Kontent qismiga oʻtish

Emine Erdo'g'an

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Emine Erdo'g'an (qizlik familiyasi Gulbaran), 16 fevral 1955 yilda Istanbulning Uskudar tumanida tug'ilgan. Turkiyaning 12- prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'anning rafiqasi.
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Emine Gulbaran 16- fevral 1955 yil (67 yoshda) Uskudar, Istanbul Turkiya
Millati Turk
Siyosiy partiyasi Adolat va Taraqqiyot partiyasi
Turmush oʻrtogʻi Rajab Toyyib Erdo'g'an (1978)
Bolalari Ahmet, Bilal, Esra, Sumayya
Istiqomat joy(lar)i Prezident saroyi
Dini Islom
Vebsayti tccb.gov.tr/emineerdogan

Emine Erdoʻg'an (qizlik familiyasi Gulbaran [1][2] 1955 yil 16 fevralda Istanbul ning Uskudar tumanida tugʻilgan ), u Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻg'anning rafiqasi.

U asli Siirtlik boʻlgan Hayriya va Jamol Gulbaranning qizi boʻlib, uning bobosi Hamdi Ali Gulbaran Siirtdan Istanbulga ko‘chib kelib, Fotihda hayotini davom ettirgan. U taʼlim olishni Zaynab Komil nomli boshlangʻich maktabda boshlagan, keyinchalik Mithatposha nomli kechki sanʼat maktabida davom ettirgan, lekin bu yerda taʼlimni nihoyasiga yetkazmagan. Emine Erdoʻg'an yoshlik yillarida nodavlat tashkilotlar tadbirlarida faol ishtirok etgan. U shuningdek, "Idealist ayollar ittifoqi"ning asoschilaridan biri hisoblanadi. [1][2]

Emine Erdoʻg’an “Idealist ayollar ittifoqi”da faoliyat yuritdi. U bu yerda oʻtkazilgan konferentsiya jarayonida Rajab Toyyib Erdoʻg'an bilan tanishdi va ular 1978 yil 4 iyulda turmush qurishdi. Ularning Ahmet Burak, Nejmettin Bilal, Esra va Sümeyye ismli toʻrt nafar farzandi bor. [2]

Emine Erdoʻg'an koʻngilli faoliyatlarni keng targʻib qilish maqsadida tashkil qilingan "Jamiyat taraqqiyotining ko'ngilli elchilari" loyihasini; bolalarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurashish maqsadida tashkil qilingan loyihani; "7 juda kech" singari ilk bolalik davridagi taʼlimning muhimligini taʼkidlovchi turli loyihalarni qoʻllab-quvvatlab keladi. [3]

  1. 1,0 1,1 „Ağabeyi Emine Hanım'ı anlattı“. Sabah (2 ağustos 2004). 21 ekim 2014da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7 temmuz 2012.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Emine Gülbaran Erdoğan'ın bilinmeyen öyküsü“. ensonhaber.com (21 aralık 2006). 26 kasım 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7 temmuz 2012.
  3. „Emine Erdoğan, Elazığ'da“. Hürriyet. 28 ekim 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14 kasım 2016.