Kontent qismiga oʻtish

Ekvatorial Gvineya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ekvator Gvineyasi Respublikasi
ShiorUnidad, Paz, Justicia
(Ispancha: Ittifoq, Tinchlik, Adolat)
Madhiya: Caminemos pisando la senda
Location of Ekvatorial Gvineya
Poytaxt Malabo
Rasmiy til(lar) Portugalcha
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Teodoro Obiang Nguema Mbasogo
Miguel Abia Biteo Boricó
Mustaqillik (Ispaniyadan)
• Sana
12-oktabr 1968
Maydon
• Butun
28,051 km2 (145-oʻrin)
• Suv (%)
<1
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
535,881 (166-oʻrin)
• Zichlik 19/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$25,690 mil. (103-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$47,940
Pul birligi CFA Franc (XAF)
Vaqt mintaqasi UTC+1
• Yoz (DST)
UTC+1
Qisqartma EK
Telefon prefiksi 240
Internet domeni .gq

Ekvatorial Gvineya (Ekvatorial Gvineya respublikasi) — Afrika ekvatoridan shimolroqda, Atlantika okeani sohilida joylashgan davlat. Tarkibiga materik qism — Rio Muni hamda Bioko oroli va boshqalar mayda orollar kiradi. Maydoni 28,1 ming km2. Aholisi 498,1 ming kishi (2002). Poytaxti — Malabo shahri Maʼmuriy jihatdan 7 provinsiya (rgoutse)ga boʻlinadi[1].

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ekvator Gvineyasi — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991-yil 17-noyabrdagi referendumda maʼqullangan; 1995-yilda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident; u umumiy ovoz berish yoʻli bilan 7 yil muddatga saylanadi va yana bir necha marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament (xalq vakillari palatasi), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Ekvator Gvineyasi kontinental qismining yer yuzasi balandligi 600–900 m boʻlgan togʻliklar (eng baland joyi 1200 m), sohili kambar pasttekislik. Bioko vulkanli orolida mamlakatning eng baland joyi —SantaIsabel choʻqqisi (3008 m) bor. Iqlimi ekvatorial, doim sernam. Oylik oʻrtacha temperatura 24° dan 28° gacha. Yogʻin miqdori yiliga 2000 mm dan ziyod, orollarda 2500 m gacha. Daryo koʻp, hammasi sersuv va serostona, faqat quyi qismida kemalar qatnaydi. Asosiy daryosi — Mbini. Oʻsimliklari qizilsariq laterit tuproqdarda oʻsuvchi doim yashil sernam ekvatorial oʻrmonlardan iborat. Oʻrmonlarda qimmatbaho yogʻoch olinadigan 150 dan ortiq daraxt turi — moyli va kokos palmalari, temir daraxti, okume va boshqalar oʻsadi. Hayvonot dunyosi boy va xilmaxil: maymun, kiyik, mangust, gʻizol, fil, qoplon va boshqalar yashaydi.

Aholisining aksariyatini bantularga mansub fang va bubi xalqlari tashkil etadi. RioMuni sohilida benga, kombu, lenge va boshqalar xalqlar yashaydi. Rasmiy til — ispan tili. Dindorlarning asosiy qismi katoliklar; protestantlar ham bor. Aholining bir qismi anʼanaviy mahalliy dinlarga eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 29,2%. Muhim shaharlari: Malabo, Bata.

1472-yil boshida Portugaliyaning Fernando Po boshchiligidagi ekspeditsiyasi Gvineya qoʻltigʻidagi orolga kelib tushdi (keyinchalik bu orol Fernando Po nomi bilan ataldi; 1979-yildan Bioko o.) va uni oʻz mulki deb eʼlon qildi. 1592-yildan orollarni mustamlakaga aylantirish harakati boshlandi. 1778-yildan u Ispaniya Gvineyasi nomi bilan Ispaniya mulki boʻlib qoldi (1843-yildan Ispaniya orolda mustahkam oʻrnashib oldi). Mamlakatning materik qismi — RioMuni Ispaniya va Fransiya mulkiga aylandi (ular oʻrtasidagi chegara 1900-yil belgilab olindi). Ekvator Gvineyasi aholisi koʻp yillar mobaynida oʻz ozodligi va mustaqilligi uchun kurashib keldi. Ayniqsa, bu kurash 20-asrning 30-yillari oxiridan jiddiy tus oldi. 1960-yil Ispaniya hukumati Ekvator Gvineyasining mustamlaka maqomini bekor qilishga majbur boʻldi va uni Ispaniyaning "dengiz orti" provinsiyasiga aylantirilganligini eʼlon qildi. 1964-yil unga "ichki muxtoriyat" maqomini berdi. Milliy ozodlik harakatining avj olishi natijasida 1968-yil 12-oktabrda mamlakat Ekvator Gvineyasi nomi bilan mustaqillikka erishdi. Ekvator Gvineyasi 1968-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 17-yanvarda tan olgan va 1993-yil 24-iyunda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 12-oktabr — Mustaqillik kuni (1968).

