Kontent qismiga oʻtish

Buxoro qoʻshini

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Buxoro amirligi qurolli kuchlari
Buxoro qoʻshini
Shahrisabz shahridagi Buxoro amirligi qoʻshini (1885-yilgi surat)
Asos solingan 1785-yil
Tarqatib yuborilgan 1920-yil
Shtab-kvartirasi Buxoro shahri, viloyat va bekliklar markazida
Qoʻmondonlar
Oliy bosh qoʻmondon Buxoro amiri
Vaziri harb (Harbiy vazir) Toʻpchiboshi
Bosh shtab boshligʻi Naqib
Harbiy kuchlar
Chaqiruv yoshi Chegaralanmagan
Xizmatdan ozod qilinganlar Ayollar, qurol koʻtarish va jangda ishtirok etishga yaroqsiz erkaklar, keksalar, bolalar kishi
Harbiy kasb bilan mashgʻul boʻlganlar Piyodalar
Artilleriya
Oʻqchilar
Otliqlar
Muntazam qoʻshinlar safida 40000 kishi
Moliyaviy holati
Byudjeti Aholidan olingan soliqlar orqali taʼminlangan
Sanoati
Ichki taʼminotchilar Buxoro amirligi
Ziyovuddin bekligi
Tashqi taʼminotchilar Rossiya imperiyasi
Eron shohligi
Afgʻoniston amirligi
Xiva xonligi
Qoʻon xonligi
Britaniya imperiyasi
Ilova

Buxoro qoʻshini – Buxoro amirligi qurolli kuchlari. Armiya sarbozlar deb ataluvchi muntazam qoʻshin va navkarlar deb nomlangan cherik (xalq lashkari)dan iborat boʻlgan. Gʻazavot eʼlon qilingan paytda qoʻliga qurol oladigan barcha musulmonlar harbiy xizmatga jalb etilgan.

Qoʻshin tuzilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oliy harbiy hokimiyat va qoʻshin boshqaruvi amirga tegishli boʻlgan. Butun artilleriya va piyodalarning bosh qoʻmondonligi toʻpchiboshiga yuklatilgan boʻlib, urush paytida toʻpchiboshi butun qoʻshin (jumladan, otliqlar)ga ham yetakchilik qilgan. Qoʻshin taʼminoti nazorati bilan qoʻshbegi, pul va liboslar bilan taʼminlash devonbegi, oziq-ovqat zaxirasi bilan Ziyovuddin bekligi shugʻullangan. Nomuntazam qoʻshin (xalq laskari) harbiy xizmatga chaqirilgandan soʻnggina harbiy boshqaruv ixtiyoriga oʻtgan.

1837—1845-yillarda amir Nasrulloning noibi va artilleriya boshligʻi Abdusamad Tabriziy Buxoro amirligining siyosiy hayotida katta taʼsirga ega boʻladi. Tabriziy Buxoroda sarbozlar va toʻpchilar otryadi tashkil etilishi tashabbuskorlaridan biri boʻlgan. Otliq qoʻshinda xizmat qilayotganlar oʻz otlariga ega boʻlishi shart hisoblangan Ziyovuddin bekligi esa artilleriyani otlar bilan taʼminlashga hamda ularni davolash, yem-xashagini yetkazib berish majburiyatini olgandi.

Amirlik harbiy bayrogʻi

Amirlikning shtandarti (harbiy bayrogʻi) toʻrtburchak shakldagi och yashil rangda boʻlib, bayroq dastasi boʻylab tilla suvida amirning ismi bayroqning boʻsh chetiga esa kalimai shahodat yozilgan. Yozuvlar orasiga tilla rangda yarimoy va besh qirrali yulduz hamda xamsa tasviri tushirilgan. Bayroqning hoshiyasi toʻq sariq rangda boʻlib, unga qora naqshlar tushirlgan[1].

Harbiy lavozimlar tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buxoro qoʻshinida quyidagi harbiy lavozimlar mavjud boʻlgan:

  • Olomon – oddiy askar
  • Chorogʻachi – unter-ofitser, serjant
  • Yuzboshi – kapitan
  • Choʻronboshi – leytenant
  • Toʻqsabo – polk kpmandiri, podpolkovnik yoki polkovnik
  • Qoʻrgʻonbegi – brigada generali
  • Mingboshi – bir necha polk komandiri, diviziya generali, general-mayor
  • Farmonchi – qoʻshinlar qoʻmondoni, marshal, general-leytenant.

