Kontent qismiga oʻtish

Cerro Largo departmenti

Koordinatalari: 32°23′0″S 54°17′0″W / 32.38333°S 54.28333°W / -32.38333; -54.28333
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Cerro Largo
Skyline of Cerro Largo
Cerro Largo
Bayroq
Cerro Largo
Gerb
32°23′0″S 54°17′0″W / 32.38333°S 54.28333°W / -32.38333; -54.28333
Mamlakat Urugvay
Asos solingan 1821-yil
Aholisi
84,698
Vaqt mintaqasi UTC-3:00
Cerro Largo xaritada
Cerro Largo
Cerro Largo
Melo shahri yaqinidagi Posta del Chuy mehmonxonasi.

Cerro Largo departamenti (ispancha talaffuzi:[ˈsero ˈlaɾɣo]) – Urugvay davlatining 9 ta departamentidan biri. Poytaxti Melo shahri. Departament mamlakatning sharqiy qismida joylashgan. Shimoli-sharqda Braziliya bilan chegarasi Yaguaron daryosi hisoblansa, janubda Treinta y Tres departamenti, gʻarbda Durazno departamenti va shimoli-gʻarbda Negro daryosi orqali Tacuarembó hamda Rivera departamentlari bilan tashkil qilgan chegaralari mavjud.

XVIII asrning oxiriga kelib bu hududlarda mahalliy aholidan tashqari, ispanlar va portugallar ham istiqomat qilgan. 1795-yilda ispan piyodalari kapitani Agustin de la Rosa portugal va hindlarning hujumlarini qaytarish uchun qal’a qurish maqsadida Melo shahriga asos solgan. 1816-yilda ushbu hudud portugallar tomonidan bosib olingan[1]. Shahardan 15 kilometr uzoqlikda joylashgan Posta del Chuy tarixiy mehmonxonasi va 1855-yilda Etcheverri tomonidan Chuy del Tacuarí daryosi ustida qurdirilgan tosh koʻprik mamlakatning eng mashhur tarixiy obyektlari hisoblanadi. Cerro Largo 1830-yilda tashkil etilgan Urugvayning dastlabki toʻqqizta departamentidan biridir. Keyinchalik departamentning katta bir qismida Treinta y Tres nomli yangi departament tashkil qilingan.

Cerro Largo aholisining etnik guruhlari[2].
Etnik guruhlar Foiz
Oq tanlilar
  
90.2%
Qora tanlilar
  
10.9%
Hindular
  
4.2%
Osiyoliklar
  
0.5%
Boshqalar
  
1.0%

2011-yilda roʻyxatga olingan statistik maʼlumotlariga koʻra, Cerro Largo departamentida 84,698 (41,050 erkak va 43,648 ayol) nafar aholi va 35,841 ta xonadon mavjud[2]. Cerro Largo departamenting 5,936 nafar aholisi qishloqlarda yashaydi.

Departamentning 2010-yildagi demografik koʻrsatkichlari[3]:

  • Aholining oʻsish sur’ati: 0.571%
  • Tugʻilish darajasi: 15.95 tugʻilish/1000 kishi
  • Oʻlim darajasi: 8.64 oʻlim/1000 kishi
  • Oʻrtacha yoshi: 32.1 (31.0 erkaklar, 33.0 ayollar)
  • Tugʻilganda kutilayotgan umr koʻrish:
    • Umumiy aholi uchun: 75.86 yosh
    • Erkaklar uchun: 72.58 yosh
    • Ayollar uchun: 79.04 yosh
  • Bitta xonadonning oʻrtacha daromadi: oyiga 18,880 peso
  • Aholi jon boshiga shahar daromadi: oyiga 7<801 peso
Asosiy shahar markazlari Boshqa shahar va qishloqlari
2011-yilgi maʻlumotlar asosida[4].
Shahar / Qishloq Aholi soni
Melo 51,830
Río Branco 14,604
Fraile Muerto 3,168
Isidoro Noblía 2,331
Aceguá 1,511
Tupambaé 1,122
Shahar / Qishloq Aholi soni
Barrio López Benítez 522
Hipódromo 505
Lago Merín 439
Plácido Rosas 415
Barrio La Vinchuca 388

Departament xaritasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Cerro Largo departamenti xaritasi.

Mashhur shaxslari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Aparicio Saravia, 1904-yilda Masoller jangida vafot etgan taniqli partiya rahbari.
  • Villanueva Saravia, mintaqaviy partiya rahbari.
  • Rodolfo Nin Novoa, Urugvay vitse-prezidenti (2005—2010).
  1. „Historia de Cerro Largo“. Intendencia de Cerro Largo (2012). Qaraldi: 2012-yil 17-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 „Población por sexo y ascendencia étnico racial, según departamento.“ (es). National Institute of Statistics. 2020-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Uruguay en cifras“ (Spanish) (PDF). INE (2011). 2012-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-oktyabr.
  4. „Censos 2011 Cuadros Cerro Largo“. INE (2012). 2012-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-avgust.