Emin Usmon
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (May 2024) |
Emin Usmon | |
---|---|
Tavalludi |
1945-yil |
Vafoti |
28-fevral 2001-yil Toshkent, Oʻzbekiston |
Ijod qilgan tillari | oʻzbek, uygʻur, rus |
Fuqaroligi |
SSSR Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika instituti |
Janr | roman, qissa |
Emin Usmon (1945, Gʻulja — 2001-yil 28-fevral, Toshkent) — yozuvchi, tarjimon, Toshkentdagi uygʻur madaniyat markazi rahbari, 20 dan ortiq kitoblar muallifi[1][2], SSSR va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi[3].
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Emin Usmon 1945-yil Sharqiy Turkiston Jumhuriyatining Gʻulja shahrida tugʻilgan. 1948-yilda bolaning ota-onasi SSSRga koʻchib kelib, Oʻzbekistonda yashagan[1]. 1992-yildan Oʻzbekiston fuqarosi[3].
1969-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutining filologiya fakultetini oʻzbek tili va adabiyoti mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1966—1974-yillarda „Toshkent haqiqati“ gazetasi va „Guliston“ jurnalida ishlagan. 1975—1982-yillarda Yosh gvardiya nashriyoti va Oʻzteleradioda adabiy xodim boʻlgan[centrasia].
Mustaqillikdan keyin Toshkent shahridagi uygʻur madaniyat markaziga rahbarlik qilgan[1] hamda faol ijodiy va jamoatchilik faoliyatini davom ettirgan[3].
Oilali, uch nafar farzandi bor[3].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston inson huquqlari mustaqil tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, 2001-yil 11-fevral kuni Emin Usmon Toshkent tumani Navoiy kolxozidagi uyi yaqinida militsiya xodimlari tomonidan qoʻlgan olingan va Ichki ishlar vazirligining yer osti tergov hibsxonasiga joylashtirilgan[3].
Tergovchi Abdumutal Zakrullayev Emin Usmonning advokati Ahmadjon Sautovga aytishicha, uning himoyasi ostidagi shaxs 244-moddaning 1-bandi („Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallarni tayyorlash va tarqatish“) boʻyicha ayblov qoʻyilgan, keyinchalik tergovga 159-modda („Konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz“) qoʻshilgan[3].
Oʻzbekiston inson huquqlari jamiyati faoli Vasiliy Inoyatovning xabar berishicha, oʻzbek, rus, arab, uygʻur va ingliz tillarini biluvchi Usmon taqiqlangan „Hizb ut-Tahrir“ islomiy partiyasi nashrlarini muntazam ravishda tarjima qilganlikda gumon qilingan[3].
2001-yil 28-fevral kuni qarindoshlariga Emin Usmon oʻz joniga qasd qilgani haqida xabar berilgan. Biroq, Eminning oʻlimi toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnomada miya shishi qayd etilgan[3].
1-mart kuni tonggi soat 4 da yozuvchining jasadi qarindoshlariga berilgan. Bir soat ichida militsiya xodimlari nazorati ostida shoshilinch dafn etilgan[3].
Emin Usmon Xitoyning Shinjon-Uygʻur tumaniga tez-tez borib turgan, u yerda qarindosh-urugʻlari boʻlgan va mahalliy uygʻurlar orasida ham taniqli boʻlgan[3].
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Emin Usmon oʻzbek, rus va uygʻur tillarida ijod qilgan[3]. Yozuvchining „Mehrigiyo“ (roman, 1976), „Nihollar“ (qissa va hikoyalar, 1976), „Yolqin“ (qissa, 1979), „Tilla chanoq“ (qissa, 1980), „Koʻngil koʻzi“ (qissa, 1985), „Tomir“ (qissa, 1985), „Telba“ (roman) kabi 20 dan ortiq asarlari nashr etilgan.
Qayta qurish yillarida u ekologik mavzulardagi jurnalistik chiqishlari bilan shuhrat qozondi[3].
Emin Usmon asarlari asosida Buvi, Mahmud Qoshgʻariyning onasi Robiya begoyim nolasi, Tomir radiospektakllari yaratilgan[4].
