Kontent qismiga oʻtish

Emiliya Koleganova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Emiliya Koleganova

Emiliya Koleganova va Vladislav Polxovskiy oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida (2017)
Tavalludi 28-noyabr 2000-yil
Toshkent, Oʻzbekiston
Boʻyi 162 sm
Sherigi Vladislav Polxovskiy
Murabbiyi

Tatyana Belyayeva

Igor Rolinskiy

Emiliya Olegovna Koleganova (belaruscha: Эмілія Алегаўна Каляганава. 2000-yil 28-noyabr, Toshkent) – belaruslik figurali uchuvchi. U Vladislav Polxovskiy bilan birgalikda Belorussiya chempionatining ikki karra kumush medali sovrindori (2019, 2020) va Yevropa chempionati (2020) ishtirokchisi boʻlgan. Sport ustasi, figurali uchish boʻyicha milliy terma jamoa aʼzosi.

Koleganova ijodiy muhitda tarbiyalangan. U rasm chizishni yaxshi koʻrardi, Davlat raqs ansambli qoshidagi xoreografik studiyada raqsga tushishni mashq qila boshladi va besh yoshidan boshlab Prezident archasi tadbirlari sahnasida chiqish qildi. Minsk shahridagi 96-sonli oʻrta maktabda tahsil olgan[1], uni tugatgandan soʻng Belarus Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv akademiyasining „Davlat boshqaruvi va huquqshunoslik“ mutaxassisligi boʻyicha oʻqishga kirdi[2].

Koleganova figurali uchishni toʻrt yoshida, sobiq figurali uchish boʻyicha sport ustasi boʻlgan onasi bilan muz saroyidagi musobaqalarda qatnashganida oʻrgangan. Sakkiz yil davomida yakka ayollarning figurali uchishi bilan shugʻullangan. Koleganovaning konkida uchish boʻyicha birinchi ustozi Igor Rolinskiy edi[1]. Emiliya oʻn ikki yoshida murabbiy Tatyana Belyayevani taklifiga koʻra, oʻn toʻrt yoshli Vladislav Polxovskiy bilan juftlik boʻlib raqsga tushishdi[2] .

Emiliya va Vladislav birinchi toʻlaqonli kattalar mavsumiga Berlindagi musobaqaga tayyorgarlik koʻrishdi. U yerda Italiya va Germaniya terma jamoalari murabbiyi Stefano Karuso bilan birga ishlashdi. Karuso bilan juftlik qadamlarini, qoʻl harakatlarini, pozitsiyalarini tahlil qildilar, shuningdek, sirpanish sifatini yaxshiladilar[2]. 2020-yilda Koleganova va uning sherigi oʻz faoliyatida birinchi va oxirgi bor yirik xalqaro turnirda – Yevropa chempionatida ishtirok etishdi, ammo juftlik final bosqichiga chiqa olmadi[3]. Keyinchalik Emiliya sportni tark etdi.

Ularning raqobatbardosh faoliyati davomida Koleganova va Polxovskiyning raqs dueti juda istiqbolli deb hisoblangan[4]. Belorus konkida uchish ittifoqi bosh kotibi Yuliya Levshunova bu juftlikka umid bogʻlagan[5]. Koleganova va Polxovskiy Belarus raqs duetlarining norasmiy reytingida Anna Kublika va Yuriy Gulitskiydan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan[6].

  1. 1,0 1,1 „Колеганова Эмилия Олеговна“ (ru). Белорусский союз конькобежцев. 2020-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Эмилия Колеганова и Владислав Полховский – движение вверх“ (ru). Белорусский союз конькобежцев (2019-yil 10-iyun). 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
  3. „Россияне Виктория Синицына и Никита Кацалапов выиграли золото в спортивных танцах на ЧЕ по фигурному катанию в Австрии“ (ru). БелТА (2020-yil 25-yanvar). 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
  4. „Что будет делать Гулицкий в новом сезоне, и на каких ещё белорусских фигуристов стоит обратить внимание?“ (ru). СТВ (2019-yil 20-oktyabr). 2020-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
  5. „«Эмилия Колеганова и Владислав Полховский – наши юниоры, на которых мы возлагаем надежды в танцах на льду»“ (ru). СТВ (2018-yil 14-fevral). 2020-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
  6. „Александр Жулин рассказал, кого нужно бояться Алине Загитовой“ (ru). СТВ (2019-yil 13-iyul). 2020-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.