Kontent qismiga oʻtish

Emboliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Emboliya
KXK-10 I74, I82, O88, T79.0-T79.1
KXK-9 444.9

Emboliya (qadimgi yunoncha: ἐμβολή — „tiqin“) — qon tomirlariga embollar, yaʼni qon oqimi bilan kelgan zarracha (qon quyqasi va hokazo)ning tiqilib qolishi. Koʻproq miya tomirlari tromboemboliya bilan zararlanadi. Yogʻ, havo, gaz, bakterial va boshqalar emboliya farqlanadi. Yogʻ emboliyasi yirik suyaklar singanda yoki ilik yalligʻlanganda qon tomirlari yoʻliga yogʻ tomchilari tushishidan, gaz emboliyasi qon tarkibidagi gazning qondan ajralib chiqishi natijasida roʻy beradi. Bakterial emboliyada bakteriya yoki zamburugʻlar toʻplami tomirlar yoʻliga tiqilib qoladi. Ichki aʼzolar va harakat aʼzolari emboliyasida qon aylanishi buziladi, bu infarkt, gangrena va boshqalar kasalliklarga olib keladi. Emboliya oʻpka, bronxlar travmatik jarohatlanganda ham yuzaga keladi. Oʻpka arteriyasi, tomirlar, miya, yurak emboliyasi oʻlimga sabab boʻlishi mumkin.Eng xavfli emboliya o'lim shoxchasi arteria coronodeusda kuzatiladi.