Kontent qismiga oʻtish

Danolli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Danolli (Gel. Caisteal Dhùn Ollaidh ,inglizcha: Dunollie Castle) — Shotlandiyaning gʻarbiy sohilidagi Argayl-end-Byut shahridagi qal’a. Oban shahrining shimolida joylashgan.

Qal’aning tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

VII asrda Dal Riada davrida birinchi istehkom baland tepada (Dun Ollaigh) qurilgan va birinchi tosh qal’a XIII asrda Evan MakDugal tomonidan qurilgan. Bugungi kungacha saqlanib qolgan xarobalar XV asrga tegishli. 1644-yilda markiz Argayll qal’ani egallab oldi, ammo 1661-yilda Makdugal klani Dunollini qaytarib olishga muvaffaq boʻldi. 1746-yilda Makdugallar yaqin atrofda Dunolli Manorni qurdilar va qal’ani tashlab ketishdi.

Tashrif buyuruvchilar uchun maʼlumot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qal’a yil davomida tunu kun ochiq.Kirish bepul.