Kontent qismiga oʻtish

Buxoro temirchilik hunari tarixi muzey-ustaxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Buxoro temirchilik hunari tarixi muzey-ustaxonasi
Buxoro temirchilik hunari tarixi muzey-ustaxonasi
Asos solingan sanasi 1992-yil
Manzili Buxoro shahar
Sayti https://www.bukharamuseums.uz

Buxoro temirchilik hunari tarixi muzey-ustaxonasi — Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi tarkibidagi muzey. Mazkur muzey Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi tarkibida 1992-yil tashkil topgan.

XVI asrda „Temirchilik ustaxonasi“ tashkil topgan. Shayboniylar davrida juda koʻp savdogarlar Buxoroda kelib, savdo-sotiq qilishgan. Savdogarlar savdo-sotiq qilishgandan „Saroyi Kulyuta“da dam olishgan. Otlarini esa, hozirgi kunda temirchilik ustaxonasida joylashgan. Oʻrta Osiyoda 1913-yilda kosib-hunarmandchilik 72 foizini metall buyumlar ishlab chiqarish tashkil qilgan. Metallni qayta ishlash, unga ishlov berish 19 xil sohaga boʻlingan. XIX asr oxiri—XX asr boshida Buxoro shahrida 150 ta temirchilik doʻkoni boʻlib, shundan 30 tasi ketmonsozlik, 50 tasi oʻroqsozlik bilan mashhur boʻlgan. Buxoro shahar xalq deputatlari kengashi prezidumining 1991-yil 18-yanvardagi Buxoro shaharidagi meʼmorchilik yodgorliklarini muzeylashtirish haqidagi qarori asosida „Zabuda“ masjidida „Temirchilik tarixi hunari muzeyi-ustaxonasi“ tashkil etilgan. Temir 1300-1400 issiqlik haroratida Damm (pech)da qizdiriladi undan qurolllar va kundalik turmushga zarur buyumlar tayyorlangan. Musulmon rivoyatlariga koʻra metalldan buyum yasash musulmonlarning muqaddas kitobi Qurʼondagi Dovud obrazi bilan bogʻliq. Rivoyatlarga koʻra temir Dovudning qoʻlida mumga aylangan ekan. Firdavsiyning „Shohnomasi“ da epik, shu bilan birga musulmon davrigacha boʻlgan anʼana aks ettirilgan. Unga koʻra Eron hukmdorlari sulolasining yetakchisi Xushang birinchi temirchi boʻlgan. Muzeyda ekspozitsiya va hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun xona joylashgan. 1992-yilda XVIII asrning arxetektur yodgorligi boʻlgan „Saroyi Kulyuta“da mazkur hunarmandchilik yoʻnalishiga bagʻishlangan muzey ochishga qaror qilingan. Mazkur yodgorlik ilk oʻrta asrlar davrida Buxoro shahrining eski shahar qismida joylashgan. Oʻsha davrda yodgorlikdan uncha uzoq boʻlmagan joyda „Bobi Oxanin“ (Temir darvoza) nomli shahar darvozasi, temirchilar va pichoqchilar ustaxonasi joylashgan boʻlgan. Bu haqida XV asrda yashagan buxorolik tarixchi Mullazoda oʻzining kitobida batafsil yozgan. Ustaxonada oʻng tomonda koʻzalar, charxlar va bolgʻalar turibdi. Chap tomonda esa, samovarlar, qaychilar va patnizlar bor. Ustaxonaning markaziy qismida esa, koʻza simon Damm (pechkasi) va sangdon turibdi. Hozirgi kungacha „Temirchilik ustoxonasi“da Temirchi Kamolovlar sulolasining 5-6 avlodlari faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Jumladan ustalar turli xil „Temirchilik“ va „Hunarmanchilik“ koʻrik tanlovlarga ishtirok etib, oʻzlarini mahoratlarini koʻrsatib kelmoqdalar. Muzey tashqi hovlisi 1990-yilda Buxoro shahar hokimligi tomonidan qayta taʼmirlangan. Hovli 9 metrli ayvon va 3 ta gujumdan qilingan ustundan iborat[1].

Muzey tuzilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mazkur muzey ikki boʻlimdan iborat: birinchi boʻlim XVI—XIX asrlarga oid temirchilik ishlari oʻz ichiga oladi va ikkinchi boʻlim XX asr boshlaridan hozirgi davrgacha boʻlgan temirchilik ishlarini oʻz ichiga oladi. 1992-yil dekabr oyida muzey ekspozisiyasini takomillashtirish va uni yangi eksponatlar bilan boyitish maqsadida „Zabuda“ masjidida ekspozisiya maydoni katta boʻlgan alohida „Kulyuta“ karvon saroyiga koʻchirilgan. Ayni paytda jami Temirchilik hunari tarixi haqida 72 eksponat namoyish etilmoqda[2].

  1. Ernazarov E. Buxoro davlat meʼmoriy-badiiy muzey-qoʻriqxonasi (ўзбек, рус ва инглиз тилларида). SM Print: Toshkent, 2004 — 223-bet. 
  2. Арсланова Ф, Алиев Р. Музеи древней Бухары (ўзбек, рус ва инглиз тилларида). Бухоро нашриёти: Бухоро, 2015 — 96-bet.