Damat Rustam Posho
Damat Rustam posho | |
---|---|
Damat Rüstem Paşa | |
Usmonlilar imperiyasi Buyuk vaziri | |
Mansab davri 1544-yil – 1553-yilgacha | |
Monarx | Sulaymon I |
Oʻtmishdoshi | Hadim Sulaymon posho |
Vorisi | Qora Ahmad posho |
Mansab davri 1555-yil – 1561-yilgacha | |
Monarx | Sulaymon I |
Oʻtmishdoshi | Qora Ahmad posho |
Vorisi | Semiz Ali posho |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
20-may 1500-yil Sarayevo |
Vafoti |
10-iyul 1561-yil (61 yoshda) Istanbul, Usmonlilar imperiyasi |
Bolalari | Qosim, Holid, Oysha Humoshoh Sulton |
Damat Rustam posho (turkcha: Damat Rüstem Paşa; Usmonli xonadoniga kuyov boʻlganlar “Damat” deyilgan) 1500—1561) — Usmonlilar imperiyasining 35- va 37-Bosh vaziri, hukmdor Sulaymon I ning kuyovi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Damat Rustam posho Sarayevodagi Opukovichlar oilasidan ekanligi aytiladi[1][2][3]. Ammo baʼzi tarixchilar uni[4][5][6] Skradinalik xorvat deydilar[7], shuningdek, alban ekanligi ham aytiladi[8][9]. 1557 va 1561-yilgi hujjatlarda uni otasining ismi Abdurrahmon deyilgan. Ikki nafar ukasi va singlisi bor[10]. Ukasi Sinon bilan birga Istanbulga kelib, Enderunda tahsil oladi. 1526-yil i Mohachi jangida silohdor (podshoh qurolbardori) sifatida qatnashadi. Birozdan soʻng miroxurlikka tayinlanadi. 1533-yili Tekka sanjoqbeyi, keyinroq Diyorbakirda va Anatoliyada beklarbegi boʻladi. 1539-yili Sulton Sulaymon I Qonuniyning qizi Mehrimoh Sultonga uylanadi. 1541-yili devon vaziri boʻladi va 1544-yilda Bosh vazir (Vaziri Aʼzam) etib tayinlanadi[9]. 1553-yilda Shahzoda Mustafo qatl qildiriladi. Yanicharlar bunda Rustam poshoni ayblaydilar va natijada u lavozimidan boʻshatiladi. Uning oʻrniga Qora Ahmad poshoni tayinlaydi.[11] 1555-yilda Hurram Sulton yordami bilan Damat Rustam posho qaytib keladi va Qora Ahmadni poraxoʻrlikda ayblab, Sulaymon I tomonidan qatl qildirilishiga erishadi.[12]. Shunday qilib Rustam vaziri aʼzamlikka qaytadi. 1561-yilda vafot etadi. Xoja Sinon tomonidan barpo qilingan Shahzoda masjidiga dafn qilingan.
Kinoda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Turkiyaning “Hurram Sulton (teleserial)” serialida Rustam posho rolini Serhat Narbantǒğlu ijro etgan.
- Turkiyaning “Muhtasham yuz yil” serialida Rustam posho rolini Özan Güven ijro etgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Christine Woodhead: Rüstem Pasha. In: Энциклопедия ислама.
- ↑ Ş. Altundağ, Ş. Turan İslâm Ansiklopedisi
- ↑ Topaloğlu, Aydın. Yaşamları ve Yapıtlarıyla Osmanlılar Ansiklopedisi. Rüstem Paşa
- ↑ Lybyer, Albert Howe. The government of the Ottoman empire in the time of Suleiman the Magnificent. Cambridge, Massachusetts: Harvard University Press, 1913. OCLC 1562148.
- ↑ Joseph von Hammer-Purgstall. Geschichte des Osmanischen Reiches 10 vols
- ↑ Ibrâhîm Peçevî. Maṭbaʿa-ʾi ʿĀmire
- ↑ John Van Antwerp Fine. When Ethnicity Did Not Matter in the Balkans. A Study of Identity in Pre-Nationalist Croatia, Dalmatia, and Slavonia in the Medieval and Early-Modern Periods. isbn=0-472-11414-X
- ↑ [1]
- ↑ 9,0 9,1 Erhan Afyoncu. Türkiye Diyanet Vakfı İslâm Ansiklopedisi. Rüstem Paşa. Istanbul: TDV Yayınları, 2008 — 288–290-bet.
- ↑ Gülru Necipoğlu. The Age of Sinan. Architectural Culture in the Ottoman Empire. London: Reaktion Books, 2005 — 317-bet.
- ↑ „TOPKAPI / GAZI KARA AHMET PASA CAMII“. 2013-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-aprel.
- ↑ „Türk Nostalji - Kara Ahmet Paşaʼnın Öldürülmesi - Topkapı Sarayı Cinayetleri Dizisi - 2“. 2013-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-aprel. (WebCite saytida 2013-04-30 sanasida arxivlangan)
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]