Piyoda askarlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Buxoro armiyasi XX asr

Dastlab Buxoro qoʻshini faqat otliqlardan iborat boʻlsa, 1837-yilgi Nasrulloxon oʻtkazgan harbiy islohot natijasida sarboz piyoda askarlari paydo boʻldi. Keyinchalik piyoda askar 2 bayrak (rota) amir qoʻriqchisi (jilyau) va beshta sarbozlar guruhi, jami 14 ming kishidan iborat boʻlgan. Piyoda qoʻshinlarining qurollari qisman qisman miltiqli, nayzali pichoqli qurollaridan iborat edi.

Sipohiylikka 15 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan erkaklar olingan. Qoʻshin tarkibida keksayganlar koʻp boʻlgan. Amirlikning qoʻshinida keksayib qolgan askarlar koʻp boʻlgan. Amirlikning yillik daromadi 2 mln 300 ming soʻm boʻlgani holda, uning 1 mln 300 mingi qoʻshin qoʻshinni saqlashga sarflangan[2].

XIX asr oʻrtalariga oid maʼlumotlarga koʻra, jami 700 kishidan tashkil topgan sarbozlar har biri 100 talik 7 ta dastaga boʻlingan. Har bir dasta oʻz navbatida, 2 ta nim dastaga, 4 ta rassadga va 8 ta baraga boʻlingan. Yuz kishidan tashkil topgan harbiy dasta boshligʻi yuzboshi boʻlgan. Yuzboshiga boshqaruv ishlarida yordamchisi qorovulbegi koʻmaklashgan. Oʻz navbatida qorovulbegiga vazifasini bajarishda panjaboshi-xurd yordamlashgan. Oʻn kishidan iborat sarbozlar qismini dahboshi boshqargan[3].

XIX asrning 30-yillariga tegishli maʼlumotlarga qaraganda, Buxoro amirligining askarlari 19 000 boʻlgan. Buxoro qoʻshiniga bu davrda bir yilda rus rubli bilan hisoblaganda 150 rubl ajratilgan va bu mablagʻ qisman joʻxori, bugʻdoy, pichan bilan toʻlangan[4].

1883-yilda Turkiston general-gubernatorining buyrugʻi bilan amirga 100000 oʻq bilan 1000 Berdan miltigʻi sovgʻa qilinadi[5]. Ofitserlar qilich va revolverlar bilan qurollangan edi. XIX asr 30-yillariga oid maʼlumotlarga koʻra, Buxoro amirligida 19000 askar boʻlgan. Navkarlarning juda oz qismida pilta miltiq boʻlgan, koʻpchiligi esa nayzalar va qilichlar bilan qurollangan edi. Baʼzi navkarlar sovut kiyganlar, charmdan yoki temirdan ishlangan qalqonlari ham boʻlgan. Qoʻshinga Buxoro viloyatidan 12 ming askar, Samarqanddan – 2500, Qarshidan – 2500, Maymanadan −1000, Qorakoʻldan −1000 ta askar yetkazib berilgan[6].

Buxoro amirligi qoʻshinidagi dastalarda askarlar soni bir xilda boʻlmagan. Har qaysi urugʻ va hudud mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib yoki amirlikdagi nufuziga qarab qoʻshin soni belgilangan. Bundan tashqari, qoʻshin tarkibida turli davlatlar fuqarolari hisoblangan harbiy asirlar, qullar va boshqa toifa vakillari ham mavjud edi.