Siyosny partiyalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sotsialdemokratik partiya, 1991-yil tuzilgan; Ekvator Gvineyasi demokratik partiyasi, 1987-yil tuzilgan; Liberaldemokratik konvent; Sotsial demokratiya uchun konvergensiya; Sotsialdemokratik xalq konventi.

Ekvator Gvineyasi — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq va oʻrmon hoʻjaligi 46%, sanoat 33%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 21% ni tashkil etadi.

Qishloq xoʻjaligi — mamlakat iktisodiyotining asosi. Mehnatga layoqatli aholining 80% qishloq xoʻjaligida band. Dehqonchilik va yogoch tayyorlash muhim rol oʻynaydi. Eksport uchun kakao, kofe, banan, moyli palma yetishtiriladi. Ichki ehtiyoj uchun maniok, batat, yer yongʻoq, makkajoʻxori, sholi, sitrus mevalar, sabzavot ekiladi. Oʻrmonda yovvoyi moyli palma mevalari yigʻiladi, qimmatbaho yogoch tayyorlanadi. Chorvachilik sust rivojlangan. Baliq ovlanadi.

Sanoati, asosan, mayda hunarmandchilik korxonalaridan iborat. Palma moyi ishlab chiqarish, yogʻochsozlik, yogʻoch tilish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 20 mln. kVtsoat elektr energiyasi hosyl qilinadi.

Avtomobil yoʻllary uz. 2,7 ming km. Dengiz portlari — Bata, Malabo. Chetga kofe, kakao, yogʻoch chiqaradi. ChetDan oziqovqat, mashina va jihozlar, keng isteʼmol mollari oladi. Tashqi savdoda Kamerun, AQSH, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — KFA franki.

Tibbiy xizmati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ekvator Gvineyasida 1100 oʻrinli 20 ga yaqin kasalxona, 150 dyspenser, 600 dan ziyod qishloq tibbiyot punkti bor. Vrachlar chet elda tayyorlanadi.

Mamlakatda 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy etilgan. Davlat maktablari bilan birga xususiy maktablar ham bor. Boshlangʻich maktab 8 yillik. Toʻliq oʻrta maʼlumot olish uchun 9— 11sinflarda 3 yil oʻqish lozim. Turli hunar maktablari bor. Malaboda maʼmuriy xizmatchilar maktabi va oʻqituvchilar tayyorlash (boshlangʻich maktablar uchun) maktabi, Bata shahrida oʻrta maxsus maʼlumot beruvchi Politexnika instituti faoliyat koʻrsatadi. 1980-yildan Malabo va Batada Ispaniya universitetining sirtqi taʼlim filiallari ishlaydi. Oliy maʼlumotli kadrlar chet elda tayyorlanadi. Malaboda kutubxona bor.,Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Ekvator Gvineyasida "Afrika 2000" jurnal (3 oyda 1-marta ispan tilida), "Vos del pueblo" ("Xalq ovozi", ispan tilida) gaz., "ElSol" ("Quyosh") haftanomasi (ispan tilida) nashr etiladi. Ekvator Gvineyasi milliy radiosi hukumat radiostyasidir. Ekvator Gvineyasi milliy televideniyesi, telekoʻrsatuv xizmati, Malabo shahrida joylashgan.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalq turar joylari yogʻochdan toʻgʻri burchakli qilib quriladi va tomi ikki nishabli boʻlib, palma yaproqlari bilan yopiladi. Shaharlar, asosan, tartibsiz qurilgan 1 qavatli uyLardan iborat boʻlib, katta maydonni egallaydi (Malabo va Bata shahrilarida 2—3 qavatli). 20-asrning boshlarida ayrim binolar soxta gotika uslubida, 60-yillarda zamonaviy Yevropa meʼmorligi ruhida (Malabodagi aeroport va telegraf, Bata shahridagi radiostya, sʼyezdlar saroyi va boshqalar) qurildi. Ekvator Gvineyasida yogʻoch oʻymakorligi (turli raqslarda kiyish uchun niqoblar, dumaloq barabanlar tayyorlash), yogʻochdan geometrik naqshlar bilan bezatilgan qoʻngʻiroqchaga oʻxshash (lebo) musiqa asboblari yasash rivojlangan.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil