Christina Koch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Christina Koch
Tavalludi 29-yanvar 1979-yil (1979-01-29) (45 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Millati amerikalik
Kosmik karyera
Kosmosdagi vaqt
328 kun 13 soat 58 daqiqa
Jami EVA vaqti
42 soat 15 min
Missiyalar MS-12/MS-13 (Expedition 59/60/61)
Missiya belgisi
ISS Expedition 59 logo ISS Expedition 60 logo ISS Expedition 61 logo

Christina Koch ( talaffuzi: Kristina Kuk 1979-yil 29-yanvarda tugʻilgan) — amerikalik muhandis va NASA astronavti[1][2]. U Shimoliy Karolina shtat universitetida elektrotexnika va fizika fanlari bo'yicha bakalavr hamda elektrotexnika fanlari magistri darajasini olgan[3]. U Goddard kosmik parvozlar markazida ishlab, ilg'or ta'lim oldi. U Milliy okean va atmosfera ma'muriyatida Amerika Samoasi stantsiyasi boshlig'i sifatida faoliyat yuritgan[4].

Christina 2019-yil 14-mart kuni Xalqaro kosmik stansiyaga 59, 60 va 61 - ekspeditsiyada parvoz muhandisi sifatida uchdi. 2019-yil 18-oktyabrda u va Jessika Meir, Xalqaro kosmik stansiyadan tashqarida joylashgan blokini almashtirish uchun birgalikda faoliyat olib borishdi, natijada ochiq koinotda ishlagan birinchi ayollar sifatida tarixda qolishdi[5][6]. Christina 2019-yil 28-dekabr kuni koinotda eng uzoq parvoz qilish bo‘yicha rekordni yangiladi[7]. U 2020-yil 6-fevralda koinotdan qaytdi[8].

Koch Time jurnalining 2020-yilning "nufuzli 100 kishisi" ro‘yxatiga kiritilgan.

Erta hayot va ta'lim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Christina Michigan shtatining Grand Rapids shahrida tug'ilgan[9]. Christinaning bolalikdagi orzusi kosmonavt bo'lish edi[10].

Christina 1997-yilda Durhamdagi Shimoliy Karolina fan va matematika maktabini tamomlagan, soʻngra Rolidagi Shimoliy Karolina shtat universitetiga oʻqishga kirgan. U yerdan elektrotexnika va fizika boʻyicha ikkita fan bakalavri (2001) va magistrlik darajasini oldi. 2001-yilda u Goddard kosmik parvozlar markazida NASA akademiyasi dasturining bitiruvchilri safida edi[11].

Tadqiqot va trening[tahrir | manbasini tahrirlash]

Christina 2013-yilda cho'lda omon qolish bo'yicha mashg'ulot paytida

Christina kosmik fan asboblarini ishlab chiqish va muhandislik sohalarida ishlagan. NASA GSFC yuqori energiyali astrofizika laboratoriyasida elektrotexnika muhandisi boʻlib ishlagan. Hamda astrofizika va kosmologiyani oʻrganuvchi NASAning bir qancha missiyalariga hissa qo'shgan [11]. Shu vaqt ichida u Merilend shtatidagi Montgomeri kollejida ishlagan va fizika laboratoriyasi kursini boshqargan[11].

Christina 2004-yildan 2007-yilgacha Amerika Qo'shma Shtatlari Antarktika dasturida tadqiqotchi bo'lib ishlagan hamda uch yarim yil davomida Arktika va Antarktika mintaqalarida sayohat qilgan[11][12]. Antarktidada bo'lganida, Koch o't o'chirish guruhlari va okean/muzliklarni qidirish va qutqarish guruhlari a'zosi bo'lib xizmat qilgan[11].

2007-yildan 2009-yilgacha Koch Jons Xopkins universiteti qoshidagi Amaliy fizika laboratoriyasining kosmik bo'limida elektrotexnika muhandisi bo'lib ishlagan hamda kosmik fan asboblarini yaratishga e'tibor qaratgan[11]. U NASA missiyalari uchun radiatsiya zarralarini o'rganuvchi asboblarga, jumladan Juno va Van Allen zondlariga hissa qo'shgan[11]. 2012-yilda u Milliy Okean va Atmosfera Boshqarmasida (NOAA) ikkita lavozimda ishlagan: avval NOAAning Barrou Alyaskadagi (hozirgi Utqiaġvik) Global monitoring boʻlimi bazaviy observatoriyasida dala muhandisi, soʻngra Amerika Samoa rasadxonasi stansiyasi boshligʻi[11].

Astronavt faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koch 2001-yilda GSFCdagi NASA Akademiyasi dasturini tamomlagan. U 2002-yildan 2004-yilgacha GSFC yuqori energiya astrofizikasi laboratoriyasida elektrotexnika muhandisi bo‘lib ishlagan[13].

2013-yil iyun oyida Koch NASA tomonidan Astronavtlar guruhi 21 tarkibiga kiritildi. U 2015-yil iyul oyida treningni tugatdi va u kelajakdagi missiyalar uchun tayyorlandi[2]. U tayyorgarlik davomida: Xalqaro kosmik stansiya tizimlari bo'yicha intensiv o'qitish, kosmosda yurish, robototexnika, fiziologik tayyorgarlik, T-38 parvozini tayyorlash, suv va cho'lda omon qolish bo'yicha mashg'ulotlarni o'tagan[11].

Ekspeditsiya 59 ekipaj a'zolari Enn Makkleyn, Oleg Kononenko va Devid Sent-Jak 2019-yil 14-mart kuni Xalqaro kosmik stansiyaga kelgan yangi ekipaj a'zolari Nik Xeyg, Aleksey Ovchinin va Kochni (pastki o'ngda) kutib olishdi.

