Kontent qismiga oʻtish

Claude Makélélé

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Claude Makélélé
Makélélé in 2024
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Claude Makélélé Sinda[1]
Tavallud sanasi 18-fevral 1973-yil (1973-02-18) (51 yosh)[2]
Tavallud joyi Kinshasa(hozirgi Kongo DR), Zaire
Boʻyi 1.74 m (5 ft 9 in)
Ampluasi Tayanch yarim himoyachisi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1991–1997 Nantes 169 (9)
1997–1998 Marseille 32 (2)
1998–2000 Celta Vigo 70 (3)
2000–2003 Real Madrid 94 (1)
2003–2008 Chelsea 144 (2)
2008–2011 Paris Saint-Germain 98 (1)
Milliy terma jamoa
1993–1994 Fransiya U-21 7
1995-2008 Fransiya 71
Boshqargan klublari
2014 Bastia
2017-2019 Eupen
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)


Claude Makélélé Sinda (18-fevral 1973) — futbol murabbiyi va sobiq professional futbolchi boʻlib, tayanch yarim himoyachisi sifatida faoliyat olib borgan. Eng buyuk tayanch yarim himoyachilaridan biri sifatida tan olingan Makélélé ingliz futbolida oʻz pozitsiyasining oʻrinini qayta belgilagan, ayniqsa, 2004-2005-yilgi mavsum Premyer Ligada u 95 ochko bilan Chelsea titulni qoʻlga kiritishida muhim rol oʻynagan[3].

Parij Sent-Germainda faoliyatini tugatgan futbolchi kareyrasi davomida Nantes, Marseille, Celta Vigo, Real Madrid va Chelsea jamoalari tarkibida ham toʻp surgan. Makélélé faoliyati davomida Fransiya, Ispaniya va Angliya ligalarida goʻlib boʻlgan, shuningdek, Real Madrid bilan 2001-02-yilgi UEFA chempionlar ligasida ham gʻolib boʻlgan[4]. Bundan tashqari, Makélélé bir marta Chelsea tarkibidaligida FIFPRO Erkaklar yil jamoasiga ham kiritilgan[5].

Zair shahrida tugʻilgan Makélélé 13 yil davomida Fransiya milliy terma jamoasida toʻp surgan. 2006-yilgi FIFA Jahon chempionatining finalgacha yetib borgan Fransiya milliy terma jamoasining tarkibida boʻlgan. U shuningdek, oʻz terma jamoasi bilan 2002-yilgi FIFA jahon chempionatida, ikki marotaba UEFA Yevropa chempionati va 1996-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi.

Faoliyatini yakunlagan Makélélé murabbiy va texnik xodim lavozimlariga faoliyat yuritadi. U Bastia va Eupen jamoalari menejeri; Paris Sent-Germain va Swanseada yordamchi menejer; Chelseada yoshlar jamoasi murabbiyi va texnik mentor va Monakoda texnik direktor lavozimlarida ishlagan[6].

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Makelélé Zairning(hozir Kongo Demokratik Respublikasi) Kinshasa shahrida tugʻilgan. U 1977-yilda, toʻrt yoshida, Parijning yaqinidagi Savigny-le-Temple shaharchasiga koʻchib oʻtdi. Uning otasi André-Joseph Makélélé ham futbolchi edi. U Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi uchun oʻynagan boʻlib, Belgiyaning uchinchi diviziyasida Union Royale Namur klubida kareyrasini yakunlagan[7].

1992-1993-yilgi mavsum boshida Makélélé allaqachon Nantesning birinchi jamoasida Liga 1 da toʻp surardi. U besh mavsum davomida Nantsda oʻynadi, 1995-yilda Liga 1 da gʻalaba qozonadi va klubni UEFA chempionlar ligasi yarim finalgacha yetib borishida katta yordam beradi. Shundan soʻng u Marseillega oʻtadi va u yerda bir mavsum davomida oʻynadi[8].

Makélélé Marseilledan soʻng Celta Vigoga transfer qilinadi va u Galisiya klubida ikki muvaffaqiyatli mavsum oʻtkazdi. Aleksandr Mostovoi, Valeri Karpin, Haim Revivo va Míchel Salgado bilan birga oʻynagan Claude UEFA kubogida Celtaga Liverpoolga qarshi 4-1 va Juventusga qarshi 4-0 kabi tarixiy gʻalabalarga oʻz hissasini qoʻshgan[9].

