Kontent qismiga oʻtish

Erin Andrews

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Erin Andrews
Tavalludi
Erin Jill Andrews

4-may 1978-yil (1978-05-04) (46 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Taʼlimi Florida universiteti
Kasbi Sport boshlovchisi
teleboshlovchi
Faoliyat yillari 2000 – hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Jarret Stoll (turm. 2017)

Erin Jill Andrews[1] (talaffuzi: Erin Jill Endryu; 1978-yil 4-mayda tugʻilgan[2]) — amerikalik sport boshlovchisi, televizion shaxs va aktrisa. U 2004-yilda ESPN kabelli sport telekanali Internetga ulanganidan soʻng muxbir sifatida mashhurlikka erishdi. Keyinchalik u 2012-yilda Fox Sports telekanaliga qoʻshildi va oʻshandan beri tarmoqning NFL eshittirish jamoasining yetakchi muxbiriga aylandi. 2010-yilda u ABC telekanali orqali efirga uzatilgan Dancing with the Stars (Yulduzlar bilan raqs) koʻrsatuvining oʻninchi mavsumida uchinchi oʻrinni egallashi tufayli mashhurlikka erishdi va oxir-oqibat 2014-2019-yillarda Tom Bergeron bilan birga shouga mezbonlik qildi.

Dastlabki hayoti va oilasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andrews Meyn shtatining Lyuiston shahrida oʻqituvchi Paula Andrews va telejurnalist Stiven Andrewslar oilasida tugʻilgan. Uning oilasi u 5 yoshida Texasning San Antonio shahriga koʻchib oʻtgan[3] va 18 oydan keyin, otasi oltinchi Emmi mukofoti sovrindori gʻolibi boʻldi, u WFLA-TV ning filiali NBC uchun ishlay boshladi[4]. [Shu sabab ular oilasi bilan Floridaning Valrico shahriga koʻchib oʻtishdi.

Andrews oʻzini yoshligida tomboy[5] sifatida tasvirlaydi, hayoti davomida har doim sport bilan shugʻullangan, otasi bilan NBA oʻyinlarini tamosha qilib ulgʻaygan, xususan, Boston Seltiks oʻyinlarini tomosha qiladi[3]. Andrews Xanna Storm, Melissa Stark, Lesli Visser va Syuzi Kolberni kabi ayol sport boshlovchilari uni ilhomlantirganini keltirib oʻtadi[3].

Andrews Florida shtatining Valrico shahridagi Bloomingdale oʻrta maktabida oʻqidi, Andrews u yerda raqs jamoasiga, talabalar hukumati va Milliy sharaf jamiyati aʼzosi qoʻshilgan. U oʻsib ulgʻayganida Florida shtatidagi Seffner shahridagi Brandon raqs sanʼati maktabida oʻqidi. Oʻrta maktabda Andrews oʻzining tonboy ekanligini anglab yetti, uning qiz oʻrtoqlari juda kam edi. Endyu boylalar bilan aylanishni tanlardi va sport mavzusida muhokama uchun mavzular topardi[3].

1996-yilda oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, Andrews Florida universitetiga oʻqishga kirdi va 2000-yilda Telekommunikatsiya sohasi boʻyicha Sanʼat bakalavriati (BA) darajasini oldi[6]. Kollejdaligida 1997-yildan 2000-yilgacha u Zeta Tau Alpha sororitisi va Florida Gators Dazzlers raqs jamoasi aʼzosi boʻlgan[6].

2000-2004: Boshlangʻich ish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000-yilda Andrews Fox Sports Florida kompaniyasi tomonidan mustaqil muxbir sifatida ishga yollandi. 2001-yildan 2002-yilgacha u Sunshine Network uchun Tampa Bay Lightning muxbiri boʻlib ishlagan. 2002-yildan 2004-yilgacha Andrews Atlanta Braves, Atlanta Thrashers va Atlanta Hawksni Tyorner South tarmogʻi uchun studiya boshlovchisi va muxbir sifatida tanildi[6].

2004-2012: ESPN

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Erin Andrews holds a microphone as she speaks
Andrews 2010-yilgi kollej futbol oʻyinida

2004-yilning aprel oyida Andrews ESPN uchun ESPN Milliy xokkey kechasi muxbiri sifatida ishlay boshladi. U, shuningdek, College World Series, Little League World Series va Great Outdoor Games uchun reportor boʻlgan. Andrews ESPN College Football Saturday Primetime va Big Ten kollejlarining basketbol oʻyinlarida muxbir sifatida ishlagan va 2005-yilda uning ishi ESPN College Football Payshanba Primetime va Major League Baseball yordamchi murbir lavozimini oʻz ichiga oldi. 2008-yildan 2010-yilgacha u ESPN va ABC telekanallarining Scripps National Spelling Bee ning jonli efirilarini olib bordi[6].

2010-yilda Andrews sherigi Maksim Chmerkovskiy bilan ABC telekanalining" Dancing with the Stars koʻrsatuvining oʻninchi mavsumi musobaqasida qatnashdi va 11 juftlik ichidan uchinchi oʻrinni egalladilar[7].

2011-yil yanvar oyida Andrews oʻzining ZigTech brendini targʻib qilish va rivijlantirish uchun Reebok bilan shartnoma imzoladi[8]. Ikki hafta oldin esa, 2011-yilgi Rose Bowl musobaqasida yon muxbir sifatida Andrews Texas Christian universitetining Horned Frogs futbolchilari yangi Nike poyabzallari tufayli maysazorda sirpanib ketayotganini taʼkidlagan. Manfaatlar toʻqnashuvi tufayli ESPN oʻz jurnalistlari uchun qayta koʻrib chiqilgan maʼqullash koʻrsatmalarini eʼlon qildi, bu esa Andrewsdan Reebok bilan kelishuv bitimini 2011-yil oxirigacha tugatishini talab qilardi[9].

2011-yil noyabrida Keyt Klinkskayls ismli sobiq ESPN rahbari ESPN vitse-prezidenti Joan Linchga qarshi daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, u oʻsha yil boshida samolyotda Andrewsning yonida oʻtirganida Klinkskayls masturbatsiya bilan shugʻullangan deb yolgʻon daʼvo qilgan deb u rad etishni talab qildi. Andrews voqeani bir qancha odamlarga oshkor qilgani, ammo ESPN ning kadrlar boʻlimi bilan shugʻullanmaslikni tanladi, chunki u hali ham oʻzining taʼqib qilish tajribasini tufayli[10].

Andrews ESPNUda ESPN kolleji oʻyin kunining birinchi soatini oʻtkazdi va 2010-yildan beri ABC telekanalida „Xayrli tong Amerika“ muxbiri boʻlib ishlagan, garchi u 2011-yil fevralida Oskarni yoritganidan beri shouda qatnashmagan edi[11].

2012-yildan hozirgacha: Fox Sports va boshlovchi rollari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Erin Andrews is seen from a distance holding a microphone as she speaks to a camera
Andrews USS kemasida Fox Sports uchun reportaj qilmoqda Midway (CV-41) 2012-yil noyabr

2012-yil 29-iyun, Andrewsning Fox Sportsga qoʻshilishi uchun ESPNni tark etayotgani malum boʻldi. U Fox College Football ' studio shousida birinchi mezmon boʻldi, Eddi Jorj va Joey Harringtom kabi taxlilchilar tomonidan qoʻshildi. Andrews, shuningdek, Fox NFL Sunday da ishtirokchi boʻldi va Foxda efirga uzatiladigan MLB All-Star Game, World Series, NFL Playoffs va Daytona 500 kabi koʻplab yirik sport tadbirlarida dala muxbiri boʻlib xizmat qildi. 2013-yil 17-avgustda Fox Sports 1 ning ishga tushirilishi bilan Andrews Fox College Football Kickoff va Fox College Saturday mehmoni boʻldi, bu hafta oxirida eng katta kollej futbol oʻyinlarini koʻrib chiqadigan ESPN College Gamedayning bevosita raqobatchisi edi[12][13]. Andrews, shuningdek, Fox Football Daily kundalik studiyaviy shousiga ham ishtirok etti. 2014-yilgi NFL mavsumidan boshlab, Andrews Pam Oliverni oʻrniga, Foxning etakchi NFL translyatsiya guruhida yon muxbiri boʻldi[14]. Keyinchalik u 2016-yilda Fox Sports bilan qayta shartnoma tuzdi va faqat tarmoqning NFL ekipaji muxbirlik qildi[13].

2014-yil mart oyida Andrews Bruk Burke-Charvet oʻrniga Dancing with the Stars koʻrsatuvi boshlovchisi sifatida Tom Bergeronni shouning 18-mavsumi uchun qoʻshishdi[15]. U va Bergeron shouning 28-mavsumi davomida oʻz rollarida qolishdi[16].

Andrews, shuningdek, 2015-yil 10-iyunda aktrisa Brittani Snow[17] va 8-iyunda NFL oʻyinchisi JJ JJ Uott bilan 2016-yilgi marosimni[18] bilan birga ikki marta CMT Music Awards marosimiga mezbonlik qilgan.

Taqdimotlar va xayriya ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andrews 2010-yilda Kraft Foods kompaniyasining Ochlikka qarshi kurash missiyasining matbuot kotibi boʻldi, uning maqsadi Feeding Amerika uchun $2.89 million toʻplash edi[19].

2011-yil oktyabr oyida Erin Andrews dunyodagi eng yirik onlayn chiptalar bozori StubHub bilan hamkorlik qilib, Girls Night Out nomli yangi milliy kampaniya(missiya)ni boshladi. Ushbu aksiya ayollarni sportga boʻlgan muhabbatini ragʻbatlantirish va gʻururlanishga undaydi va doʻstlari bilan oʻzlari tanlagan oʻyinda qatnashish uchun chipta yutib olish imkoniyatini berardi. Muayyan tadbirlardan sotilgan chiptalarning bir qismi Fojiadan Omon Qolganlarga Yordam Dasturiga oʻtkaziladi. Andrewss Entertainment Business Weekly nashriga bergan iqtibosida u oʻzining Girls Night Out bilan bogʻliqligini "bu eng zoʻr yoʻl ayollar jamoaviy ruhini koʻrsatish uchun, men shu sababli StubHub bilan ishlashni tanladim, chunki men birinchi qadamni bilaman nimaiki ayollar erkaklar kabi fanat sifatida oʻyinga borishadi va doʻstlari bilan stadionda boʻlishadi va qoʻllab quvvatlashadilar "[20].

2013-yil may oyida u 27-aprel kuni Oklaxomadagi tornadolarga javoban Amerika Qizil Xoch uchun pul yigʻish maqsadida CMT tarmogʻida Music Builds: CMT of Disaster Relief Concert dasturiga muxbilik qildi[21].

2014-yilgi Milliy Futbol Ligasi mavsumi boshida Andrews CoverGirlning yangi yuzi deb topildi va kosmetika kompaniyasi bilan yangi #Gameface tanlovida hamkorlik qildi. Instagram, Twitter va Facebook kabi „#Gamface“ xeshtegi va @CoverGirl tegi bilan. Har hafta Andrews tomonidan tanlab olinadigan gʻoliblar boʻlardi va gʻolib 2015-yilgi Super Bowl uchun bir juft chipta yutib olish uchun kiritiladi. Andrews oʻzining CoverGirl bilan aloqasi va kosmetika kompaniyasi bilan hamkorlik qilish sababini muhokama qildi: „Ayol muxlislarga shunchaki eʼtibor berilmaydi, lekin juda koʻp ayol futbol va sport muxlislari goʻzal koʻrinishga ega. Goʻzallik brendiga ega boʻlish vaqti keldi“[22].

