Kontent qismiga oʻtish

Busriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu Ubaydulloh Muhammad bin Hasson Busriy“Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Kunyasi – Abu Ubayd. Damashq shahri yaqinidagi Busro qishlogʻida tugʻilgan. Abu Turob Naxshabiyning shogirdi. Abu Said Xarroz, Shoh Shujoʼ Kirmoniy, Abu Abdulloh Jallo bilan suhbatda boʻlgan. Abu Abdulloh Jallo uni Zunnun Misriy, Abu Turob Naxshabiy, Abulabbos bin Ato kabi ulugʻ shayxlarga tenglashtirgan.

Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni qisqartirilgan holda kiritgan[1][2].

  1. “Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat”. 
  2. “Nasoyim ul-muhabbat”.