2000-yil yozida Makéléléning Nantesdagi sobiq jamoadoshi Christian Karembeu Real Madridni tark etib Middlesbroughga borib qoʻshilgach, Claudeni poytaxt klubi sotib oldi. Makéléléning transferi biroz bahsli vaziyatga sabab boʻldi, chunki Celta Makéléléga boʻlgan taklifni Madrid klubi yaxshilamaguncha sotishni xoxlamaydi. Makéléléning oʻz aniq qaror qabul qilinmaguncha mashgʻulotlarga borishni rad etadi. Oxir-oqibat, Celta uni 14 million yevroga sotishga majbur boʻldi[10].

Realda Makélélé oʻzining medallari sezilarli miqdorda oshirib oladi: ikki marta Ispaniya La Ligasi chempionligi, UEFA Chempionlar ligasi, Superkopa de Espana, UEFA Superkubogi va Qitʼalararo kubokni qoʻlga kiritadi. Vinsente del Boske Real Madrid jamoasida ishlagan davrlarda Makélélé oʻzini dunyodagi eng yaxshi tayanch yarim himoyachisi sifatida tanitadi[11].

Makélélé 2008-yilda
Makélélé(oʻngda) va Alex bilan

2003-yil yozida Makélélé 16,8 million funt sterling evaziga Chelseaga transfer qilinadi[12]. U ushbu klub safida besh mavsum davomida toʻp suradi.

Paris Saint-Germain

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Makélélé 2009-yilda Paris Saint-Germain safida

2008-yil 18-iyul sanasida Makélélé Parij klubi uchun tibbiy koʻrikdan oʻtgani haqida xabarlar paydo boʻladi. 21-iyul kuni Chelseani futbolchi erkin agent sifatida tark etadi, Paris Saint-Germain esa futbolchini oʻz safiga qoʻshib olganini oʻsha kuni kechqurungi matbuat anjumanida eʼlon qiladi[13] [14].

2010-yil 25-fevral kuni u mavsum oxirida isteʼfoga chiqishini eʼlon qiladi, ammo iyun oyida fikrini oʻzgartirgani va klubda yana bir mavsum qolishini aytadi[15]. 2009-10-yilgi mavsum oxirida PSG bilan Fransiya kubogiga sazovor boʻldi.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Makélélé 2013 yilda Paris Saint-Germainda murabbiylik vazifasida

Makélélé 2014-yil 24-may kuni Bastianing bosh murabbiyi boʻldi. Ammo klub murabbiy faoliyatidan qoniqmaganligi sababli olti oy ham oʻtmasdan 2014-yil 1-noyabrda ishdan boʻshatiladi[16]. Bastiadan oldin Makélélé Paul Clement bilan birga Paris Sent-Germeindagi yordamchi murabbiy edi. 2016-yil yanvar oyida Monako Makéléléni texnik direktor etib tayinladi[17]. Makélélé 2017-yil yanvar oyida Premyer Liga klubi Swansea Cityga yordamchi murabbiy sifatida qoʻshildi[18].

Makélélé keyinchalik 2017-yil noyabr oyida Belgiyaning Eupen jamoasiga bosh murabbiy sifatida tayinlanadi[19]. U 2019 yil avgust oyida deyarli ikki toʻliq mavsum bosh murabbiy sifatida Eupenda ishlagach, sobiq klubi yoshlar murabbiyi va texnik mentor sifatida Chelseaga qaytdi[20]. 2023 yil sentyabr oyida u jamoa bilan oʻzaro kelishuv asosida klubni tark etadi[21].

Klub Mavsum Liga Umumiy
Division Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Nantes 1992-93 Liga 1 34 1 40 1
1993-94 Liga 1 30 0 36 1
1994-95 Liga 1 36 3 47 5
1995-96 Liga 1 33 0 45 0
1996-97 Liga 1 36 5 37 5
Umumiy 169 9 205 12
Marseille 1997-98 Liga 1 32 2 36 3
Celta Vigo 1998-99 La Liga 36 2 44 2
1999-2000 La Liga 34 1 44 4
Umumiy 70 3 88 6
Real Madrid 2000-01 La Liga 33 0 49 1
2001-02 La Liga 32 1 53 1
2002-03 La Liga 29 0 42 0
2003-04 La Liga  — Oʻz navbatida . 1 0
Umumiy 94 1 145 2
Chelsea 2003-04 Premyer Liga 30 0 46 0
2004-05 Premyer Liga 36 1 50 1
2005-06 Premyer Liga 31 0 41 0
2006-07 Premyer Liga 29 1 46 1
2007-08 Premyer Liga 18 0 34 0
Umumiy 144 2 217 2
PSG 2008-09 Liga 1 34 0 40 0
2009-10 Liga 1 31 1 36 1
2010-11 Liga 1 33 0 42 0
Umumiy 98 1 118 1
Umumiy 607 17 809 25
Milliy jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
Milliy jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Fransiya 1995 1 0
1997 1 0
1998 1 0
2000 3 0
2001 6 0
2002 9 0
2003 6 0
2004 8 0
2005 5 0
2006 14 0
2007 11 0
2008 6 0
Umumiy 71 0

