Darband (Boysun)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Darband | |
---|---|
qishloq | |
38°12′0″N 67°12′0″E / 38.20000°N 67.20000°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Surxondaryo viloyati |
tuman | Boysun tumani |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 |
Avtomobil kodi | 75 |
|
Darband – Surxondaryo viloyatining Boysun tumaniga qarashli qishloq. Qishloq aholisi asosan chorvachilik, dehqonchilik va bogʻdorchilik bilan shugʻullanadi. Darbandda uchta dara boʻlib, ular Darband darasi, Darband koneni, uchinchisi esa Buzrukdara, yaʼni buyuk dara deb ataladi.
Etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Darband soʻzi forschadan olingan boʻlib, „dar“ – „eshik“, „dara“; „band“ – „mustahkam“, „berk“, „toʻsiq“ degan maʼnolarni anglatadi. Qishloq bir necha yuz yillik tarixga ega boʻlib, eskidan tranzit vazifasini bajargan. Qishloq orqali oʻtgan yoʻl Buxoro amirligi davrida amirlikning gʻarbiy qismini sharqiy qismi bilan bogʻlovchi eng yaqin yoʻl hisoblangan. 1929-yilda Termizga temiryoʻl yotqizilganidan soʻng qishloq hududidan oʻtgan yoʻl oʻz ahamiyatini yoʻqotgan. Lekin hozirgi kunga qadar ham ushbu yoʻl Qashqadaryo va Surxondaryoni bogʻlovchi yoʻllardan biri[1].
-
Darband qishlogʻidagi dara
-
Darband qishlogʻidagi dara
-
Darband qishlogʻidagi jilgʻa
-
Darband qishlogʻida joylashgan tepalik
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „O‘zbekistonda ekanligiga ko‘pchilik ishonmaydigan joy – Darband“. Kun.uz. Qaraldi: 17-iyun 2023-yil.