- Mehrigiyo, roman, Yosh gvardiya nashriyoti, Toshkent, 1976-yil;
- Белая Песня (oʻzbekcha: Oq qoʻshiq), roman, Yozuvchilar uyushmasi, Moskva, 1986-yil;
- Seni oʻylayman, Yosh gvardiya nashriyoti, Toshkent, 1974-yil, oʻzbek tilida;
- Qaro koʻzim, Ziyolilar toʻplamida, Gʻafur Gʻulom nashriyoti, Toshkent, 1974-yil;
- Lochinning parvozi, Choʻlquvarlar toʻplamida, Gʻafur Gʻulom nashriyoti, Toshkent, 1975-yil, oʻzbek tilida;
- Nihollar, Gʻafur Gʻulom nashriyoti, Toshkent, 1976-yil, oʻzbek tilida;
- Tilla chanoq, qissa, Yosh gvardiya nashriyoti, Toshkent, 1980-yil;
- Золотая коробочка, qissa, Izvestiya nashriyoti, Moskva, 1984-yil;
- Yer — koinot guli, Yosh gvardiya nashriyoti, Toshkent, 1980-yil, oʻzbek tilida;
- У заповеднику, соныачниы краы, „Molod“ nashriyoti, Kiyev, 1981-yil, ukrain tilida;
- Yolqin, qissa, Yosh gvardiya nashriyoti, Toshkent, 1982-yil, oʻzbek tilida;
- Dasht barakasi, ocherklar, Gʻafur Gʻulom nashriyoti, Toshkent, 1983-yil;
- Tomir, qissa, Yosh gvardiya nashriyoti, Toshkent, 1985-yil, oʻzbek tilida;
- Tomir, qissa, Sintszyan xalq nashriyoti, 1991-yil, uygʻur tilida;
- Koʻngil koʻzi, qissa, Gʻafur Gʻulom nashriyoti, Toshkent, 1985-yil, oʻzbek tilida;
- Munojot, Sharq yulduzi jurnali. 5-son, 1992-yil;
- Mahmud Qoshgʻariy, roman, qoʻlyozma;
- Mahmud Qoshgʻariy, sheʼriy toʻplam, qoʻlyozma;
Tarjimalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Muhammad Huzariy, Nur-ul yaqin, Choʻlpon — Kamalak nashriyoti, Toshkent, 1992-yil;
- Uygʻur xalq ertaklari, Aqlli devona, Choʻlpon nashriyoti, Toshkent, 1995-yil;
- Uygʻur xalq ertaklari, Yosh gvardiya nashriyoti, Toshkent, 1981-yil;
- Zoriddin Sabir, Afsus, Yosh gvardiya nashriyoti, Toshkent, 1990-yil;
- Chabua Amirejibi, Data Tutashxiya, roman, Gʻafur Gʻulom nashriyoti, Toshkent, 1988-yil;
- Lev Brandt, Oq kabutar, Yulduzcha nashriyoti, Toshkent, 1988-yil;
- Daniil Granin, Azizim Roman Avdeyevich, Jahon adabiyoti nashriyoti, 2000-yil;
- Xuan Rulfo, Pedro Paramo, Jahon adabiyoti nashriyoti;
- Yusuf Xos Hojib, Qutadgʻu bilig, oʻzbekcha tarjima, qoʻlyozma.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Emin Usmon (1945-2001)“. ziyouz.com. Qaraldi: 23-aprel 2024-yil.
- ↑ „Emin Usmon. Tomir. Qissa“. kh-davron.uz. Xurshid Davron kutubxonasi. Qaraldi: 23-aprel 2024-yil.
- ↑ 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 3,10 3,11 Ponamaryov, Vitaliy „Узбекистан: писатель Эмин Усман – новая жертва репрессивной кампании властей“ (ru). memorhrc.org. Moskva: Memorial (2008-yil 23-dekabr). Qaraldi: 23-aprel 2024-yil.
- ↑ „Emin Usmon. Mahmud Qoshg’ariyning onasi Robia begoyim nolasi & Emin Usmon.Tomir & Emin Usmon. Buvi. Radiospektakl“. kh-davron.uz. Xurshid Davron kutubxonasi (2020-yil 22-may). Qaraldi: 23-aprel 2024-yil.