Futbolchi sifatda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nantes

Real Madrid[23]

Chelsea[25]

Paris Saint-Germain

  • Fransiya kubogi: 2009-10[27]

Fransiya

Shaxsiy sovrinlari

  1. „UCL Booking list 2006/2007“. UEFA (2007-yil 26-aprel). Qaraldi: 2019-yil 26-yanvar.
  2. „Claude Makelele: Overview“. ESPN. Qaraldi: 2020-yil 25-dekabr.
  3. „Ranked! The 101 greatest football players of the last 25 years: full list“. FourFourTwo (2018-yil 13-fevral). Qaraldi: 2023-yil 22-dekabr.
  4. „15 years on from Zidane's final wonder goal“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2017-yil 15-may). Qaraldi: 2018-yil 23-sentyabr.
  5. „FIFPro World XI: Which 11 players made FIFA's team of the year for 2014?“ (2015-yil 13-yanvar).
  6. „Claude Makelele returns to Chelsea in a new coaching role“. Chelsea F.C.. Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  7. „À la gloire du père, la saga Makélélé“ (fr). Sport Magazine (2017-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  8. „From Ligue 1 to Superstardom: Claude Makelele - Real Galactico“. Goal (2017-yil 4-fevral). Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  9. „Celta Vigo - Juventus 4:0 (Europa League 1999/2000, Ottavi di finale)“ (it). calcio.com. Qaraldi: 2021-yil 12-iyul.
  10. https://www.90min.com/posts/5646173-former-agent-reveals-the-shocking-events-that-led-to-claude-makelele-joining-real-madrid-from-celta%7Cqaralgan[sayt ishlamaydi] sana=2 August 2019
  11. „From Ligue 1 to Superstardom: Claude Makelele - Real Galactico“. Goal (2017-yil 4-fevral). Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  12. Edworthy, Sarah. „Makelele the battery in Chelsea Rolex“. The Daily Telegraph (2003-yil 13-sentyabr). 2022-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-yanvar.
  13. „Makelele leaves Chelsea for PSG“. BBC Sport (2008-yil 21-iyul). Qaraldi: 2019-yil 26-yanvar.
  14. „Makélélé leaves Chelsea to link up with PSG“. FourFourTwo. Future. 2012-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 21-iyul.
  15. „Makelele to hang up boots“. Sky Sports (2010-yil 25-fevral). 2013-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  16. „Claude Makelele leaves Paris St-Germain post to coach Bastia“. BBC Sport (2014-yil 24-may). Qaraldi: 2019-yil 26-yanvar.
  17. „Claude Makelele appointed Technical Director“. AS Monaco FC (2016-yil 10-yanvar). 2017-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  18. „Swansea City appoint Claude Makelele as their assistant manager“. BBC Sport (2017-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 26-yanvar.
  19. „Makelele leaves Swans“. Swansea City A.F.C. (2017-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 26-yanvar.
  20. „Claude Makelele returns to Chelsea in a new coaching role“. Chelsea F.C.. Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  21. „Claude Makelele departs his coaching role at Chelsea by mutual decision“. talkSPORT (2023-yil 26-sentyabr).
  22. „Claude Makelele plans to retire at end of season“. The Guardian (2010-yil 25-fevral). Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  23. „Claude Makelele“. Real Madrid. Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  24. „Claude Makelele plans to retire at end of season“. The Guardian (2010-yil 25-fevral). Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  25. „Claude Makelele plans to retire at end of season“. The Guardian (2010-yil 25-fevral). Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.„Claude Makelele plans to retire at end of season“.
  26. „Claude Makelele: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2020-yil 25-dekabr.
  27. „Monaco 0-1 Paris Saint-Germain“ (fr). FFF. 2010-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  28. „Remembering Zinedine Zidane's Headbutt and the 2006 World Cup Final“. Bleacher Report (2015-yil 8-iyul). Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  29. „FIFPRO WORLD XI 2004/2005“. 2014-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  30. „CHELSEA PLAYERS' PLAYER OF THE YEAR“. Chelsea. Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  31. Brewin, John. „World Team of the Decade“. ESPN FC (2009-yil 25-dekabr). 2017-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-yanvar.
  32. „Palmarès Trophées UNFP - Oscars du football - Trophée d'honneur UNFP“. 2019-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.