Kontent qismiga oʻtish

Buxoro amirining saroyi (Jeleznovodsk)

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saroy
Buxoro amirining saroyi
ruscha: Дворец эмира Бухарского
Mamlakat  Rossiya
Hudud Stavropol oʻlkasi
Shahar Jeleznovodsk
Mulkdor Davlat mulki
Saroy turi Yozgi
Meʼmoriy uslub elektika; modern elementli neomavritan uslubi
Loyiha muallifi Semyonov Vladimir Nikolayevich
Binokor Xorazmlik ustalar
Meʼmor Semyonov Vladimir Nikolayevich
Binokorlik tashabbuschisi Abdulahadxon
Homiylar Abdulahadxon
Olimxon
Binokorlik 19071912-yillar
Maqomi Davlat himoyasida
Federal ahamiyatga ega meʼmoriy yodgorlik
Ushbu maqolani tinglang (4 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 2-iyul, 2022-yil(2022-07-02) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

Buxoro amirining saroyi (dachasi) (ruscha: Дворец эмира Бухарского) — Rossiyaning Jeleznovodsk shahridagi ikki qavatli sharqona saroy (dacha). Buxoro amirligi hukmdori Abdulahadxon tashabbusi va rus imperatori Nikolay II ning ruxsati bilan 1907-yildan boshlab qurila boshlangan va Olimxon hukmronligi davrida, 1912-yili qurib bitkazilgan. Amirning Rossiyadagi ikkinchi yirik qarorgohi (unga tegishli boʻlgan birinchi saroy Qrimning Yalta shahrida joylashgan). Hozirda u Rossiyaning Federal ahamiyatga ega meʼmoriy yodgorligidir.

Buxoro amirligi hukmdori Abdulahadxon portreti, (1893-yil)

Markaziy Osiyo hududida temir yoʻl oʻtkazilgandan soʻng, Abdulahadxon yoz oylarini Kavkaz va Qrimda oʻtkazishga odatlanib qolgan. Uning tashabbusi bilan, ushbu hududlarda sharqona saroylar qurilgan. Kavkazning Jeleznovodsk shahrida qad koʻtara boshlagan saroy, Abdulahadxonning oʻgʻli, amir Olimxon hukmronligi davrida qurib bitkazilgan. U 5 yil, 1907—1912-yillar davomida barpo etilgan[1].

Aytishlaricha, Buxoro amiri hech qachon Kavkazdagi saroyiga tashrif buyurmagan. Mahalliy afsonalarga koʻra, xurofotli amir, saroy qurilishi paytida, ustalardan biri yuqoridan yiqilib, qulab tushganini bilib Jeleznovodskga borishga sovigan[1].

Saroy 1913-yil Romanovlar sulolasi hukmronligining 300 yilligi xotirasiga, imperatritsa Mariya Feodorovnaning xayriya jamiyatiga tortiq etilgan. Turli yillarda unda sanatoriy (1914-yil; 1920—1937-yillarda — Buxarin nomidagi; 1937—1941-yillarda — 41-sonli; 1945—1970-yillarning boshida — Telman nomidagi, Udarnik nomli; 1970-yillarning boshidan to yaqin yillarga qadar — Telman nomidagi birlashgan sanatoriyning 2-korpusi) va urush yillarida harbiy gospital (1915—1918-yillarda, Birinchi jahon urushi yillarida, Rossiya ofitserlari gospitali; Ikkinchi jahon urushi yillarida — evakuatsiya gospitali) joylashgan[1].

1942—1943-yillarda Shimoliy Kavkazdagi harbiy harakatlar paytida binoga zarar yetgan. Keyingi yillarda saroy bir necha marotaba qayta tiklangan. Buning natijasida, xizmat ko'rsatadigan binolarga olib borgan yogʻoch osma koʻprik bizgacha saqlanib qolmagan. Saroy hududi yopiq koridorga aylantirilgan. 1-qavatdagi fasad devoriga zamonaviy kesikli derazalar o'rnatilgan. Ichki hovlisining koʻrinishi sanatoriy klubi qurilishi sabali boshqacha koʻrinishga kelib qolgan[1].

Buxoro amirlarining sobiq saroyi Rossiya hukumati tomonidan XX-asr boshlaridagi Federal ahamiyatga ega me'moriy yodgorlik sifatida davlat himoyasiga olingan[1].

2018-yilda unda investorlar koʻmagida restavratsiya ishlarini boshlash (2019-yildan) va mehmonxona ochish rejalashtirilgan (2020-yilda)[2].

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saroy oddiy tarxda qurilgan boʻlib, uning ichida juda ko'p zinapoyalar, yo'laklar va o'tish joylari boʻlgan. Binoning old qismida dabdabali bezatilgan qaʼbulxona joylashgan. Qaʼbulxonada shift bezaklari saqlab qolingan, saroy mehmonxonasida esa koshinkor plitkalar bilan bezatilgan katta kamin bizgacha yetib kelgan[1].

Asosiy binoning orqa qismida yana bir qurilish bizgacha yetib kelgan. Bu haram uchun moʻljallangan bino boʻlib, u saroy bilan osma yogʻoch koʻprik orqali bogʻlangan. Saroy hududida otxonalar, ekipajlar uchun xonalar va boshqa xoʻjalik inshootlari boʻlgan[1].