Otliqlar jang paytida otliq tarkibda harakat qilishlari kerak boʻlgan 10 ming sipohiy va 8 ta polk (4 ming) xasabardordan iborat boʻlgan. Otliqlarning bir qanchasi miltiqlar bilan qurollangan. Ularning soni 4 ming kishini tashkil etgan. Otliqlarning qurollanishi xanjar va toʻpponcha va boshqalardan iborat boʻlgan. Xasabardorlar nayzalar oʻrniga ogʻirligi 50 funt boʻlgan choʻyan tayoqlardan yasalgan lochinlar bilan qurollangan edilar. Ayrim manbalarga koʻra, 1830—1832-yillarda Buxoroda 20 000 kishilik otliq qoʻshin boʻlgan. Amirlikning turli hududlarida 50 000 kishilik otliq qoʻshin (ulardan 10 000 kishi Balxda va Amudaryodan janubdagi hududlarda) ham mavjud edi. Manbalarda keltirilishicha, bu qoʻshin eljari (hozirgi militsiya) shaklidagi qoʻshin turi boʻlib, u mamlakat ichidagi ichki xavfsizlikni taʼminlagan.

Buxorodagi eski toʻplar

1837-yilda amir Nasrulloh mangʻit amirlari ichida birinchi bor piyoda sarbozlar tarkibidan toʻpchilardan iborat doimiy harbiy boʻlinmaga asos solgan. Amirlik artilleriyasi Eronda ishlab chiqarilgan bir necha toʻplardan tashkil etilgan boʻlib, ularning uch-toʻrttasi lafet (temir suyanchiq) ga ega edi. 1837-yildayoq 250 dan ortiq kishi esa artilleriya qoʻshinlari toʻpchilar safiga qabul qilingan. 1830—1832-yillarda amirlik ixtiyorida ixtiyorida 41 ta artilleriya toʻpi boʻlgan.

Texnik xizmat koʻrsatish xarajatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

XIX asrning 2-yarmida Buxoro Rossiya imperiyasi tomonidan boʻysundirilgach, Buxoro amiri qoʻshinida turli maʼlumotlarga koʻra 10 mingdan 14 ming sarbozgacha boʻlgani qayd etilgan[7]. Buxoro xonligining safarbarlik imkoniyatlari urush davrida 60 minggacha askarni maydonga tushirish imkonini bergan[8]. 14 quroli bilan 10 ming kishi poytaxtda, 2 ming kishi 6 qurol bilan Shahrisabz va Kitobda, 3 ming kishi mustahkamlangan shaharlar: Ziadin, Karmana, Gʻuzor, Sherobod va boshqalar garnizonlarda yigʻila olgan. Eng muhim istehkomlar: Buxoro, Qarshi, Nurota, Vardonze va Hisorda mavjud[9]. Armiyani saqlash amirga yiliga 1,5 million rublga tushgan. Harbiy xizmatchilarga beriladigan nafaqalar qisman pul shaklida, qisman natura shaklida maʼlum miqdorda bugʻdoy botmonlari shaklida berilgan.

  1. „Бухара“. 2020-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-may.
  2. O'zbekiston tarixi. o'zbekiston harbiy san'ati tarixi. Toshkent Ma'naviyat 2023 — 320-bet. ISBN 978-9943-04-496-8. 
  3. Троицкая А.Л.. Военное дело в Бухаре в первой половине XIX в. Сталинабад, 1953: Труды Академии наук Таджикской ССР — 213-bet. 
  4. Н.А. Халфина. Записки о Бухарском ханстве (Отчеты П.И. Д ем ею н а и И.В. Виткевича). Москва: Наука, 1983 — 71-72-bet. Qaraldi: 31-avgust 2024-yil. 
  5. Pixterev. „Армия Бухарского эмира“ (ruscha) 8-bet. Qaraldi: 2023-yil 16-iyul.
  6. Mamatqobulov To‘lqin. [https://cyberleninka.ru/article/n/amir-nasrulloxon-amalga-oshirgan-harbiy-islohotlar/viewer „AMIR NASRULLOXON AMALGA OSHIRGAN HARBIY ISLOHOTLAR“] (o'zbekcha) (oktyabr 2021-yil). Qaraldi: 2023-yil 16-iyul.
  7. Yegorenko O. A. „Zarubejnaya istoriografiya anglo-russkogo protivoborstva v Buxarskom emirate do i posle ustanovleniya Rossiyskogo protektorata“ // Omskiy nauchniy vestnik, 2007. str. 22.
  8. „Бухарский поход“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-may.
  9. Леер Г.А.. Энциклопедия военных и морских наук. Том 1, СПб.: тип. В. Безобразова и Комп. (ruscha), 1883 — 552-bet.