Kontent qismiga oʻtish

Butunjahon tamakiga qarshi kurashish kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
" Har kunini Butunjahon tamakisiz kunga aylantiring ." Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining afishasi, 2018 yil.

Butunjahon tamakiga qarshi kurashish kuni (BMTning boshqa rasmiy tillarida: ingl. World No Tobacco Day, arab. اليوم العالمي للامتناع عن التدخين, ‎isp. Día Mundial Sin Tabaco, xit. 世界无烟日, fr. Journée mondiale sans tabac) — Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT)  tomonidan xalqaro xotira kuni rasman ta’sis etilgan.  

Ushbu sana har yili 31-may kuni nishonlanadi. 1988-yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 42-sessiyasida WHA42.19-sonli qarorida) qayd etilgan.

JSST chekish bilan bog‘liq 25 dan ortiq kasalliklar (yurak-qon tomir, o‘pka va saraton kasalliklar) haqida ogohlantiradi. O‘pka saratoni va miokard infarktiga olib keluvchi  chekish bilan chambarchas bog‘laydigan jiddiy ilmiy dalillarni British Doctors Study olimlari uzoq muddatli tadqiqot samarasi o‘laroq keltirib o‘tadi. Zararli odatlar oqibatida har yili dunyoda 6 millionga yaqin odamning o‘limiga sababchi bo‘ladi (shundan 600 ming nafari passiv chekuvchilarni tashkil etadi).

Butunjahon tamakiga qarshi kurashish kuni BMTning jahon va xalqaro kunlar tizimining bir qismidir.

Amerika Qo‘shma Shtatlarda “Kashandalikdan bosh tortish kuni” (ingl. Great American Smokeout) tashkil etilgan bo‘lib, u noyabr oyining uchinchi payshanbasida nishonlanadi. Mazkur sana 1977-yilda Amerika saraton jamiyati tomonidan tashkil etilgan.