Andrews 2016-yil oktyabr oyida Orangetheory Fitness[23]

2019-yil oktyabr oyida Fanatics Andrews bilan kiyim-kechak ishlab chiqarishda hamkorlik qilishdi[24].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andrews ilgari Jorjiya shtatining Atlanta shahrida yashagan, ammo hozir Kaliforniyaning Los-Anjeles shahrida yashaydi[25]. U 2007 va 2008-yillarda Playboy jurnali tomonidan „Amerikaning eng goʻzal sport boshlovchisi“ deb tan olingan[26]. U professional xokkeychi Jarret Stoll bilan 2012-yil dekabr oyida yaqin aloqalar boshladi[27] Juftlik 2016-yil dekabr oyida unashtirilgan va 2017-yil 24-iyunda turmush qurishgan[28][29] Ular birgalikda Govard ismli oltin retriverga ega[30].

2017-yil yanvar oyida Andrews 2016-yil sentyabr oyida unga bachadon boʻyni saratoni tashxisi qoʻyilganligini eʼlon qildi va u davolandi.[31] Ikki marta jarrohlik amaliyotidan soʻng u saraton kasalligidan xalos boʻldi. Tashxis qoʻyish paytida Andrews va Stoll nikoh yoki farzand koʻrish haqida gaplashmagan, ammo bu ularning munosabatlarini tez yoʻlga qoʻyilganini aytadi. Andrews va Stoll in vitro urugʻlantirish (IVF) tugʻilish rejasini davom ettirishni tanladilar[30].

Saraton kasalligini magʻlub etib, jamoatchilikni oʻzining boshdan kechirganlari haqida xabardor qilgandan soʻng, u ayollar salomatligi diagnostikasi Hologic kompaniyasi bilan yangi missiya boshlash uchun hamkor boʻldi. Missiya, Biz bu STATni oʻzgartira olamiz(We Can Change This STAT) deb nomlandi va ayollarni yillik doktor koʻrigiga borishni ragʻbatlantirish, shunindek erkaklarni xotinlari bilan bu koʻrikka borishni qoʻllab quvvatladi[32].

Taʼqib qilish hodisasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andrews Barrettni sudga berdi, Marriott International, Radisson Hotels va beshta boshqa subyektlar yashirin videotasvirga olish munosabati bilan shaxsiy hayotga tajovuz uchun.[33] Marriottga qarshi daʼvosida, Andrews mehmonxona xodimlari uning Barret bilan boʻlgan uchrashuvlarini oshkor qilganliklarini va unga oʻzining yonidagi xonani ajratganliklarini daʼvo qilishdi[34] 2011-yilda Andrews AQSh senatori Emi Klobuchar bilan yangi federal anti-taqib qonunini qabul qilish uchun ishlagan.[35] Andrews hali ham 2011-yil iyul oyida videoni Internetdan olib tashlashga harakat qilayotgan edi.[36]

2013-yil mart oyida Andrewsning advokatlari Los-Anjeles Oliy sudiga Marriottdan „uning ish haqi toʻgʻrisidagi yozuvlari, shartnomalari, ish faoliyatini koʻrib chiqishlari, har qanday intizomiy detallar, shuningdek, hozirgi ish beruvchisi Foxdan ish bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlarni soʻrab“ chaqiruv qogʻozini bekor qilishni soʻrab murojaat qilishdi.[34] Advokatlarning taʼkidlashicha, Marriott shuningdek, „shifokor maktublari, eslatmalari, yillik jismoniy maʼlumotlar va boshqa tegishli tibbiy yozuvlarni“ qidirmoqda va bu soʻrov Andrewsni „bezovta qilish va sharmanda qilish“ urinishidir.[34]

2015-yil oktyabr oyida Andrews Neshvill Marriott va Barretga qarshi $75 millionlik shikoyat xati kiritdi[37][38]. Sud tinglash uchun hakamlar hay’atini tanlash 2016-yil 22 fevralda boshlandi[39] 2016-yilning 7-martida ikki haftalik sud jarayonidan soʻng hakamlar hay’ati Andrewsga $55 million mukofot berdi[40]. Hakamlar hay’ati Barretni 51 %, mehmonxona boshqaruv kompaniyasi (Windsor Capital Group) va uning egasi (West End Hotel Partners) 49 % javobgar deb topdi[41].

Kino va televideniye
Yil Nom Rol Izohlar
2012 That's My Boy Randall Morganning administratori [42]
2015-2016 CMT Music Awards Oʻzi J. J. Watt/Brittany Snow
2020 Prop Culture Oʻzi Epizod: „Mary Poppins“
  1. Andrews, Erin [@ErinAndrews]. „#AskAndrews“ (18-noyabr 2013-yil). 21-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-fevral 2014-yil. „…my fam calls me Miss Jill (my middle name) or Boo.“
  2. „Erin Andrews“. TVGuide.com. 21-iyul 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „Erin Andrews Testimony | 29-fevral 2016-yil“. YouTube (2016-yil 29-fevral). 2016-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-yanvar.
  4. „From WFLA News Channel 8“. WFLA.com. 2010-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2010-yil. (Wayback Machine saytida 2010-04-07 sanasida arxivlangan)
  5. Tomboy — bu oʻgʻil bolalarga xos boʻlgan xususiyatlar yoki xatti-harakatlarni namoyon qiladigan qiz. Umumiy xususiyatlar orasiga erkaklarga xos kiyim kiyish va oʻgʻil bolaga xos jismoniy tabiatga ega boʻlgan va baʼzi xulq atvorida ayollarga xos boʻlmagan yoki oʻgʻil bolalarga xos boʻlgan oʻyinlar va harakatlar bilan shugʻullanish kiradi.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 „Erin Andrews | ESPN MediaZone“. Espnmediazone3.com (27-oktabr 2009-yil). 23-sentabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-sentabr 2011-yil.
  7. Kinon, Cristina:„'Dancing with the stars' 2010: Erin Andrews and Maksim Chmerkovskiy tie with Nicole Scherzinger“ (Wayback Machine saytida 2010-05-28 sanasida arxivlangan) New York Daily News, 25-may 2010-yil
  8. „Andrews will pitch Reebok ZigTech“ (13-yanvar 2011-yil).
  9. „USA Today article“ (13-aprel 2011-yil).
  10. Fung. „ESPN Executive Denies Masturbating Next To Erin Andrews On Plane: Report“. Huff Post Media. The Huffington Post. Qaraldi: 25-iyun 2015-yil.
  11. Hibberd, James. „Erin Andrews signs new ESPN deal“. Reuters (13-iyul 2011-yil).
  12. Lepore. „Fox Sports 1 will make a run at 'College GameDay' with Saturday morning pregame show“. SB Nation (22-iyul 2013-yil). 4-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  13. 13,0 13,1 Deitsch. „Erin Andrews re-signs with Fox but leaves network's MLB coverage“. Sports Illustrated (14-iyul 2016-yil). 6-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  14. Deitsch. „Erin Andrews replaces Pam Oliver on Fox's No. 1 NFL team“. Sports Illustrated (14-iyul 2014-yil). 7-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  15. Coughlan. „Erin Andrews to Replace Brooke Burke-Charvet on Dancing with the Stars“. People (23-fevral 2014-yil). 20-dekabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  16. Rosen. „Tyra Banks Replaces Tom Bergeron and Erin Andrews as Dancing With the Stars Host“. Vanity Fair (15-iyul 2020-yil). 8-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  17. Hollabaugh. „Erin Andrews and Brittany Snow To Co-Host CMT Awards“. MusicRow (29-may 2015-yil). 10-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  18. Betts. „Erin Andrews, J.J. Watt to Co-Host 2016 CMT Music Awards“. Rolling Stone (25-may 2016-yil). 19-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-oktabr 2020-yil.
  19. Elliott, Stuart. „Kraft Goes Bowl-ing to Help Feed the Country - NYTimes.com“. Mediadecoder.blogs.nytimes.com (20-avgust 2010-yil).
  20. „Erin Andrews and StubHub celebrate female sports fans, launching girl's night out program to benefit TAPS“. Entertainment Business Newsweekly. ProQuest 892979749. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)(subscription required)
  21. Bahn. „Erin Andrews, CMT Looking To Help Arkansas, Other States Impacted By Storms“. ArkansasSports360.com (13-sentabr 2011-yil). 20-dekabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-sentabr 2011-yil.
  22. Tanenbaum. „Erin Andrews Game Day Style Has a 'Kate Middleton and Gisele Vibe'“. Us Weekly (7-sentabr 2014-yil).
  23. Dominic. „Orangetheory Opens 500th Studio, Names Erin Andrews Brand Ambassador“. ClubIndustry.com (18-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 20-noyabr 2017-yil.
  24. „Erin Andrews Designs Clothes for Fanatics“. Qaraldi: 2-oktabr 2019-yil.
  25. Simpson. „Erin Andrews Sells Her Atlanta Panty-Dropping Palace for $355K“. Celebuzz!. SpinMedia (2014-yil mart). Qaraldi: 11-aprel 2014-yil.
  26. „Erin Andrews Biography“. US Weekly. Wenner Media. — „The journalist was voted 'America's Sexiest Sportscaster' by Playboy in 2007 and 2008.“. Qaraldi: 11-aprel 2014-yil.
  27. „Erin Andrews height and weight“. Height-weight-age.com. Qaraldi: 4-avgust 2016-yil.
  28. Rose Walano. „Erin Andrews Debuts Huge Diamond Engagement Ring: Photos“. Us Weekly (2016-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 15-yanvar.
  29. „Dancing with the Stars Host Erin Andrews and Hockey Player Jarret Stoll Tie the Knot“. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)
  30. 30,0 30,1 „Erin Andrews opens up about IVF after battle with cervical cancer“.
  31. „The Pain You Can't See“. Sports Illustrated (24-yanvar 2017-yil). 24-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-yanvar 2017-yil.
  32. „How Erin Andrews Coped With Her Cervical Cancer Diagnosis: 'You Need the First 24-48 Hours for a Meltdown'“.
  33. De Lollis, Barbara. „ESPN's Erin Andrews files suit against Marriott, Radisson and stalker“ (16-iyul 2010-yil).
  34. 34,0 34,1 34,2 Molloy, Tim. „Erin Andrews accuses hotel of trying to violate her privacy: again“ (6-mart 2013-yil). 2013-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-yanvar.
  35. Martinez, Edecio. „Erin Andrews and Sen. Amy Klobuchar Introduce Tougher Federal Anti-Stalking Bill“ (28-iyul 2010-yil).
  36. Weir, Tom. „Stalker episode still haunts Erin Andrews“ (13-iyul 2011-yil).
  37. Foss, Mike. „Erin Andrews is seeking $75 million in damages from her 2008 stalking“. USA Today Sports (16-oktabr 2015-yil).
  38. Malara, Marilyn. „Erin Andrews seeks $75M from 2008 stalking case“ (17-oktabr 2015-yil).
  39. „Jury selection to begin in Erin Andrews' nude-videos lawsuit“. Chicago Tribune (22-fevral 2016-yil).
  40. Keneally, Meghan. „Erin Andrews Awarded $55 Million in Lawsuit“ (7-mart 2016-yil).
  41. Wattles, Ahiza Garcia and Jackie. „Erin Andrews awarded $55 million in suit over nude video“.
  42. „'That's My Boy' review: Semen joke. Fat joke. Goofy voice. Blah.“. chicagotribune.com (14-iyun 2012-yil).