat va magistratura talabalari ishtirokida ikkinchi soʻrovnoma oʻtkazildi. Va bunda Xaytay eng ko‘p ovoz to‘plagan. [1] (Wayback Machine saytida 2023-04-16 sanasida arxivlangan)
Reytinglar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yilda Seul Milliy Fan va Texnologiya Universitet neft muhandisligi sohasida dunyo miqyosida 51-100 va elektrotexnika va elektron muhandislik boʻyicha dunyoda 401-450 oʻrinlarni egalladi. [11]Andoza:Infobox South Korean university ranking
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „HISTORY“. SEOULTECH Official website. SEOULTECH. Retrieved 22 December 2018.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „STATISTICS“.
- ↑ = en.seoultech.ac.kr „SEOULTECH < About SEOULTECH < Introduction of SEOULTECH < History < Main History“. Qaraldi: 2022-yil 24-fevral.
- ↑ „SEOULTECH < About SEOULTECH < University Statistics < Statistics“. en.seoultech.ac.kr. 2015-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-avgust.
- ↑ „[2014 아시아 대학평가 醫大 없는 '强小大' 포스텍·서강대·한국외대 강세“]. Chosun.com. Qaraldi: 2017-yil 23-dekabr.
- ↑ „[STRONG KOREA 서울대·연세대·고려대·한양대, 기업들이 꼽은 '최고의 이공계'“]. Hankyung.com (2015-yil 5-iyul). Qaraldi: 2017-yil 23-dekabr.
- ↑ „Seoultech Central Library(Korean)“. library.seoultech.ac.kr. Qaraldi: 2015-yil 22-avgust.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Seoultech, 3.35 billion dollars for national scholarship in 2015“. www.seoultech.ac.kr. Qaraldi: 2015-yil 22-avgust.
- ↑ The Institute for Language Education & Research
- ↑ „Institute for Language Education and Research, Seoultech“. language.Seoultech.ac.kr. 2018-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-avgust.
- ↑ „Seoul National University of Science and Technology“ (en). Top Universities. Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.