Kontent qismiga oʻtish

Embol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Embol (lotincha: embolusqadimgi yunoncha: ἔμβολος qadimgi yunoncha: ἔμβολος „xanjar; qoziq“) — qon oqimida aylanib yuruvchi normal holatlarda qon oqimida topilmaydigan har qanday bogʻlanmagan tomir ichidagi substrat (qattiq, suyuq yoki gazsimon), u paydo boʻlgan joydan yetarlicha boʻlgan masofada arterial va yoki venoz tomirni berkitib qoʻyishi mumkin.[1]

ushbu tushuncha 1848-yilda Rudolf Virchow[2] tomonidan fanga muomalaga kiritilgan.

Strukturaviy tasnif

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Tromboemboliya — bu tomir yoki yurak devoridan uzilgan qon laxtasining tomir oʻzanida tiqilib qolishi.
  • Yog 'emboliyasi — naysimon suyaklarning sinishi, teri osti yog 'toʻqimalarining maydalanishi va juda kamdan-kam hollarda dorilarni tomir ichiga yuborish paytida qon oqimiga kirgan yogʻ tomchilari.
    • Xolesterin emboliyasi xolesterindan tashkil topgan emboliya boʻlib, koʻpincha qon tomiridagi aterosklerotik plakchalardan iborat.
  • Gaz embolisi — dekompressiya kasalligi paytida tomir ichida hosil boʻlgan gaz.
    • Havo emboliyasi — tomir ichidagi havo pufakchalari (boʻyin tomirlari shikastlanganda, tomirga havo kiritilganda, oʻpka shikastlanganda va hokazo) kirib qolishi sababli roʻy beradi.
  • Bakteremiya (septik) emboliya — bakteriyalar, zamburugʻlar, protozoa, gelmintlarning boʻlaklarini oʻz ichiga olgan yiringli emboliya.
  • Toʻqima emboliyasi — hujayra toʻqimalarining kichik boʻlagidan tashkil topgan emboliya.
  • Emboliya — bu qon tomir oqimiga atrof-muhitdan kirgan begona jism.
  • Amniotik suyuqlikdan yuzaga keluvchi emboliya .
  1. Kumar V., Abbas A.K., Fausto N.. Pathologic Basis of Disease. 
  2. Hellemans, Alexander; Bryan Bunch. The Timetables of Science. New York, New York: Simon and Schuster, 1988 — 317-bet. ISBN 0-671-62130-0.