2019-yil 14-mart kuni Koch 59/60/61 Ekspeditsiya ekipajiga qo‘shilish uchun Aleksey Ovchinin va Nik Xeyg bilan birga Soyuz MS-12 da Xalqaro kosmik stansiyaga uchdi[14].

Koch o'zining birinchi EVA ni 29-mart kuni o'tkazishi kerak edi; ammo skafandr o'lchami bilan bog'liq muammolar tufayli bu keyinroqqa qoldirildi[15]. Koch 18-oktyabr kuni XKSning energiya tizimlari va fizika observatoriyalarida uzoq davom etgan tayyorgarliklardan so'ng, Jessika Meir bilan, birinchi ayollardan iborat koinot sayohatini amalga oshirdi.[16][17][18].

2019-yil 17-aprelda, Tijorat ekipajini rivojlantirish dasturi bilan qayta tayinlash jadvallari tufayli Kochning missiyasi 2020-yil fevraligacha uzaytirildi. U 6-fevral kuni 328 kundan so‘ng Yerga qaytdi va Peggi Uitsonning (289 kun) rekordini yangiladi. Kochning kengaytirilgan missiyasi uzoq muddatli kosmik sayohatning ayollarga jismoniy, biologik va ruhiy ta'sirini o'rganish uchun xizmat qildi[19].

Koch NASAning 2025-yilga mo'ljallangan Artemis dasturi uchun ekipaj a'zolaridan biri sifatida saylandi[20].

Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koch turmush o'rtog'i Robert bilan Texasda yashaydi[3]. U sayr qilishni, toshga chiqishni, eshkak eshishni, suzishni, yugurishni, yoga bilan shug'ullanishni, jamoat ishlarini va sayohat qilishni yaxshi ko'radi[11].

Mukofot va unvonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koch NASA va Jons Xopkinsdagi faoliyati davomida bir qator mukofotlarni qo'lga kiritdi, jumladan, NASA guruhining muvaffaqiyati mukofoti, Jons Xopkins universiteti amaliy fizika laboratoriyasi, "Yil ixtirosi" nominatsiyasi, 2009-yil; Amerika Qo'shma Shtatlari Kongressi Antarktika xizmati medali, "Qish mavsumi" farqi bilan, 2005-yil; NASA Group Achievement mukofoti;

2020-yil dekabr oyida Kochga Shimoliy Karolina shtat universitetining faxriy fanlar doktori ilmiy darajasi berildi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Roberts. „2013 Astronaut Class“. NASA (2017-yil 3-avgust). 2013-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-iyun.
  2. 2,0 2,1 „NASA's Newest Astronauts Complete Training“. NASA (2015-yil 9-iyul). 2019-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-oktyabr.
  3. 3,0 3,1 „Christina Hammock Koch NASA Astronaut“. NASA (2015-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 15-mart.
  4. „NASA announces eight new astronauts, half are women“. Phys.org (2013-yil 17-iyun). Qaraldi: 2019-yil 21-oktyabr.
  5. Kowal, Mary Robinette. „Christina Koch Lands on Earth, and Crosses a Threshold for Women in Space - The astronaut completed three all-female spacewalks and set a record for time in space, but you should remember her for much more.“. The New York Times (2020-yil 6-fevral). Qaraldi: 2020-yil 6-fevral.
  6. „Space walking“,DK Smithsonian Space: a visual encyclopedia, 2nd, New York: DK Publishing, 2020 — 97 bet. ISBN 9781465494252. 
  7. Harwood, William. „Koch marks record stay in space for female astronaut“. SpaceFlightNow.com (2019-yil 30-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 31-dekabr.
  8. Rincon, Paul. „New female space record for Nasa astronaut“ (en-GB). BBC News (2020-yil 6-fevral). Qaraldi: 2020-yil 6-fevral.
  9. Raven. „NASA's first all-women spacewalk features Michigan native“ (en-US). mlive.com (2019-yil 8-mart). Qaraldi: 2019-yil 18-mart.
  10. Staff. „Jacksonville astronaut will 'carry the dreams of everyone' to space“ (en). The Daily News. 2019-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-oktyabr.
  11. 11,00 11,01 11,02 11,03 11,04 11,05 11,06 11,07 11,08 11,09 Whiting. „Christina Hammock Koch NASA Astronaut“. NASA (2015-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 29-mart.
  12. Herman. „N.C. State grad joins space race“ (en-US). Business North Carolina (2018-yil 30-iyul). Qaraldi: 2019-yil 18-mart.
  13. „Five Facts about Space Camp Astronaut Alumna Christina Koch!“. Space Camp. U.S. Space and Rocket Center (2019-yil 8-mart). 2019-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-aprel.
  14. Gebhardt, Chris. „Soyuz MS-12 docks with the Space Station“. NASASpaceflight.com (2019-yil 14-mart).
  15. Berger, Eric. „It's unfortunate NASA canceled the all-female EVA, but it's the right decision“ (en-us). Ars Technica (2019-yil 26-mart).
  16. „NASA Astronauts Spacewalk Outside the International Space Station on Oct. 18“. NASA (2019-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
  17. „Voor het eerst maakt vrouwelijk duo ruimtewandeling bij ISS“ (nl). nu.nl (2019-yil 18-oktyabr).
  18. Garcia. „NASA TV is Live Now Broadcasting First All-Woman Spacewalk“. NASA Blogs. NASA (2019-yil 18-oktyabr). 2019-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
  19. Roulette, Joey. „NASA astronaut Christina Koch returns to Earth after record mission“ (en). Reuters (2020-yil 6-fevral). Qaraldi: 2020-yil 6-fevral.
  20. „NASA: The Artemis Team“. NASA. Qaraldi: 2020-yil 10-dekabr.