Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti | |
Xalqaro nomi |
Chirchik state pedaggogical university |
---|---|
Turi | universitet |
Asos solingan sanasi | 2017-yil |
Prezidenti | Shavkat Mirziyoyev |
Rektori | Gʻofurjon Muhamedov[1] |
Fakultetlar | 10ta |
Bakalavriat | 4 yil |
Magistratura | 2 yil |
Aspirantura | 3 yil |
Doktorantura | 3 yil |
Joylashuvi |
Chirchiq , Oʻzbekiston |
Veb-sayti | cspu.uz |
Chirchiq davlat pedagogika universiteti (ChDPU) — Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan, pedagogika yoʻnalishi boʻyicha taʼlim beruvchi universitet.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Universitet Oʻzbekiston Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3152 sonli Qaroriga asosan maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining tarbiyachilar, boshlangʻich sinf ayniqsa aniq fanlar va chet tillari boʻyicha oʻqituvchilarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish, tumanlar va qishloq joylaridagi taʼlim muassasalarini yuqori malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash hamda xalqaro standartlar darajasiga mos oliy maʼIumotli pedagog kadrlar tayyorlash tizimini joylarda tashkil etishni yanada takomillashtirish va taʼlim sifatini yaxshilash maqsadida tashkil etildi[2] .
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taʼlim jarayoni Oʻzbekiston hukumati tomonidan belgilangan ikki turda tashkil etilgan: universitetda oʻqishning birinchi turi kontrakt asosida boʻlishi belgilangan. Barcha oʻquv yigʻimlari Oʻzbekiston hukumati standartlari bilan belgilangan boʻlib, universitetda shartnoma asosida tahsil olayotgan har bir talaba toʻlov-shartnomani oʻz vaqtida toʻlashi lozim. Chirchiq davlat pedagogika universitetida oʻqishning ikkinchi turi grant asosida boʻlishi belgilangan. ChDPUda oʻqish muddati bakalavr darajasini olish uchun 4 yil, magistratura uchun 2 yil etib belgilangan. Oʻquv dasturlari va darsliklar talabalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim standartlariga asosan ishlab chiqilgan boʻlib, oʻquv jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan nazorat qilinadi. Universitetning administrativ qismi Oʻzbekistonning boshqa milliy universitet va institutlari bilan bir xil. Universitet rahbari rektor hisoblanib, universitetda 4ta prorektor faoliyat koʻrsatadi. Barcha fakultetlar dekanlar tomonidan, kafedralar esa mos ravishda professor-oʻqituvchilar tomonidan nazorat qilinadi.
Fakultetlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Universitet quyidagi 10ta fakultetdan tashkil topgan:
- Matematika va informatika fakulteti
- Fizika va kimyo fakulteti
- Tabiiy fanlar fakulteti
- Gumanitar fanlar fakulteti
- Pedagogika fakulteti
- Maktabgacha taʼlim fakulteti
- Boshlangʻich taʼlim fakulteti
- Turizm fakulteti
- Sport va chaqiriqqacha harbiy taʼlim fakulteti
- Sanʼatshunoslik fakulteti
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Chirchiq davlat pedagogika institutiga rektor tayinlandi“. https://kun.uz. Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
- ↑ "Chirchiq davlat pedagogika universiteti" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Manzil: Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Amir Temur koʻchasi, 104-uy
- Telefon: +998 70 716-68-05
- E-mail: tvchdpi@edu.uz
- TVChDPU rasmiy Telegram sahifasi
- TVChDPU rasmiy Instagram sahifasi
- TVChDPU rasmiy Facebook sahifasi
- TVChDPU rasmiy veb-sayti (Wayback Machine saytida 2024-03-25 sanasida arxivlangan)
Wikimedia Commonsda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti mavzusiga oid fayllar bor. |