Jeju milliy universiteti
koreyscha: 제주대학교 | |
Shiori | Haqiqat,adolat,ijodkorlik koreyscha: 진리, 정의, 창조 |
---|---|
Turi | davlat |
Asos solingan sanasi | 1952 |
Rektori | Song Seokeon |
Fakultetlar | 1,402 |
Talabalari | 10,518 (2014) |
Bakalavriat | 15,898 (2010) |
Magistratura | 2,364 (2010) |
Manzili |
102 Jejudaehak-ro, Jeju-do,Janubiy Koreya |
Veb-sayti | www.jejunu.ac.kr |
Jeju milliy universiteti – Janubiy Koreyaning oʻnta yetakchi milliy universitetlaridan biridir. 1952-yilda Janubiy Koreyaning Jeju viloyati poytaxti Jeju shahrida tashkil etilgan. 2008-yilda Cheju milliy universiteti va Jeju milliy taʼlim universiteti birlashtiriladi va Jeju milliy universiteti deb atala boshlandi[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1952-yilda Jeju kichik kolleji tashkil etildi va 1955-yilda toʻrt yillik kollejga aylandi.1962-yilda huquq va gumanitar fanlar fakultetlari ochilgach,Jeju milliy kollejiga aylandi. 1979-yilda aspirantura tashkil etildi va kollej 1982-yilda universitet maqomini oldi. 2008-yilda hukumatning milliy universitetlarni birlashtirish va tugatish hamda qabul qilinadigan talabalar sonini qisqartirish siyosatiga muvofiq, Jeju milliy taʼlim universiteti va Cheju milliy universiteti integratsiya qilindi va bitta Jeju milliy universiteti tashkil etildi. Sobiq Jeju milliy taʼlim Universitetining kampusi Sara Kampus nomi ostida yangi universitet kampusiga aylandi. Bundan tashqari, 2009-yilda yuridik fakultetni tashkil etish maʼqullandi va ochildi.
Fakultetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Universitetning bakalavriat taʼlim shakli boʻyicha 12 ta kollejni taklif etadi: sanʼat va dizayn kolleji, gumanitar fanlar kolleji, Huquq va siyosatshunoslik kolleji, iqtisodiyot va tijorat kolleji amaliy fanlar kolleji, tabiiy fanlar kolleji, muhandislik kolleji, tibbiyot kolleji va veterinariya kolleji. 6 ta yoʻnalish boʻyicha aspirantura mavjud: oliy taʼlim, biznes boshqaruvi, davlat boshqaruvi, sanoat va ijtimoiy taʼlim oliy maktabi. 3 ta professional aspirantura yoʻnalishlari mavjud boʻlib, bular: huquq, tibbiyot va tarjimonlik yoʻnalishlaridir.