Doʻstlik (Kasbi tumani)
Shaharcha | |
38°37′41″N 65°37′02″E / 38.62806°N 65.61722°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Qashqadaryo viloyati |
tuman | Kasbi tumani |
Qachondan beri shaharcha | 2009 |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Pochta indeks(lar)i | 181104[1] |
|
Doʻstlik (ruscha: Дустлик) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Kasbi tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yil 13-martda Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan shaharcha maqomi berilgan[2].
Etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharcha nomi doʻst soʻzi va -lik qoʻshimchalarining qoʻshilishidan tarkib topgan. Oʻzbek, turkman va boshqa xalq va millatlarning ittifoqligi, hamkorligi hamda yonma-yon yashashi, inoqlikda xoʻjalik yuritishi, eng ahamiyatlisi doʻstlikda faoliyat olib borisi sharafiga shunday nomlangan. SSSR davlatlarining turli nuqtalaridan kelgan aholi shu yerda qoʻnim topgan. Avvaliga shunchaki ramziy qoʻllangan nom, keyinchalik rasmiy-maʼmuriy shaklda qoʻllanila boshlangan[3].
Oʻxshash joylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston hududida Doʻstlik nomi bilan ataluvchi koʻplab etnonimlar mavjud. Jumladan, Andijon viloyati Andijon tumani (1985-yildan), Jalaquduq tumani va Paxtaobod tumanida Doʻstlik shaharchasi, Jizzax viloyatida Doʻstlik tumani va shaharchasi, Toshkent viloyati Boʻstonliq va Chinoz tumanida, Surxondaryo viloyati Denov tumanida va Sirdaryo viloyatidagi Doʻstlik shaharchasi va Doʻstlik kanali. Shuningdek Qirgʻiziston respublikasi Botkent viloyati Botkent tumani, Qadamjoy tumani va Laylak tumanida, Norin viloyati Norin tumanida, Jalolobod viloyati Novkent tumani va Ola-Buqa tumanida, Chuy viloyati Soʻquluk tumani va Olamuddin tumanida ayni shu nomdagi shaharchalar mavjud. Shuningdek Toshkent metropolitenida ham Doʻstlik metro bekati bor.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1-yanvar 2016-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Doʻstlik shaharchasida 3600 tadan ortiq aholi yashagan. 2013-yildagi hisob-kitob natijasida, bu koʻrsatkich 3448 tani tashkil etgan edi[4].
Aholining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil etadi. Ammo shaharcha hududi vujudga kelish vaqtida bu yerga SSSR ning koʻplab davlatlaridan boshqa millat vakillari, jumladan, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, tatar va tojiklar koʻchirib oʻtkazilgan
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Qashqadaryo viloyati“. goldenpages.uz. Qaraldi: 08-2023.
- ↑ POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
- ↑ To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 96-97-bet. ISBN 978-9943-354-60-9.
- ↑ Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 154-bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |